Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi bu o‘quv



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi bu o‘quv 
predmeti sifatida va turli yoshdagi o‘quvchilarga informatika va axborot 
texnologiyalarini o‘rgatish jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.


Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fan sifatida 
XX asrning ikkinchi yarmida, O‘zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. 
Bunga asosiy omil bo‘lib umumo‘rta maktablarga «Informatika va hisoblash 
texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo‘ldi. 
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy 
izlanishlar birinchilar qatorida, professorlar M.Ziyoxo‘jaev, A.Abduqodirov, 
T.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga 
ham erishildi. 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo‘g‘in, o‘rta-maxsus va 
kasb - hunar ta’limining kiritilishi bilan, ushbu bo‘g‘in informatika va axborot 
texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘qitish metodikasini yaratish dolzarb 
muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida quyidagi 
asosiy masalalar ko‘riladi va hal etiladi:

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi va 
vazifalari qanday;



O‘quv predmeti sifatida informatika va axborot texnologiyalarining 
mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;



Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materiali qaysi ketma-
ketlikda joylashishi va o‘quvchilarga etkazilishi kerak;



Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materialini to‘liq va 
chuqur o‘rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak.


Boshqacha qilib aytganda, informatika va axborot texnologiyalarini 
o‘qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo‘yiladi:


1) informatika va axborot texnologiyalarini nima uchun o‘rganish kerak 
(ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?


2) nimani o‘rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)?


3) informatika va axborot texnologiyalarini qanday o‘rgatish kerak (ya’ni, 
tanlab olingan o‘qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini 
aniqlash)?


Informatika 
va 
axborot 
texnologiyalarini 
o‘qitish metodikasini 
o‘rganishning maqsadi o‘qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va 
shakllantirishdan iborat.



o‘qitish 
shakllari 
o‘qitish 
mazmuni 
o‘qitish 
usullari 
Maqsad, 
o‘qitish 
vositalari 
vazifalari 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin