g‘oyalarni generatsiya qilish usuli
bo‘lib,
bunda qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga xarakat qiladilar,
uni echish uchun shaxsiy g‘oyalarni ilgari suradilar (generatsiya qiladilar).
Namoyish –
ta’lim oluvchilarni tabiiy holatda xodisalar,
jarayonlar, ob’ektlar
bilan ko‘rgazmali tanishtirishga qaratilgan. Bu metod ta’lim beruvchi tomonidan
bayon qilinayotgan ilmiy, nazariy bilimlarni ta’lim oluvchilar tomonidan puxta
o‘zlashtirish uchun ularning sezgi organlari – eshitish, ko‘rish, hid bilish va ta’m
bilish, teri sezgilarining bir ob’ektga alohida-alohida yoki bir necha sezgi
a’zolarini bir yo‘la safarbar qilishga imkon beruvchi metoddir.
Illyustratsiya –
hodisa,
narsa jarayonlarni tasviriy shaklda sxema,
reproduksiya, yassi modellar yordamida ko‘rsatish va qabul qilishni ko‘zlaydi.
Videousul –
axborotni ko‘proq ko‘rgazmali o‘zlashtirishga asoslangan
bo‘lib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, o‘quv televideniesi,
videomagnitafon, mulьtimediya, elektron kitob, axborotni displeyda aks ettiruvchi
kompyuterdan foydalaniladi.
Kitob bilan ishlash metodi kitob ustida ishlash,
olingan
bilimlarni xotirada
qayta tiklash, bilimlarni saqlashga qaratilgan metoddir.
Kitob bilan ishlashning insert metodi ta’lim oluvchiga yangi axborotni
noma’lum yoki tushunarsiz, yoki e’tiroz bildirish lozim bo‘lganlarga ajratib,
baholash imkonini beradi. O‘qish jarayonida o‘quv materialining har bir satr boshi
yoki qismining mazmuni baxolanib, xulosa varaqning chap tomoniga qalam bilan
maxsus belgi qo‘yib boriladi.
Insert –
samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilarning interaktiv