Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Sonni kiriting: 
Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak 
bo‘lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum 
sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi 
variantlardan foydalanish mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bosh joylarni to‘ldiring: 
Bunda savol tarkibidagi bo‘sh joylarga 
kerakli javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. YA’ni to‘gri javobni 
ko‘rsatilgan joyga yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo‘sh 
joylar bitta yoki bir necha joylashtirish mumkin 


 
 
11-rasm. Bosh joylarni to‘ldiring ko‘rinishidagi savol interfeysi
9.
Javoblari keltirilgan
savol:
savolning 
bo‘sh 
qismlarida
javoblar
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob 
variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
12-rasm. “Javoblari keltirilgan savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi
10.
So‘zlar banki: 
Bu savol turida so‘zlarni kerakli 
joyga joylashtirish talab etiladi. Bo‘sh joylar va ushbu joylar soniga teng so‘zlar 
banki keltirilgan bo‘ladi. 


 
 
13-rasm. “So‘zlar banki” ko‘rinishidagi savol interfeysi
11.
Faol hududni aniqlovchi savol: 
Bu savol turida rasm 
beriladi va ushbu rasmning kerakli qismi javob sifatida belgilanadi. Javob berish 
jarayonida sichqoncha yordamida kerakli qism tanlanadi. 
“Faol hududni aniqlovchi savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi 
Testlar 
bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron 
shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin 
ayrim sozlashlarni bajarish kerak.
CHunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta 
ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida 
joylashgan
“Nastroyka” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna 
hosil
bo‘ladi.
Bu oyna
ro‘yxatining
birinchi
bandi
“Osnovnie“ deb nomlangan.
“Osnovnie” bandini sozlashlarni bajarish
Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni 
bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim 
topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish 
imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, 


tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham 
testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan 
ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika fanidan 
test” deb nom berildi.
O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 
30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib 
qo‘yildi.
“Navigatsiya” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari 
sozlanadi. Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq 
miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir savolga to‘gri yoki 
noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud 
bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. YOki test 
topshiruvchi bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin
“Rezultati” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash 
imkoniyatini beradi. Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli 
ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish 
imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test 
topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
 
“Rezultati” bandini sozlashlarini bajarish
“Nastroyka pleera” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi 
aniqlanadi.


“Nastroyka pleera” bandini sozlashlarini bajarish
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol 
elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida 
joylashgan 
“Publikovatь” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo 
bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning 
misolmizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolmizda 
Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur 
oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron 
test saqlanadi. SHuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash 
Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
So‘ngra “Publikovat” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda 
ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
 
Dasturning “Publikovatь” bandida sozlashlarni bajarish


Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish 
mumkin.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin