ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi,
fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi.
Ochib berilish chuqurligi jihatidan olganda o’quv materialini shartli ravishda
uch guruhga: oson, o’rtacha va qiyin o’zlashtiriladigan materiallarga bo’lish
mumkin. Ma’lumki, faktlar eng oson material; faktlar tizimi - o’zlashtirilishi qiyin
material; o’rganiladigan mashina, jihoz,
mexanizm, materiallar sifati, texnologik
jarayonning muhim alomatlarini aniqlash yanada qiyin. Tushunish va o’zlashtirish
eng qiyin material - sabab-natijali bog’lanishlarni topish, chunki ular tarkibida
ancha murakkab o’quv materiali bo’ladi. Sabab-natijali bog’lanishlarni aniqlash
zarurati, ko’pincha, mashinalarni sozlovchilarda,
dastgohda ishlovchilarda,
yig’uvchi-chilangarlarda, haydovchilarda, montajchilarda va ko’pgina boshqa kasb
70
ishchilarida paydo bo’ladi. Bunda sabab ma’lum bo’lsa, natijani topish, aksincha -
natijani bilaturib, sababni topishga qaraganda oson bo’ladi.
Talabalarni sababni qidirib topishga o’rgatish ularda texnologik tafakkurning
rivojlantirilishini talab qiladigan juda qiyin jarayondir. Bu muhim talab dasturlar
tuzishda hisobga olinadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’quv materialining qiyinlik darajasi
o’rganiladigan tushunchaning ichki bog’lanishlariga bog’liq. Bog’lanishlar
qanchalik kam bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik oson, bog’lanishlar
qanchalik ko’p bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik murakkab bo’ladi. Bu
ham dasturlardagi o’quv materialining ochib berilish chuqurligini aniqlashda
e’tiborga olinadi.
Dasturlardagi o’quv materialining ochib berilishi chuqurligi ko’p jihatdan
talabalarning umumiy o’rta ta’limdan olgan tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq.
Dasturlarda mashina
va jihozlarning tuzilishi, texnologik ish jarayoni hamda
hisoblashga oid nazariy materiallarni chuqur asoslab berish, tipaviy texnologiya,
jarayonlar qonuniyatlarining ilmiy asoslarini anglab olish ko’zda tutiladi. Yig’ish
va ta’mirlash-rostlash ishlarining puxtalign, aniqligi va sifatini oshirish
masalalariga, ularni ob’ektiv tashxislash alomatlariga ko’ra
asboblar vositasida
tekshirish sinashga alohida e’tibor beriladi. Fanni o’rganish uchun talabalardan
turli tip, rusum va modifikatsiyadagi juda ko’p mashinaning tuzilishini bilish talab
qilingan hollarda dasturlarda shunga o’xshash mashinalarning tuzilishiga,
ishlashiga oid printsipial sxemalarni, tipaviy texnologik jarayonlarni o’rganish
hamda shu asosda eng zamonaviy va xarakterli konkret konstruktsiyalarning
xususiyatlarini o’rgainish ko’zda tutiladi.
Dasturlar tuzishda o’quv materialiga nisbatan qo’yiladigan talablar bo’lgan
amaliyligi va zamonaviyligi hisobga olinadi. Bunda talabalarning oliy ta’lim
muassasalarida oladigan bilimlari ishlab chiqarishda va ijtimoiy tajribada tatbiq
etilgan taqdirdagina katta ahamiyatga ega bo’lishiga asoslaniladi.
Shuning uchun
o’quv materialini tanlashda dasturlarga ishlab chiqarish texnikasi va
texnologiyalarining hozirgi darajasiga javob beradigan faoliyati bilan bevosita
71
bog’langan materiallar kiritiladi. SHu nuqtai nazardan ixtisoslik fanlarining o’quv
dasturlari mazmuni vaqt-vaqti bilan (3 yilda) qayta ko’rib chiqiladi va yangilanadi.
Snu narsa an’anaga aylanib qoldiki, o’quv dasturlari faqat o’qitish
mazmunini, ya’ni talabalarga nimani o’qitish kerakligani ochib beradi. O’qitish
metodakasini, ya’ni qanday o’qitish kerakligini esa, odatda, o’qituvchining o’zi hal
qiladi. OTMlar uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bloki dasturlarini tuzishda
dasturlarda o’qitish metodikasining ba’zi masalalarini ochib berishga harakat
qilinadi.
Chunonchi, amaliy mexanika, ekologiya, elektrotexnika, hayotiy faoliyat
xavfsizligi, muhandislik va kompyuter grafikasi kabi fan dasturlarining har bir
mavzusida o’qituvchi uchun qisqacha metodik tavsiyalar berilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fanlar bloki fanlarining
dasturlari uchun
shu narsa xoski, talabalar bilimlarni ancha ongli va puxta o’zlashtirishi, ularning
bilish faoliyatini faollashtirish hamda texnik tafakkurini rivojlantarish maqsadida
bu dasturlarda anchagina hisoblash ishlari, texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab
chiqarish mashqlari, tajriba-amaliy ishlar,
mustaqil ishlar, ma’lumotnoma
adabiyotidan foydalanib mustaqil bajariladigan ishlar, shuningdek, o’quv ishining
olingan bilimlarning hammasini amalda tadbiq qila bilishni talab etadigan boshqa
shakllari ko’zda tutilgan. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar, hisoblash ishlari va
mashqlar ruknini aniqlashda quyidagi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi:
mashina, jihoz, agregat va qurilmalarining konstruktsiyasani o’rganish; texnologik
jarayonlardagi fizikaviy va kimyoviy hodisalar mohiyatini hamda ularning
qonuniyatlarni o’rganish; nuqsonlarni tashxislash va aniqlash, mashina, jihoz va
agregatlarni asboblar vositasida tekshirish hamda rostlash usullarini o’rganish; ish
rejimlarini
hisoblash, texnik xizmat ko’rsatish, yig’ish, ta’mirlash, sozlashga doir
texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab chiqish ko’nikmalarini hal qilishni nazarda
tutadi.
3.4. Sillabus, o‘quv uslubiy majmua va kalendar reja.
Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb