O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
10 
o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon 
hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan 
kurashishi mumkin. 
Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyotlash, ta’lim va bilim berish tizimi, 
hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohot, yangilanish jaryonlari talablari bilan 
yaqindan bog‘lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. 
Ochiq tan olish kerak: maktablarning moddiy bazasi juda nochor. Bu masalada 
naqadar oqsoqligimizni, nochorligimizni, birinchi navbatda, qishloq joylaridagi 
ahvol-vaziyat misolida ochiq tan olishimiz kerak. 
Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya’ni o‘qituvchiga borib 
taqalyapti. Tarbiyachining o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, 
malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch 
kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy 
muammo ham mana shu yerda. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, 
deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi 
ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, o‘qituvchi va 
murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z 
ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta, bu masalani 
birdaniga yechish qiyin, lekin uni yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi 
to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir. 
Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o‘ziga singdira oladi, nimani qabul 
qilmaydi? Afsuski, bu haqda hech kim bosh qotirayotgani yo‘q. SHu masalalar bilan 
shug‘ullanishi kerak bo‘lgan mutasaddi institut va markazlarimiz yetarli. Xulosa 
shundayki, bugungi umumta’lim jarayonidagi uch bosqichdan hech qaysisida o‘ziga 
yarasha talab yo‘q. Boshqacha aytganda, har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar 
standart darajasida rasmiylashtirilgani yo‘q. 
SHunga qarab, o‘quv jarayoni, mazmuni, o‘qitiladigan darsliklar sonini, qanaqa 
sinfda qanday bilim va tarbiya berish kerakligini aniqlash mumkin bo‘ladi. 



Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin