Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi 
2.
FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash 
kompetensiyasi
3.
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi 
a) ta’limiy maqsad 
-
 
dars jarayonida o‘quvchilarda
 
shakllantiriladigan 
bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi
.
FK1, FK2...; 


b) tarbiyaviy maqsad 
-
 
dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy 
sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi. TKlar shakllantiriladi 
s) rivojlantiruvchi maqsad 
-
 
dars natijasida o‘quvchilarda qaysi
 
bilimlar va 
axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi. FK1, FK2..va TKlar 
shakllantiriladi; 
Dars turi: 
yangi tushuncha,
 
bilimlarni shakllantiruvchi;
 
o‘quvchilarning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar 
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari 
bo‘lishi mumkin.
Darsda foydalaniladigan metodlar: 
bunda an’anaviy,
 
zamonaviy,
 
interfaol 
metodlardan 
o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali 
o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: 
texnik vositalar,
 
slaydlar,
 
ko‘rgazmali 
va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

tashkiliy qism;



o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);



yangi mavzuni tushuntirish;



yangi mavzuni mustahkamlash;



o‘quvchilarni baholash;



uyga vazifa berish.

Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga 
olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. Lekin dars 
ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo‘lishi 
o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. 
Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o‘rnatib bo‘lmaydi.
Agarda 
o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
samaradorligi yuqori bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan 
bo‘lsa, o‘qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi 
boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi 
mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi, albatta, o‘zi 
kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir 
o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish 
uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:
— dars ishlanmasi (konspekti);
— taqvim-mavzu reja;
— o‘quv dasturi;


— darslik.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin