j oriy
yilga moliyaviy natijalar boʻyicha qilingan haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar,
Kt 020-029 – “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyotlarning tegishlisi. Bunda, tashkilotning
nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari qoldiq qiymati) kamaydi. Demak, buxgalteriya
hisobida 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlar xarajatlar sifatida tan olinadi.
Byudjet tashkiloti tomonidan xodimlarga ish haqi hisoblanganda buxgalteriya hisobida
quyidagi yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 231- “Byudjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar”
hisobvaragʻi, Kt 173- “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar”
hisobvaraq.
Byudjet tashkilotlarda moliyaviy natijalar daromadlarning turlari boʻyicha alohida
aniqlanadi, yaʼni: byudjet mablagʻlari boʻyicha; toʻlovlarni mahsus turlariga doir
hisoblashuvlar boʻyicha; taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari
boʻyicha; byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha; byudjet
tashkilotining boshqa daromadlar boʻyicha.
Shunday qilib, byudjet tashkilotlarda moliyaviy natijalarni daromadlarning turlari
boʻyicha alohida shakllantirish, ularni buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirishga va
hisobotlarning tuzilishida aniqlikni taʼminlaydi.
Moliyaviy faoliyatlar boʼyicha moliyaviy natijalar boʼyicha umumlashtirilib yakuniy
moliyaviy natijalar aniqlanadi. Yakuniy moliyaviy natija - bu budjet tashkilotining hisobot yili
yakunida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi boʼyicha daromadlar bilan haqiqiy
xarajatlar oʼrtasida yuzaga keladigan farqidir. Shuningdek budjet tashkilotining yakuniy
moliyaviy natijasi barcha aktivlarining (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va
debitorlari) umumiy summasidan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasiga
tengdir. Budjet tashkilot faoliyatining yakuniy boʼyicha moliyaviy natijalari «Yakuniy
moliyaviy natijalar» schyotida aks ettiriladi. Yil yakunlari boʼyicha yakuniy moliyaviy
natijalarini hisobga oluvchi subschyotlarda umumiy xolda kredit qoldig’ining qolishi