Eurasian journal of mathematical theory and computer sciences


EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL



Yüklə 64,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü64,09 Kb.
#186252
1   2   3   4   5   6   7
budjet hisobi 1

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | 
SJIF =
 
5.916
 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861 
Page 11 
Albatta, bunday ustuvor vazifalardan davlat byudjeti daromadlar va xarajatlari, davlat 
byudjet ijrosi kassa ijrosini toʻgʻri shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
biriga aylanmoqda. Bunday masalalarni ijobiy hal qilishda byudjet hisobini zamon talablari 
asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda aksionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan 
moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga oʻtib borayotgan, ayrim hollarda bir 
mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillari hamda qoidalari ishlatilmoqda. 
Bunday holatlarda buxgalteriya hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. 
Ushbu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion 
tahlilchilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning turli 
standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qoʻshimcha xarajatlar qilishiga toʻgʻri keladi. Ular 
hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin.
Ushbu jarayon bilan bogʻliq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat 
yomonlashishi, kompaniyalar esa, kapitalni saqlash boʻyicha yuqori sarf-xarajatlarni oʻz 
zimmalariga olishlariga toʻgʻri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda 
miqdori koʻrsatilishi oqibatida buxgalteriya hisobotlariga ishonch yoʻqoladi. Hisobotlarning 
xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi: 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning moʻljaldan yuqori darajada 
boʻlishi – chunki transnatsional kompaniyalar oʻz faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun 
turlicha hisobotlar tuzishga majbur boʻladilar; 
Tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash 
uchun yagona tizimga ega boʻlish ehtiyoji tugʻiladi. 
Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki 
baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa, turli 
mamlakatlardagi hisobotlar turlicha boʻlgani holda juda mushkul hisoblanadi. 
Shuningdek, byudjet tashkilotlarida ham buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzishda 
oʻziga xos xususiyatlar mavjud. Jumladan, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni 
buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirish bugungi kunda muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda - tashkilotning barcha daromadlari 
(tushumlari, byudjet mablagʻlari boʻyicha gʻaznachilik orqali amalga oshirgan kassa 
xarajatlari) va hisoblangan barcha haqiqiy xarajatlarining oʻzaro solishtirilishi (ayrilishi) 
natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymatidir. 
Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning 
barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari) dan uning 
majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil boʻladigan aktivning sof 
qiymati. 
Byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) 
oshishiga sabab boʻluvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini 
kamayishidir. Buni quyidagi holatlar boʻyicha asoslash mumkin, jumladan, byudjet 
tashkilotlariga homiylik mablagʻlarini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy 
aktivlari) yaʼni, tashkilotning moliyaviy aktivlari (pul mablagʻlari) koʻpayadi. Ushbu holat 
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv bilan rasmiylashtiriladi: Dt 112- “Byudjet 



Yüklə 64,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin