164
Komissiya yo‘l sharoitini bevosita tekshirish davrida yo‘l sharoitini
shu yo‘l pasportiga to‘g‘ri kelishini, yo‘llarni yoritilganlik darajasini,
trotuar va velosiped yo‘lakchalarining mavjudligini, temir yo‘l
kesishmalarini, ularda harakatning qanday tashkil etilganligini, yo‘l
harakatini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Tekshirish ishlarining aktini rasmiylashtirish davrida
aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va kim
tarafidan bartaraf etish kerakligi va muddatlari, mavjud yoki yangi
ochilayotgan yo‘nalishda tashishni boshlash mumkin yoki mumkin
emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar komissiya tekshirilgan yo‘nalishda
transport vositalarining harakatini taqiqlashni lozim topsa, bu qaror
to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni ogohlantiradi.
Dostları ilə paylaş: