Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

2.
 
Informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda turli qarashlar 
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo‘lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat 
XXI asrda munosib o‘rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy 
musobaqada teng qatnashishi uchun, o‘z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, 
boyliklari, institutlarini qayta qurish va sanoatini axborot tizimlari talablariga 
moslashtirishi kerak.
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat 
tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat 
markazida birinchi masallalar qatorida turibdi.
Kibernetika va informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va 
xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T.O‘rozboev 


tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida, V.I.Romanovskiy 
nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda 
esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada 
axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabrь qarori bilan Fan va 
texnika bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha 
bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi.
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari 
doirasida O‘z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, 
may), EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash 
haqida (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O‘zR FTDQ Axborotlashtirish haqidagi Qonunning qoidalarini bajara borib, 
1994 yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini 
axborotlashtirish konsepsiyasini ma’qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy 
maqsadi va unda quyilgan masalalar qo‘yidagilardan iboratdir:

milliy axborot-hisoblash to‘rini yaratish;



axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va 
me’yoriy hujjatlarini yuritish;



axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;



informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;



axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni 
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;



informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini 
muvofiqlashtirish.


Konsepsiyaning 
asosiy 
qoidalari 
hisobga 
olingan 
«O‘zbekiston 
Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli 
dasturni o‘z ichiga oladi: 

milliy axborot-hisoblash tarmog‘i;



EHMni matematik va dasturiy ta’minlash;



shaxsiy kompyuter.

Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, milliy axborot - 
hisoblash tarmog‘ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini 
ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar 
tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy – uslubiy va huquqiy 
tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Yuqoridagi qarorni amalga oshirish maqsadida ko‘plab ishlar amalga 
oshirildi va yana bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Iqtisodiy 
kibernetikani 
rivojlantirishda 
akademik 
S.S.G‘ulomov 
boshchiligidagi bir guruh olimlar olib borayotgan izlanishlar diqqatga sazovordir. 
Zero, akademik V.Q.Qobulov aytganidek «Iqtisodiy kibernetika – mashina 
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni o‘rganadigan 
yangi fanga aylanmoqda».
Bugungi kunda ta’lim soxasida bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, 
texnika rivojlangan bu davr o‘kuvchilari raqamli dunyo axolisidir. Endi ularga 
odatiy ta’lim resurslaridan foydalanish uncha qiziqmas.
Amerikalik psixolog Prenski ta’limga yangi “raqamli aborogen(aholi)” 
atamasini kiritdi. “Raqamli aborogen” va “raqamli immigrant” tushunchalarini 
fanga kirib kelishini, bevosita 2001 yilda o‘z ishlarida “Digital Natives”, “Digital 
Immigrants” tushunchalaridan foydalangan Mark Prenski nomi bilan bog‘lash 
o‘rinlidir. Mark Prenski 
-
butun dunyoga tanilgan mashxur yozuvchi, orator, ta’lim sohasidagi 
maslahatchi va psixologlardan biri. Uning fikriga ko‘ra, bugungi kun ta’lim 
oluvchilari tubdan o‘zgardi. Ular o‘z nutqini, kiyinishini, uslub va bezaklarini 
avvalgidek sekin astalik bilan o‘zgartirmaydilar. Balki shunday “portlash” kabi 
voqealar yuz beradiki, bunda o‘tgan xayotga umuman qaytish imkoniyati 
qolmaydi. Lekin aholining ayrim qismi raqamli dunyoda tug‘ilmagan, ular 
tug‘ilganlarida raqamli texnologiya rivojlanmagan davr insonlaridir. Ular ham 
Internetning har qanday yangiliklarini ko‘rib, o‘rganib foydalanishlari mumkin, 
lekin ular “raqamli aborogen” bo‘lmagan qatlam bo‘lib, ularni “raqamli 
immigrantlar” deb atashdi. 
-
Demak, aholi qatlamining bunday ikkiga bo‘linishi o‘zaro avlodlar orasida 
tushunmovchiliklar kelib chiqishiga zamin yaratadi.
Bu voqealarning barchasi 20 asrning oxirgi 10 yilligida raqamli 
texnologiyaning tezlik bilan yoyilishi oqibatida sodir bo‘ldi. Bugungi ta’lim 
oluvchilar deganda nafaqat yangi raqamli texnologiya davrida tug‘ilgan, balki 
atrofini kompyuter, komyuter video‘yinlari, mobilь telьefon aloqalari, raqamli 
musiqa plaerlari va boshqa shunga o‘xshash texnologiyaning boshqa 
“o‘yinchoqlari” o‘rab olgan o‘quvchilar tushuniladi.


Xo‘sh, ta’lim beruvchi “Raqamli immigrant” ga “raqamli aborogen” 
nimalarni o‘rgata oladi?
Turli xil avlod odamlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashni, 
moslashuvchanlikni;
O‘z hayotlarini qiymatli bo‘lishini ta’minlashni;
Tezkor qaror qabul qilishni orgatadilar. 
“Raqamli immigrantlar” ta’lim berish jarayonida qanday tarbiyaviy 
xislatlarni raqamli aborogenlarga o‘rgata oladi?
Maqsadga tezkor usulda erishishni; 
Katta hajmdagi narsalarni yaratishda diqqatni jamlash va maqsadga to‘g‘ri 
yo‘naltirish;
Mavjud institutlarni qaytadan maqsadlarini ko‘rib chiqish va ularni natijaga 
to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rgatadilar. 
Bu ikki avlod nafaqat qiziqishlari, dunyoqarashi, balki xarakterlari bo‘yicha 
ham o‘zaro farq qiladilar. 
Raqamli immigrantlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: passiv, har bir harakati 
maqsadga yo‘naltirilgan, uzoq o‘ylaydigan, diqqatli, yakka tartibda ishlash va 
qaror qabul qilishni xush ko‘radi.
Raqamli aborogenlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: faollikni yoqtiradi, 
quvnoq, tarqoq fikrli, tez fikrini almashtiradi, qarorlarni tezkor qabul qiluvchi, 
ko‘p vazifalilikni hush ko‘radilar.
Demak, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda yangi davr 
boshlandi. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan birga ularning raqamli 
dunyo aholisi ekanligini ham hisobga olish tavsiya etiladi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin