Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

"6*6*6 metodi" 
Bu shunday metodki,
 
unga ko‘ra
 
36
 
ishtirokchi zarur
 
vaqt 
mobaynida biror masalani muhokama qilib, ko‘pchilik guruh a’zolarining masalaga 
bo‘lgan munosabatlarini bilib olish mumkin.
Har biri 6 kishidan iborat 6 ta guruhda ma’lum bir vaqt mobaynida o‘qituvchi 
tomonidan qo‘yilgan muammo muhokama qilinadi. SHundan so‘ng o‘qituvchi 
yangi guruhlarni tuzadi, uning a’zolari orasida oldingi bahs guruhida qatnashgan 


bo‘lsin. YAngi guruhlarda ishtirokchilar o‘z guruhlarida qilgan ishlarining 
natijalarini muhokama etadilar. 
Ushbu metod guruh a’zolarining hammasini faollashtiradi. Ularning har biri 
qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi bo‘lishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini 
bajaradi.
Ushbu metod bilan mashg‘ulotni qanday olib borish kerak?
1.
mashg‘ulot oldidan o‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta o‘rindiq qo‘yib 
chiqadi. 
2.
sinf har biri 6 ta o‘quvchidan iborat 6 ta guruhga bo‘linadi. 
3.
o‘quvchilar o‘z o‘rinlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi bahs 
mavzusini aniqlaydi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli 
jihatlariga tegishli bo‘lishi mumkin). 
4.
o‘qituvchi guruhlarda ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh 
a’zolarini masalaning shartini to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qiladi, 
savollarga javob beradi va agar ishtirokchilar yordamga muhtoj bo‘lib qolsalar, 
ularga qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi. 
5.
belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi shunday yangi guruhlar 
tuzadiki, har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok 
etsin. 
"Rolli o‘yinlar" 
.
 
Rolli o‘yinlar metodining mohiyati shundan
 
iboratki, unda 
o‘quvchilar boshqa kishining roliga kirib oladilar va uning ichida xarakat qiladilar. 
O‘yinda o‘quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul 
qilishlari, konfliktli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni 
nihoyasiga etkazishlari kerak bo‘ladi.
Rolli o‘yinlar o‘quvchilarda boshqalarni tushinish, ularga xayri-xoxlik qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o‘ynash orqali, uning nuqtai nazarini 
tushinish oson, hatto uning nimalar haqida o‘ylayotgani va sezayotganini ham. Rolli 
o‘yinlar o‘quvchilarga turli vaziyatlarda o‘zini tuta bilishning modellarini berishi 
mumkin.
Darslarda rolli o‘yinlarini qo‘llash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1.
O‘yinni vaziyatlarini tanlash. Rolli o‘yinlarga material bo‘lib xizmat 
qiladigan ko‘plab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet 
xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni hal qilish vaziyatlarini 
(dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o‘z ichiga oladi. O‘yinlar maxsus 
savollar yoki muammolarni hal etishda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, yosh 
bolalarga internet tarmog‘ining barcha ma’lumotlariga kirishga ruxsat berish 
kerakmi yoki yo‘qmi? degan savolga javob topishda o‘yin metodidan foydalanish 
mumkin. 
2.
Tayyorlash. O‘quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular 
o‘rtasida rollar taqsimlanadi. 


3.
Ishtirokchilarni tanlash. o‘qituvchi rolga o‘quvchilarni o‘zi tanlashi, guruhda 
o‘zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xoxlovchilarni taklif etishi mumkin. 
O‘quvchilar o‘zlarining sinfi oldida chiqish qilishlari yoki bir vaqtning o‘zida kichik 
guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o‘yinlarida ishtirok etmayotgan o‘quvchilar 
kuzatuvchi bo‘lishlari yoki boshqa rolni o‘ynashlari mumkin. 
4.
O‘yinni o‘tkazish. O‘quvchilar o‘yin doirasida o‘zlarini tutish usulini 
o‘zlari tanlaydilar. Bunda albatta berilgan vaziyatga tushganda inson o‘zini qanday 
tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O‘yinning borishiga o‘qituvchi aralashmasligi 
lozim. Agar o‘yin bor joyiga kelganda qolsagina, unga turtki berish maqsadida 
aralashishi mumkin. SHunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo‘lishi kerak. 
Ayrim hollarda o‘yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran 
o‘yin o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi. 
5.
Muhokama. O‘yin muxokama qilinishi va baholanishi kerak. Muxokama 
uchun quyidagi savollarni berish mumkin: 
– Siz nimalarga o‘rgandingiz? 
– O‘yin bo‘yicha va har bir rol bo‘yicha nimalarni his etayapsiz? 
– O‘yin realistik bo‘ldimi? 
– Qo‘yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo‘lsa, qanday hal 
etildi? Agar hal etilmagan bo‘lsa, nima uchun?

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin