Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

yaratish,
qabul qilish,
saqlash,
ishlov berish
va 
uzatish 
xossalaridir.
Axborotdan 
foydalanish 
imkoniyati 
va 
samaradorligi 
uning 
reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi
ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat ko‘rsatkichlari bilan 
bog‘liqdir.
a) axborotning reprezentativligi – 
ob’ekt xususiyatini adekvat
 
ifoda etish 
maqsadlarida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
b) axborotning mazmundorligi – 
semantik(mazmuniy)
 
hajmini ifoda
 
etadi.
v) axborotning etarliligi 
(to‘laligi)
 
-
 
qaror qabul qilish uchun
 
minimal, lekin 
etarli tarkibga (ko‘rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g‘ri qaror 
qabul qilish uchun to‘liq bo‘lmagan, ya’ni etarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek 
ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari 
samaradorligini kamaytiradi.


g) axborotning aktualligi – 
axborotdan foydalanish vaqtida uning
 
boshqarish 
uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari 
o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan 
vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
d) axborotning o‘z vaqtidaligi – 
uning avvaldan belgilab qo‘yilgan
 
vazifani 
hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
e) axborotning aniqligi –
olinayotgan axborotning ob’ekt,
 
jarayon,
 
hodisa va 
hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
j) axborotning ishonarliligi – 
axborotning real mavjud
 
ob’ektlarni zarur 
aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
z) axborotning barqarorligi – 
axborotning asos qilib olingan
 
ma’lumotlar 
aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning 
hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi – 
axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof - muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning 
o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng 
ma’noda axborot- insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy 
qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy 
tushunchadir.
Ma’lumki jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, 
madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud 
ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va 
iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Demak axboriy jarayonlarni 
ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo‘lmoqda.
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari 
xayolga ham keltirib bo‘lmaydigan hajm va tezkorlikda yig‘ish, saqlash, qayta 
ishlash va uzatish, ya’ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini 
yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik 
muloqot sohasi dunyossivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy 
qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda. Bu esa o‘z 
navbatida jamiyatni yuqori darajada axborotlashgan bo‘lishini talab etadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, 
YApon 
olimlarining 
hisoblashicha, 
axborotlashgan 
jamiyatda 
kompyuterlashtirish 
jarayoni 
odamlarga 
ishonchli 
axborot 
manbaidan 
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni 
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni 
rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot 
ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush 
tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab 
chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan 


axborotlashgan jamiyatida intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol 
etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan 
ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter 
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin