5. Til o`rganishda, urf-odatlarni egallashda qaysi omilning ta'siri kuchli
bo`ladi?
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta‘siri ostida
shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa,
ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni
o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar
jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan:
-shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi
davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro
omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta‘siri etakchi
o‘rin tutadi;
-bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-
onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim
ahamiyatga ega;
-shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida
boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi
ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
-shaxs ijtimoiy ta‘sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati
unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va
axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor
jihati hisoblanadi;
-shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining
muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida
o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;
-ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining
barcha davrlarini qamrab oladi.
Ma‘lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi
va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida
jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda
shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta‘lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash
jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va
ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab etganida,
jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
ana‘naviy – oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb
etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta‘lim muassasalari tomonidan
o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni
pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida
shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va
faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini
oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |