O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Haydovchilar ishini yo‘nalishlarda nazorat qilishni tashkil etish



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
True

Haydovchilar ishini yo‘nalishlarda nazorat qilishni tashkil etish
ATXning harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ish 
rejasidagi asosiy tabdirlardan biri, haydovchilar ishini va transport 
vositalaridan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanilayotganligi haqida 
yo‘llarda nazorat qilishni tashkil etishdan iborat. 
Oxirgi vaqtlargacha bunday nazorat asosan ikki xil usul 
yordamida amalga oshirilayotgan edi:
– harakatdagi avtomobillarda;
– oldindan belgilab qo‘yilgan postlarda.
Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 
ham GPS (Global Positioning Sistem) tizimlaridan foydalanish 
yo‘lga qo‘yildi. GPS hozirgi zamon sun’iy yo‘ldosh monitoringi 
transport vositalarining ONLINE vaqtda qayerda va qanday 
harakatlanayotganligini aniqlab beradi. Hozirgi zamon GPS 
tizimlari haydovchilar butun ish kuni davomida nazorat ostida 
ekanliklarini bilshlari sababli boshqa yo‘nalishlarga o‘tib ketish 
ehtimolini kamaytiradi hamda ularning intizomining oshishiga ham 
olib keladi.
Avtotransport sun’iy yo’ldosh monitoring tizimi avtomobil-
larning harakatlanishini kuzatib borish bilan bir paytda, ularning 
yo‘nalishdan og‘ishi, favqulodda vaziyatlar vujudga kelib qolganida 
SMS orqali korxonaga xabar yuborishi mumkin.
YTHning xizmat ekspertizasi
YTHning xizmat ekspertizasi (xizmat surishtiruvi) haqidagi 
tushunchalar IX bobning 3-bo‘limida bayon qilingan edi.
Bu bo‘limda YTHning xizmat ekspertizasiga yanada chuqurroq 
va har tomonlama yondashiladi.


161
YTH xizmat ekspertizasining asosiy maqsadi haydovchilar 
va ATXning boshqa xodimlari va bo‘limlari tomonidan harakat 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yorlar va qoidalar buzilishini 
aniqlashdan iborat.
Avval aytib o‘tilganidek, xizmat ekpertizasida ATXning rahbari 
qatnashadi, ammo barcha amaliy ishlarni harakat xavfsizligi 
xizmatining xodimlari bajaradi.
Xizmat ekspertizasi quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
ATX bo‘yicha navbatchidan YTH sodir etilganligi haqidagi 
xabarni olgan rahbar o‘zi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan harakat 
xavfsizligi xizmatining xodimi hodisa sodir bo‘lgan joyga darhol 
yo‘l oladi.
Agar YTH to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 
(YHXB) xabarsiz bo‘lsa, ularga xabar yetkaziladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan YHXB xodimlari bilan 
xizmat ekspertizasi hamkorlikda o‘tkaziladi. Xizmat eks pertizasi 
bevosita quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
– agar YTH oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa, ularga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatiladi, so‘ng ularni shifoxonaga jo‘natiladi;
– agar tez buziluvchi yuklar bor bo‘lsa, ularning buzilishini 
bartaraf etish choralari ko‘riladi;
– agar harakat to‘xtab qolgan bo‘lsa, uni qayta tiklash masalasi 
hal etiladi.
Buning uchun guvohlar ishtirokida transport vositasining 
hodisadan keyingi holati, tormoz izlari va boshqa ashyoviy dalillar 
va ularning joylari belgilab olinadi va ularni saqlash choralari 
ko‘rilgandan so‘ng transport vositalarini chetga olib, harakatni qayta 
tiklashga imkoniyat yaratiladi. YTHning sxemasi ma’lum bir tanlab 
olingan masshtabda chiziladi;
– agar YTH yo‘l sharoiti va undagi kamchiliklar oqibatida sodir 
etilgan bo‘lsa, ekspertizani o‘tkazish uchun yo‘lning shu qismiga 
xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l xo‘jaligining vakillari taklif etiladi.
YTH bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vaziyatlar o‘rganilib 
chiqilgandan so‘ng barcha qilingan ishlar va xulosalar YTHning 
xizmat ekspertizasi dalolatnomasini (akt) rasmiylashtirish bilan 
tugallanadi.


162
Aktda quyidagilar qayd etilgan bo‘lishi kerak:
– xizmat ekspertizasini o‘tkazgan komissiya tartibi;
– YTH haqida to‘liq ma’lumot;
– yo‘l sharoiti haqidagi ma’lumotlar (yo‘lning geometrik o‘l-
cham 
lari, yo‘l qoplamasining holati, ko‘rinish masofalari va 
hokazo);
– haydovchilar haqida ma’lumotlar;
– transport vositalari haqida ma’lumotlar;
– YTH sodir bo‘lishiga olib kelgan omillar;
– xulosa.
Aktga ilova tariqasida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish bayoni, YTHning sxemasi, guvohlarning va ATX 
xodimlarining tushuntirish xatlari va ko‘rsatmalari kabilar ilova 
qilinadi.
Bu akt asosida ATX rahbari har bitta YTHni jamoa orasida 
muhokama qiladi va kelgusida shunday YTHni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin