Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Ta’lim modeli 

 
ta’lim jarayoni tuzilmasidir.
 
Ta’lim modellari
 
ikki turga 
ajratiladi:
-
An’anaviy ta’lim modellari 
-
Noan’anaviy ta’lim modellari 
- Noan’anaviy ta’lim modellarini quyidagilarga ajratish mumkin:
-
Hamkorlikda o‘rganish 
-
Modellashtirish 
-
Tadqiqot 
An’anaviy dars muayyan muddatga mo‘ljallangan ta’lim jarayoni bo‘lib, 
ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish yoritish, muxokama qilish va 
yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
An’anaviy ta’lim metodlari:
-
ma’ruza, hikoya, tushuntirish, laboratoriya, suxbat, mashq, amaliy.... 
-
to‘rt pog‘onali metodlar kiradi. 
Noan’anaviy ta’lim metodlari:
-
Kichik guruxlarda ishlash metodi; 
-
Bahs munozara metodi; 
-
Davra suhbati metodi; 
-
Ishbob o‘yin; 
-
Loyihalash; 
-
Yo‘naltiruvchi matn; 
-
Muammoli vaziyat; 
-
Aqliy xujum; 
-
Rolli o‘yin. 
 


An’anaviy ta’lim metodlari:
Ma’ruza 

 
katta xajmdagi o‘quv materialini nisbatan uzoq vaqt
 
davomida 
monologik bayon etishdir.
Bu metodning asosiy vazifasi – ta’lim berish, o‘rgatish. Belgilari:

qat’iy tuzilmaga ega;



nutqiy-mantiqiy bayon qilish;



berilayotgan axborotning ko‘pligi.

Ma’ruzalar o‘qituvchilarga o‘quvchilar tajribasizlik tufayli e’tibor 
bermaydigan fanning muhim lahzalarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
O‘quvchilar bilan o‘qituvchining birgalikdagi ushbu faoliyatini tashkil 
etishning samarali shartlari quyidagilardan iborat:

ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;



ma’ruza rejasini eshittirish;



rejaning har bir punktini yoritishdan so‘ng qisqacha umumiy xulosa 
qilish;



ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo‘limiga) o‘tishda mantiqiy 
bog‘liqlikni ta’minlash;



muammoli bayon qilish;



yozib olish zarur bo‘lgan joylarni ajratish (yozdirish);



ma’ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini 
beruvchi seminar-mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib 
borish.


Ma’ruza metodidan foydalanganda ma’lumotlar, tushuntirishlar (izohlar) va 
faktlar ratsional ravishda taqdim etiladi.


Ma’ruza metodining afzalliklari:



aniq ilmiy bilimlarga tayanadi;



vaqtdan unumli foydalaniladi;



o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilish imkoniyati 
paydo bo‘ladi.



Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin