6-misol .
Misolning echish
algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
1)
EHM xotirasiga a va b ning qiymatlari kiritilsin;
2)
to‘g‘ri to‘rtburchaklar soni n kiritilsin;
3)
to‘rtburchaklar asosi (eni) hisoblansin: h=(b-a)/n;
4)
1- to‘rtburchak balandligi (bo‘yi) aniqlansin: x1=a;
5)
1- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: S1=sqr(x1)*h;
6)
S1 ning qiymatini eslab qoldirilsin;
7)
2- to‘rtburchakka o‘tilsin; x2=x1/h (balandligi shunga bog‘liq);
8)
2- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: S2=sqr(x2)*h;
9)
S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo‘shib qo‘ylsin va yig‘indi eslab
qolinsin;
11)
n- to‘rtburchakka o‘tilsin: xN = x(N-1)/hqb;
12)
n- to‘rtburchak yuzi hisoblansin: Sn=sqr(b)*h;
13)
Sn ning qiymati S1, S2,...,S(N-1) lar qiymatiga qo‘shilsin.
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning echish yo‘lini yaxshi
tasavvur qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, ya’ni aniq qoidalar ketma-
ketligi ko‘rinishida yozish kerak. Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish
mumkin. Bu algoritmdan qanday maqsad ko‘zlanganligini bilmasdan turib ham,
uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkin. Demak, hayotda uchraydigan murakkab
jarayonlarni boshqarishni yoki amalga oshirishni robotlar, kompyuterlar va boshqa
mashinalar zimmasiga yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda
muhim afzalligidir. SHunga ko‘ra, har bir inson o‘z oldiga qo‘yilgan masalaning
echish algoritmini to‘g‘ri tuzib bera olsa, o‘z aqliy va jismoniy mehnatini
engillashtiribgina qolmay, bu ishlarni avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga
topshirishi ham mumkin.
Algoritmni ishlab chiqishda masalaning echish jarayonini shunday
formallashtirish kerakki, bu jarayon etarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli
ketma-ketligi ko‘rinishiga keltirilsin. Masalan, biz ko‘pincha ko‘p xonali sonlar
ustida asosiy arifmetik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX
asrda yaratgan qoidalarini ishlatamiz. "Algoritm" atamasi ham ana shu buyuk
matematik nomidan kelib chiqadi.
SHuning uchun algoritm deb, masala echimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri
olinmasdan, balki faqatgina ma’lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi.
Ko‘rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo‘llanish doirasi va olinadigan
natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz.