2.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitishning zamonaviy ta’lim
texnologiyalari va metodlari. Ta’lim metodlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar.
Tayanch tushunchalar:
mazmun,
shakl,
metod,
faol ta’lim,
an’anaviy
ta’lim, zamonaviy ta’lim, interfaol ta’limning omillari.
1.
Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunining o‘ziga
xosligi. Maktab informatika va axborot texnologiyalari kursida tayanch
tushunchalar.
«Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish za-
ruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va
fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi
axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi
usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo
ortib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan
unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari
soni tobora ortib bormoqda.
Hozirgi davrda real
shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston
Respublikasi
ta’lim
tizimini
axborotlashgan
asr
ehtiyojlariga
moslashtirmaslikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning ikkinchi
bosqichida (2001-2005 yillar ) o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar
va ilg‘or pedagogik,
shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash,
uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning
uchinchi bosqichi amalga ishirmoqda.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmeti sifatida informatika
fani va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. SHuning uchun informatika va axborot
texnologiyalarini o‘qitish metodikasi birinchi navbatda informatika fanining
metodologiyasiga asoslanadi. O‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning
umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu
tamoyillar pedagogika va
didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari informatika va axborot
texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fiziologiya va psixologiya fani tomonidan
o‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatika va axborot
texnologiyalarining fan sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida
tutgan o‘rni va rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi
ahamiyatidan kelib chiqqan
holda o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan
foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli
o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy-ilmiy ko‘rinishini
shakllantirishda
axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va
kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
Informatika va axborot texnologiyalari predmetining pedagogik funksiyalari
insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo‘shadigan
o‘ziga hos qissasi bilan aniqlanadi.
1. O‘quvchilar tomonidan informatika va axborot texnologiyalari asoslarini
egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika va axborot
texnologiyalari o‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.
2.
Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish.
Bu muhim vazifani hal
etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida
ishtirok etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom
ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida
hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda
amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar tomonidan
informatika asoslarini
mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy
dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga
o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalarini fan
sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish jarayonida
amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun kursining
ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va chuqur xulosalar qila olsagina,
o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi
muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda
unumli faoliyat ko‘rsata oladilar.
SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning
dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda,
informatika va axborot texnologiyalaridan bilim darajalarini oshiradi, chuqur,
to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: