Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari 
3
 
turga
 
bo‘linadi: quyi, 
o’rta va yuqori darajadagi
Quyi darajadagi dasturlash tili “Mashina tili” deb ham ataladi. Ushbu tilda 
dasturlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Operativ Xotira(OX) katakchalari va protsessor 
reestrlari bilan ishlab tuziladi. Ushbu tildagi buyruqlar Markaziy 
Protsessor(MP)ning operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyruqlar ikkilik kodda 
yozilgan:
O‘rta daraja dasturlash tillarida protsessor buyruqlarini mnemonik 
kodlarga(buyruqqa mos qisqartirilgan so‘zlar) almashtirilgan. Assembler tili 
bunga misoldir. O‘rta darajadagi dasturlash tillarida ham bir protsessor 
operatsiya deyarli bir buyruqqa mos keladi. Masalan, yuqoridagi mashina kodi 
Assemblerda quyidagicha yoziladi:
Ko‘rib turganingizdek, Assembler tili mashina kodidan bir pog‘ona 
yuqorida turadi xolos.
YUqori darajadagi dasturlash tillari esa, asosan, dasturlash jarayonini 
tezlashtirish uchun yaratilgan. SHuni eslatib o‘tish lozimki, har qanday dastur 
bajarilishidan oldin mashina kodiga o‘tkaziladi. Ushbu darajadagi dasturlash 
tillarida yozilgan dastur ma’lum ma’noli so‘zlardan(odatda ingliz tilidagi) 
tashkil topadi.
Kompilyasiya va interpretatsiya qilinuvchi tillar
Dasturlash tillari kompyuterda bajarilishiga qarab kompilyasiya 
qilinuvchi va interpretatsiya qilinuvchi tillarga bo‘linadi.
Kompilyasiya qilinuvchi dasturlash tillarida dastur kodi kompilyator 
tomonidan mashina kodiga o‘tkaziladi. Operatsion tizim(OT) esa, shu kodni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlataveradi. Kompilyasiya jarayoni kompyuter protsessori 
va OT talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. SHuning uchun, bir OT 
uchun kompilyasiya qilingan dasturning mashina kodi ikkinchi OT da 
ishlamaydi. Ushbu turdagi tillarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz 
mumkin: Ci, S++, S#, Pascal va h.k.
Microsoft Windows OTlarida kompilyasiya qilingan dastur nomi *.exe 
ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Linux, Unix(va shularning davomchilari) kabi OT 
larda esa fayl kengaytmasining ahamiyati yo‘q.
Kompilyasiya qilinuvchi dasturlash tillarining asosiy yutuqlaridan biri - u 
OT dan boshqa biror dastur yoki kutubxona(Library, mas. DLL) o‘rnatishni 


talab qilmaydi. Bundan tashqari, interpretatsiya qilinuvchi tillarga nisbatan 
ancha tez ishlaydi.
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan dastur kodi 
kompilyasiya qilinmaydi. Ushbu turdagi dasturni ishlatishdan oldin dastur kodi 
interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan 
dastur mos interpretator o‘rnatilgan
kompyuterlardagina ishlaydi. Ushbu 
turdagi dasturlash tillariga PHP, Python, Ruby kabi tillar kiradi.
Interpretatsiya 
qilinuvchi 
dasturlash 
tillari 
kompilyasiya 
qilinuvchilaridan, asosan, yozilgan dasturning deyarli hamma platformalarda 
ishlashi bilan ajralib turadi. Dastur biror turdagi OT yoki protsessor uchun 
yozilmaydi - faqat interpretatorgina turli platformalar uchun yoziladi.
Interpretatsiya qilinuvchi dastur kodi bajarilishidan oldin interpretator 
tomonidan oraliq kodga “kompilyasiya” qilinadi. SHu oraliq kod interpretator 
tomonidan bajariladi. Python kabi tillar oraliq kodni saqlab qo‘yadi, dastur kodi 
o‘zgarmaguncha shu oraliq kodni ishlatadi.
Dastur biror masalani echishda elektron hisoblash mashinalari bajarishi 
lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibidan iborat. EHM uchun dastur tuzish 
jarayoni dasturlash deyiladi. Dasturlash echilishi kerak bo‘lgan masala 
algoritmini EHM tiliga, ya’ni «mashina tili»ga o‘tkazishdir. EHM uchun dastur 
tuzish – masalani echish usulini mashina buyruqlarining shunday majmui 
(dasturi)ga, keltirish demakki, bu buyruqlar xotiraga joylashib, tartib bilan 
amalga oshadi va tegishli hisoblashlarni bajaradi. 
Har bir til ham o‘z alfavitga ega.
Agar tuzilgan programmada alьfavitda yo‘q xarf yoki belgilar uchrasa, 
mashina bunday belgini tushunmaganligi haqida xabar beradi.
Biz ishlayotgan har qanday dastur biror - bir shaxs tomonidan yozilgan 
bo‘lib, ular dasturchilar deb aytiladi. Dasturchilar dasturni maxsus tillarda 
yozishadi –ularni dasturlash tillari deb aytishadi. Dastur ko‘rinishlariga 
nisbatan quyi va yuqori dasturlash tillari sinflariga bo‘linadi. Quyi dasturlash 
tillariga misollar “quyi darajadagi dasturlash” assambler tilini keltirishimiz 
mumkin. YUqori dasturlash tillariga Paskal, C, S++, S# tillarini keltirishimiz 
mumkin.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin