Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

 
 
Ma’ruza. 
Ma’ruza-
 
o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori
 
sinflarida, 
kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda 
o‘zaro ta’sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy 
g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt 
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
 
 
Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish 
maqsadida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar 
bilan uyg‘unlashtiradi. O‘quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim 
o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish 
O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi. Ma’ruzada 
eshitilgan mazmunni informatika fanlarida amaliy mashg‘ulot va laboratoriya 
mashg‘ulotlarida yanada mazmunan to‘ldiriladi. Bu esa O‘quvchilarni amaliyotga 
tayyorlashda yanada yaxshi samara beradi.
 
Suhbat. 
Suhbat-o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri,
 
dialog
 
shaklidagi 
ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga 
bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish 
yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
Ko‘rgazmalilik metodi. 
Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy
 
qoida 
bo‘lib, uning yordamida ko‘ruv o‘quvi va tafakkur o‘zaro uyg‘unlashadi.
 
 


Muammoli izlanish metodlari.
Muammoli izlanish turidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, 
binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta’lim metodidir. Bu metodlar 
asosida o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘zaro ta’siri quyidagicha umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda 
qo‘llanilmaydi. Muammolarni qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham 
foydalaniladi. SHuningdek, ma’ruza o‘qib turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, 
muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazmali qurollar vositasida o‘quchilarga 
eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko‘ra muammoli-izlanish 
metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya 
davomida, hikoya ohirida bolalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga 
qiziqishlarini oshirish yo‘lidir.
Muammoli ma’ruza: ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish 
maqsadida yoki ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li 
bilan ta’lim maqsadiga erishishdir.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin