№4 2022
15
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining asosiy ob’yekti:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf o‘quvchilari;
oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining o‘quvchilari;
ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Ma’lumki, xalq ta’limining asosiy bugunini uzluksiz ta’lim tashkil etadi. SHu
sababli, bu masalaga alohida diqqat-e’tibor qaratish darkor. Uzluksiz ta’limni davlat
ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo,
ularning
jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy
e’tibor berish kerak. SHuning uchun ham umumta’lim dasturlarini maktabgacha
tarbiya, boshlang‘ich, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi
tizimni asos qilib olsak,
ko‘zlangan natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman.
Birinchi. Maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib,
olti-etti yoshgacha
oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishidan qa’ti nazar, boshqa xil ta’lim
tashkilotlarida olib boriladi.
Ikkinchi. Boshlang‘ich ta’lim. 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi va bunda o‘qish olti-
etti yoshdan boshlanadi.
Uchinchi. Umumiy ta’lim. Bunda o‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va
tarbiya beriladi.
Alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak; umumta’lim maktabi barchamiz uchun
majburiy bo‘lib, ularda bolalarimizga umumiy bilim asoslarini chuqur o‘rgatishimiz
kerak, tom ma’noda farzandlarimizning dunyoqarashini
shakllantirish va
kengaytirishimizga asos solishimiz kerak.
To‘rtinchi. O‘rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi. O‘qish muddati 3 yildan
kam bo‘lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari.