Algoritmning asosiy xossalari
1.
Diskretlilik
.
Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli
qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha
aytganda, uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash
mumkin. Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol
ko‘rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib
bo‘laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo‘lmaydi.
2.
Tushunarlilik
.
Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson
bo‘lavermaydi.
CHoy damlashni yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki
robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar uning
uchun tushunarli bo‘lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara
olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham
mumkin.
Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar yoki buyruqlar
birikmasi mavjud bo‘lib, u ijrochining ko‘rsatmalar tizimi deyiladi. SHuning
uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining ko‘rsatmalar
tizimiga tegishli bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatmalarni ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga tegishli bo‘ladigan qilib
ifodalay olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a’lochi
o‘quvchisi «son kvadratga oshirilsin» degan ko‘rsatmani tushunmasligi natijasida
bajara olmaydi. Lekin «son o‘zini o‘ziga ko‘paytirilsin» shaklidagi ko‘rsatmani
bemalol bajaradi. Sababi, u ko‘rsatma mazmunidan ko‘paytirish amalini bajarish
kerakligini anglaydi.
3.
Dostları ilə paylaş: