Bir narsani
tasdiqlash uchun uni avval yaxshi bilish kerak
(Abdulla Qahhor).
Ular belgini ayricha bildirmaydi, balki borliqdagi u yoki bu narsa va hodisalarga
tegishli holda anglatadi, shuning uchun sifat narsa va hodisalarning nomi boʻlmish otlarni
aniqlab keladi: bahorgi shamol.
Sifatlar maxsus yasovchi qoʻshimchalarga ega: -li, -dor, -chan, -choq, -chak, -qoq,
-goq,- ag‘on, -mon, -ki, -qi, -ildoq, -cha, -simon, -parvar, -ch, -ni, -viy, -i, -k, -q, -g, ser-,
be-, no- va boshqalar.
Ular grammatik jihatdan narsa belgisini boshqa narsa belgisi bilan qiyoslab,
darajalab koʻrsatish yoki predmet belgisini kuchaytirib va kamaytirib koʻrsatish
xususiyatiga ega: katta – kattaroq, koʻk - koʻkroq, kizil - kip-qizil, sarg‘ish - sap-sariq.
Kattaroq bola yosh bolalarni aldab nimalarnidir gapirardi.
Ular gapda koʻpincha sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi:
Salim tirishqoq
hamda-mehnatkash yigitlardan biri.
Shu bilan birga u kesim va hol vazifalarida ham
keladi: Daryo tiniq, osmon beg‘ubor. Salim kasaldan tuzalib, yaxshi boʻldi.
Sifatlar otga koʻchishi mumkin: qiz, oʻgʻil, erkak, ayol, kasal, chol kabilar.Ular
oldin sifat boʻlgan, otga koʻchgan.Ular hozir ot soʻz turkumiga tegishli soʻzlar sanaladi:
Ikki qiz. Besh oʻgil. Uch erkak, Yaxshi ayol. Chidamli kasal. Mard chol va boshqalar.
Sifatlar gapda qoʻllanganda otlashishi mumkin va ot kabi kelishik hamda egalik
qoʻshimchalarini oladi. Shu sababli sifatlar otlashganda gapda ega, toʻldiruvchi va
qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi. Misollar: ega boʻlib keladi:
Yaxshi odam keldi -
Yaxshi keldi. Yaxshi topib gapirar, yomon qopib.
Toʻldiruvchi boʻlib keladi:
Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl.
Bechoralarga yordam berishi kerak. Yaxshini topa olmaydilar, yomondan qutila
olmaydilar.
Qaratqich aniqlovchi boʻlib keladi:
Yomonning bir qiligʻi ortiq. Yaxshiniig
yaxshi soʻzi bor.
Hol vazifasida keladi: U qiziq kuladi. Javohir darsni oʻzlashtirib olgani
uchun yaxshi gapirdi.
Sifatlar oʻzlari anglatayotgan maʼnolariga koʻra ikki xil boʻladi:
1. Asliy sifatlar. Ular belgini bevosita, toʻgʻridan toʻgʻri anglatadi: oq, qizil, yaxshi,
keng, baland, semiz, yengil, nordon, shirin, qotma, yosh kabilar misol boʻladi.
Baland
binolar shamolning yoʻlini toʻsadi. Yosh farzandlarimiz bizning kelajagimiz hisoblanadi.
2. Nisbiy sifatlar. Ular belgini bir narsaning boshqa narsaga boʻlgan munosabatiga
koʻra anglatadi. Misol: tonggi, ertalabki, bilimli, suvsiz va boshqalar.
Tonggi shamol
kishining ruhini tetiklashtiradi. Suvsiz yerlarga suv chiqarish ancha mushkul ishdir.
Sifatlarda belgining ortiq va kamligiga koʻra farqlanishi daraja deyiladi. Ularda
daraja uch xil boʻladi:
1. Oddiy daraja sariq, qizil, oq, qora, koʻk, shoʻx, shirin, achchiq, yengil, keng,
katta, baland, yosh, qotma). Qizil olma bozorda sotiladi.
Shoʻx bolalar ko’cha toʻldirib
yurishibdi.
2. Ozaytirma daraja (sariqroq, qizilroq, otqoq, qoraroq, koʻkroq, shoʻxroq,
shirinroq, yana achchiqroq, yana yengilroq, yana kengroq, yana kattaroq, yana balandroq,
yana yoshroq, yana qotmaroq). Sariqroq olma shirin boʻladi. Shirinroq narsa olaylik.
Orttirma daraja(sap-sariq, goyat qizil, qip-qizil, nihoyatda oq, goyat qora, qop-
qora, yam-yashil, behad koʻk, behad shoʻx, g‘oyat shirin, juda achchiq, nihoyatda yengil,
behad keng, toʻppa-toʻg‘ri, soppa-sog‘, barchasidan katta, g‘irt yolg‘on, jiqqa hoʻl,
baridan chiroyli, nihoyatda katta, g‘oyat baland, nihoyatda yosh, juda qotma, but-butun,
pak-pakana, hammadan yaxshi). Qip-qizil pamidor kam ekan.
Sifatlarda erkalash shakli ham boʻladi. Ular sifat asosiga, yaʼni oʻzagiga -gina, -
kina, -kina qoʻshish bilan yasaladi. Misol: issiqqina, hoʻlgina, sariqqina, yengilgina,
chiroyligina, shirintoy, erkatoy, yoqimtoy. Issiqqina uy. Hoʻlgina dastroʻmol. Sariqqina
handalak. Chiroyligina material olib tikuvchiga berishdi.
Ularda juft va takroriy shakllar bor. Juft sifatlarga misollar: yakka-yagona, yosh-
qari, katta-kichik, qing‘ir-qiyshiq, chala-chulpa, egri-bugri, ola-bula va boshqalar. Egri-
bugri yoʻllar bilan kun kechirishning oxiri voy boʻladi. Takroriy sifatlarga namunalar:
kichik-kichik, yosh-yosh, yuksak-yuksak kabilar. Ularga misollar: koʻchada kichik-
kichik bolalar oʻynab yurishibdi. Oʻquvchilarning orzulari yuksak-yuksak tog‘lardan
baland turadi. Xullas, sifatlar xususiyatlari bilan boshqa mustaqil soʻz turkumlaridan
farqli xususiyatga egadir.
BOB BO‘YICHA XULOSA
Sifat soʻz turkumini XX asrning 60-yillaridan boshlab ilmiy-nazariy asosda
oʻrganish boshlangan.
Sifatlar predmet(lar)ning belgisi, hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati,
maza-taʼmini bildiruvchi mustaqil soʻzlardir. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar narsaning
belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan ifodalashi, anglatishi mumkin. Bunday begilar
bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli boʻladi.
Sifatlar oʻzlari ifodalayotgai xususiyatlariga koʻra narsaning shakl koʻrinishini,
hajm-oʻlchovini bildiruvchi, narsaning xususiyatini bildiruvchi sifatlar, narsaning
rangini, tusini bildiruvchi, narsaning holatini bildiruvchi, narsaning hidini bildiruvchi,
narsaning vaqt va oʻrni belgisini bildiruvchi hamda narsaning ma’za va taʼmini
bildiruvchi sifatlarga boʻlinadi.
Sifatlar asosan otga bogʻlanib, narsaga xos belgini, baʼzan feʼlga bog‘lanib,
harakatning belgisini bildirib keladi.
Ular maxsus yasovchi qoʻshimchalarga ega boʻlgani singari oʻziga xos soʻz
yasalish qoliplariga ham ega.
Sifatlar gapda koʻpincha sifatlovchi aniqlovchi, kesim va hol vazifalarida keladi.
Baʼzi sifatlar otga koʻchgan. Sifatlar otlashganda otga xos kelishik va egalik
qoʻshimchalarini olib, gapda ega, toʻldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi.
Sifatlar anglatgan maʼnosiga koʻra asliy va nisbiy sifatlarga boʻlinadi. Ularda
belgining ortiq va kamligiga koʻra farqlanishi daraja deyiladi.
Sifatlarda erkalash shakli hamda juft va takroriy shakllar bor. Xullas, sifatlar
narsalarning belgi-xususiyatlarini anglatgani kabi tashqi qiyofani ham ifodalab keladi.
Dostları ilə paylaş: |