ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505
Academic Research, Uzbekistan
1501
www.ares.uz
MIFOLOGIK DUNYOQARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
VA ULARNING INSON ONGIGA TA’SIRI
Nargiza Xalbayevna Babadjanova
Chirchiq davlat pedagogika instituti
nargizababadjanova2020@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mif va uning turlari, mifologiya
va uning obrazlari haqida
o’rganilgan bo’lib, ularni ilmiy jihatdan asoslashga bag’ishlangan. O’rganish
natijasida mifologik tasavvur va dunyoqarashlarning olam va inson ongiga ta’siri
haqidagi falsafiy qarashlar ifoda qilingan.
Kalit so’zlar:
mif, mifning turlari, mifologiya, mifologik obrazlar,
mifologik
tasavvur va dunyoqarashlar.
KIRISH
Qadimgi odamning olam va borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlaring majmui –
mif hisoblanadi. Mif yunoncha “mithos” so’zidan olingan bo’lib, “rivoyat, afsona,
asotir, hikoya, masal” degan ma’nolarni bildiradi.
Mif – xalq og’zaki ijodining eng qadimgi davrlarida paydo bo’lgan va
insoniyatning olam haqidagi o’sha davrlardagi tasavvurlarini nafaqat aks ettiradi
balki, aniq obrozlar vositasida bo’rttiruvchi e’tiqodiy qarashlarni, to’qimalarni o’zida
mujassamlashtiradi.Ya’ni koinotning yaratilishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi,
o’simliklar va hayvonot
dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabablari
va
mohiyati afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy
qarashlarni o’z ichiga oladi.[4]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Qadimiy tasavvurlar silsilasi va o’z davrida tafakkur shakli hisoblangan miflar
– odamlarning voqelikka nisbatan ongsiz ravishdagi hissiy munosabatining ifodasi
sanaladi, tabiat va jamiyat hayotining xilma xil qirralarining
mazmun mohiyatini
tushuntiruvchi vositadir. Shuningdek, mif – afsona janrining
badiiy shakli asosida
bayon etilib, tarixda yashab o’tgan ajdodlarimizning olam haqidagi tasavvurlarini
o’zida jamlaydi.
Miflarning ommolashishida, ularning avloddan avlodga yetib
kelishida xalq og’zaki ijro san’ati katta ahamiyat kasb etadi va ular asosan so’z