3. Felpsning jamg’arishni “oltin qoidasi” Xarrod-Domar modelining kamchiliklari



Yüklə 66,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü66,96 Kb.
#186067
  1   2   3   4
26 3 referat Dinamik modellar Xarrod Domar modeli Solou modeli Samuelson (2)



Dinamik modellar. Xarrod-Domar modeli. Solou modeli. Samuelson-Xiks modeli 
Reja:
 
1.Xarrod-Domar modelining kamchiliklari
2. Iqtisodiy o’sishning R.Solou modeli
 
3. Felpsning jamg’arishni “oltin qoidasi”
 
1.Xarrod-Domar modelining kamchiliklari


Xarrod-Domar modelida kamchiliklar mavjud bo’lib, bu avvalo dinamik 
muaozanatning iqtisodiy o’sish sharoitida chidamli emasligidir. Bu kamchilik 
ushbu modeldagi kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi nisbat bilan 
bog’liqdir.Agar tabiiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atidan katta bo’lsa, 
unda haqiqatda iqtisodiyot ishsizlik mavjud bo’lganda kafolatlangan o’sish 
sur’atlari bilan rivojlanishi mumkin. Biroq, boshqacha ham bo’lishi mumkin, ya’ni 
haqiqatda iqtisodiyot kafolatlangan o’sish sur’atidan yuqori sur’atlarda rivojlanishi 
mumkin, chunki ortiqcha mehnat resurslari qo’shimcha investitsiyalarni jalb 
etishga imkon beradi. Natijada muvozanatli iqtisodiy rivojlanish sharoitini 
buzishga qodir iqtisodiy holat yuzaga keladi.
Xarrod-Domar modelining cheklanganligi uning dastlabki o’lchovlarida berilgan. 
Ushbu modelda qo’llaniladigan Leontevning ishlab chiqarish funktsiyasi ishlab 
chiqarish omillari – mehnat va kapitalni o’zaro almashtirish imkoni yo’qligi bilan 
xarakterlanadi, bu haqiqiy hayotdagi mos kelmaydi. Bundan tashqari mazkur 
modeldagi barcha tarkibiy qismlar: daromad va kapital nisbati, iste’molga chekli 
moyillik, ishchi kuchini o’sishi, mehnatni tejovchi texnika taraqqiyoti bir biriga 
bog’liq emas, shuning uchun muvozonatli iqtisodiy o’sishga erishish ehtmoli nolga 
teng. Shu sababdan ham Xarrod-Domar modeli “brtiva lezviyasi” modeli nomini 
olgan. Bunda undagi tarkibiy qismlarning kam hajmdagi muvozanatsizligi butun 
tizim muvozanatini buzib yuboradi.
Aynan shu sababdan, 1950 yillarning o’rtalaridan boshlab ishlab chiqarish 
funktsiyalari ishlab chiqarish omillarini o’zaro almashinishini ko’zda tutuvchi 
iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari muvaffaqqiyatga ega boshladi.

Yüklə 66,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin