O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
11 
Misol uchun, umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarning soni 20 ga 
yetadi. Lekin, afsuski, o‘quv rejalarida yoshlarga axloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy, 
huquqiy bilimlar asoslarini o‘rgatadigan fanlar yetarli o‘rni olgan emas. Mavjud 
fanlar esa tarkiban eski holida saqlanib qolmoqda. Bu esa mustaqillik va bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat milliy ehtiyojlarni qondirishga 
to‘sqinlik qilmoqda. Hammamizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq 
bo‘lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli 
bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Bir e’tibor bering: pedagogika 
tajribasida “bitiruvchi”, degan ibora bor. Bu iboraga izoh berib o‘tirishning hojati 
yo‘q. Ya’niki, bola maktabni bitirsa bas, uning bilim va tarbiyasi haqida gapirmasa 
ham bo‘laveradi. Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini 
lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va 
tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak. SHu joyda yana bir og‘ir savolga duch kelamiz: 
bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yuritishga o‘rgatiladimi? Aminmanki, 
o‘rgatilmaydi. Mabodo biror o‘quv o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim 
havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi 
hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. 
Prinsip ham tayyor: “Mening aytganim-aytgan, deganim-degan”. 
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli 
intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda 
mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko‘pincha yaxshi 
tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz. 
Ushbu ma’lumotlar orasida kasb klasiffikatsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, 
uning qanchalik aniq va mukammal o‘zlashtirib olinishi o‘quvchining ko‘plab kasblar 
orasidan o‘z imkoniyatlariga mosini to‘g‘ri tanlashini belgilaydi. 
Kasb klassifikatsiyasi haqida so‘z yuritishdan avval o‘quvchilarning kasb va 
mutaxassislik tushunchalari hamda ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniq 
ajratib olishlariga erishish lozim. Keyinchalik kasb klassifikatsiyasi asosida turli 
interfaol mashqlarni bajarishda bu tushunchalarning ma’no va mazmunini ajrata olish 
o‘quvchilarga yordam beradi. Buning uchun ushbu tushunchalarning ta’riflarini 
keltirish kerak. 
Kasb-bu jamiyat uchun zarur bo‘lgan, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida 
chegaralangan, insondan jismoniy, aqliy, ma’naviy kuch talab etuvchi va sarflangan 
kuch evaziga insonga mavjud bo‘lish hamda rivojlanish imkonini beruvchi faoliyat 
sohasidir, masalan, o‘qituvchi, shifokor, injener, dizayner va hokazo. Mutaxassislik 
esa bitta kasb ichida tor doiradagi faoliyat turidir. Masalan, tarix o‘qituvchisi, 
matematika o‘qituvchisi, stomatolog, kardiolog, pediatr, quruvchi-muhandis, 
loyihalovchi-muhandis, injener-konstruktor, badiiy libos dizayneri va hokazo. 
Bundan tashqari, mansab, lavozim hamda ilmiy unvon tushunchalariga ham to‘xtalib 



Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin