Informatika va axborot texnologiyalarida nimani va qanday o‘qitish kerak degan
savolga
javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda o‘qitish
vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar
barcha umumilmiy fanlar
uchun umumiydir. SHuning bilan birga uzluksiz ta’lim
tizimida informatika va
axborot texnologiyalarini o‘qitish konsepsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan
bu vazifalarni Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishdagi o‘ziga xos
tomonlarini tahlil etish lozim. O‘qitish mazmunini
aniqlashda Informatika va
axborot texnologiyalarining fan va ikkinchi tomondan o‘quv
predmeti ekanligi
haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari fani va o‘quv
predmeti bir-biridan
avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika va
axborot texnologiyalari o‘quv predmeti o‘quvchilarda informatika haqida bir butun,
yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak
amaliy faoliyatlarida zarur
bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv
predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi. Informatika va
axborot texnologiyalarini o‘qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni
fanning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va
ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash lozim. Bularga o‘quv
materialini o‘rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar
asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatika va axborot
texnologiyalaridan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli material baza,
ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim.
Xavfsizlik
texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy
talablarni hisobga
olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika va axborot texnologiyalarini
o‘qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: