Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Amaliy metodlar. 
Ta’limning amaliy metodlarida o‘qituvchi va
 
o‘quvchining o‘zaro ta’siri o‘quchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar hamda 
ularni qabul qilish shaklida amal qiladi.
Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o‘rganilgan 
bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mashq vositasida turli 
malakalar-intellektual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo‘yicha) va 
umumiy (masalan, barcha o‘quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.
O‘qitish metodlari. 
O‘qitish metodi
 
(grekcha metodos
 

 
biror narsaga
 
yo‘l 
so‘zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o‘qitish maqsadlariga erishishga 
yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining bir-biri bilan bog‘langan faoliyatining 
tartiblangan metodlaridir.
O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari. 
O‘quvchilarni zamonaviy
 
«Informatika
 
va axborot texnologiyalari» fanining ba’zi bir umumiy g‘oyalari 
bilan tanishtirish, amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy 
hayotdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat 
faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli 
metodlarini ham qo‘llash lozim. 
O‘qitishning interfaol metodi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘sib
 
kelayotgan yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. 
Ushbu masalaning hal etilishi ko‘p jihatdan o‘qitishning interfaol metodlarini 
qo‘llashga ham bog‘liq. 
Avvalo “interfaol (interaktiv)” tushunchani aniqlashtirib olaylik. “Interaktiv” 
degan so‘z inglizcha “interact” so‘zidan kelib chiqqan. “Inter” – o‘zaro, “act” – 
ish ko‘rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. SHunday qilib, interfaol 
o‘qitish – bu, avvalambor muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida 
o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta’sir amalga oshiriladi. 
Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki, 
unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil 
qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. 
Quyida savolni to‘g‘ri ifoda qilish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar keltiriladi. 
1.
Savollarni aniq va qisqa qo‘yish lozim. 
2.
Bitta savol orqali faqat bir narsani so‘rash. 
3.
Savol mavzu bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerak. 
4.
Savoldagi barcha so‘zlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi kerak. 
5.
Har bir savolga bir nechta javob bo‘lishiga harakat qiling. 


6.
Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat 
o‘quvchilarni o‘ylashi va savolga javob berishida engillik tug‘diradi. 
7.
Faqatgina “ha” yoki “yo‘q”, “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” degan javoblar 
beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 
8.
O‘quvchilarga o‘z tajribalariga tayangan holda javob beradigan 
savollarni 
bering. 
9.
O‘zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering. 
10.
Qo‘yilgan savolga javob berilganda, o‘quvchilardan “Nima uchun 
shunday deb o‘ylaysiz?” deb so‘rab turing. 
Interfaol metodlar bo‘yicha o‘qish jarayoni tashkil etilganda e’tibor berilishi 
kerak bo‘lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni 
o‘qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq bo‘lishi lozim. 
Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida 
berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‘quvchi bu ishni o‘zi, 
mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni 
ko‘rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo‘yilishigina, 
o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning 
ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy 
fikrini shakllantirishga undaydi. 
Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini 
echimlari asosida berilgan masala echishini tashkil qilish 
lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab 
masalani echish va unga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish mumkin bo‘ladi. 
Bugungi kunda ta’lim sohasida olingan bilimlarni xayotiy vaziyatlarda 
qo‘llash bo‘yicha bir necha dasturiy vositalar mavjud.
5-sinf o‘quvchilarida dasturlash bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar xosil qilish 
haqida qisqacha ma’lumot berilgan, shuningdek amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda 
vosita tanlanmagan. Quyida shu mavzuni o‘quvchilar uchun yanada tushunarli va 
qiziqarli o‘tkazish yuzasidan STEAM yondashuvi asosida namuna keltiramiz.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin