Algoritmlarning blok-tuzilma shaklida tasvirlanishi
Algoritm blok-tuzilma berilgan algoritmni
amalga oshirishdagi amallar
ketma-ketligining oddiy tildagi tasvirlash elementlari bilan to‘ldirilgan grafik
tasviridir. Algoritmni har bir qadami blok-tuzilmada biror bir geometrik shakl -
blok (blok simvoli) bilan aks ettiriladi. Bunda bajariladigan amallar turiga ko‘ra
turlicha bo‘lgan bloklarga GOST bo‘yicha tasvirlanadigan
turli xil geometrik
shakllar - to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, parallelogramm, doira,
oval va hokazolar
mos keladi. Yo‘naltiruvchi chiziq, blok-tuzilmadagi harakatning boshqaruvini
belgilaydi.
Blok-tizim ichida hisoblashlarning tegishli bosqichlari ko‘rsatiladi. SHu
yerda har bir simvol batafsil tushuntiriladi.
Har bir blok o‘z raqamiga ega bo‘ladi. U tepadagi chap burchakka chiziqni
uzib yozib qo‘yiladi. Blok-tuzilmadagi grafik simvollar
hisoblash jarayonining
rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlarbilan birlashtiriladi.
Ba’zan chiziqlar oldida ushbu yo‘nalish qanday sharoitda tanlanganligi
yozib qo‘yiladi. Axborot oqimining asosiy yo‘nalishi tepadan pastga va chapdan
o‘ngga ketadi. Bu hollarda chiziqlarni ko‘rsatmasa ham bo‘ladi, boshqa hollarda
albatta chiziqlarni qo‘llash majburiydir. Blokka nisbatan oqim chizig‘i kiruvchi
yoki chiquvchi bo‘lishi mumkin. Blok uchun
kiruvchi chiziqlar soni
chegaralanmagan. CHiquvchi chiziq esa mantiqiy bloklardan boshqa hollarda
faqat bitta bo‘ladi. Mantiqiy bloklar ikki va undan ortiq oqim chizig‘iga ega
bo‘ladi. Ulardan har biri mantiqiy shart tekshirishining mumkin bo‘lgan
natijalarga mos keladi.
O‘zaro kesiladigan chiziqlar soni ko‘p bo‘lganda va yo‘nalishlari ko‘p
o‘zgarganda tuzilmadagi ko‘rgazmalik yo‘qoladi. Bunday hollarda axborot oqimi
chizig‘ini uzishga yo‘l qo‘yiladi, uzilgan chiziq uchlariga "birlashtiruvchi"
belgisi
qo‘yiladi. Agar uzilish bitta sahifa ichida bo‘lsa, O belgisi ishlatilib, ichiga ikki
tarafga ham bir xil harf-raqam belgisi qo‘yiladi. Agar tuzilma bir necha sahifaga
joylansa, bir sahifadan boshqasiga o‘tish "sahifalararo bog‘lanish" belgisi
ishlatiladi.
Algoritmlarni asosan 3 turga bo‘lish mumkin:
1)
CHiziqli algoritmlar;
2)
Tarmoqlanuvchi algoritmlar;
3)
Takrorlanuvchi algoritmlar.
Dostları ilə paylaş: