19
radikal Holatlari, suyultirish effekti. Ionlantiruvchi radiyatsianing makromolekulalarga
(oqsillar, nuklein kislotalar, li’idlarga) tahsiri; tahsir etish turlari.
Ionlantiruvchi
nurlarning organizmga tahsiri, ularning molekulaga ko’rsatadigan
tahsiridan boshlanadi. Nur tahsirida qo’zg’algan atomlar, ionlangan molekulalar va
erkin radikallar yuzaga keladi. Ular o’z navbatida boshqa atom yoki molekulalar bilan
tahsirlashib, yangi ionlar, radikallar va kimyoviy
birikmalar hosil qiladi,
makromolekulalarda esa
radiatsion
zararlanishlar
deb ataladigan, o’zgargan sohalar
‘aydo bo’ladi. Molekulalarning
radiatsiyadan zararlanishi, ionlantiruvchi nurlarning
bevosita yoki vositali tahsiri natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Molekuladagi zararlanish nur fotonlarining bevosita yutilishi tufayli kelib chiqsa,
radiatsiyaning bunday tahsiri
bevosita tahsir
deb,
molekulaning zararlanishi, bevosita
tahsir mahsulotlarining normal molekulaga tahsir etishi natijasida sodir bo’lsa, bunday
tahsir
vositali tahsir
deb ataladi.
Mahlumki, organizm, jumladan hujayra ichki muhitining
asosiy qismini suv
tashkil etadi. SHuning uchun ham radiatsiyaning tirik sistemalarga tahsiri
tekshirilganda, uning nishon molekulalar, yahni hujayra moddalariga
bevosita tegishi
bilan bir qatorda, suv molekulalarga ko’rsatadigan tahsirini ham inobatga olish o’ta
zarurdir.
Dostları ilə paylaş: