Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Geografiya ta’limida kartagrafik bilimlar va  ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149


 
Geografiya ta’limida kartagrafik bilimlar va 
ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
 


141 
1.
O‘quvchilarga karta yer yuzasining modeli ekanligini, kartadagi har bir 
belgining ma’nosini tushuntirish kerak. Kartaga biror bir belgi maqsadsiz 
qo‘yilmaydi. 
2.
O‘quvchilarda kartadan ko‘rgazmali qurol va bilim manbai sifatida 
foydalanishni o‘rgatish, toki o‘quvchilar kartadan o‘zlari bila olsinlar. 
3.
Karta 
o‘quvchilarning 
aqliy 
faoliyatini 
rivojlantirishi, 
ularda 
kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
Geografiya ta’limida o‘quvchilar quyidagi kartagrafik bilimlarni egallashlari 
kerak. 
1.
Karta va planda yer yuzasini tasvirlash xususiyatlarini. 
2.
Kartaning shartli belgilari, geografik obyektlar va hodisalarni kartalarda 
tasvirlash metodlarini. 
3.
Joyda kartasiz mo‘ljal olish metodlarini. 
4.
Reja va karta asosida mo‘ljal olish. 
5.
Kartalarni masshtabga ko‘ra turlarini ajrata olish. 
6.
Kartalarni hududni qamrashi va mazmuniga ko‘ra turlarini bilish. 
7.
Kartadagi xatoliklar va ularning sabablarini. 
8.
Profill, grafik, kartagramma, kartadiagrammalar tuzish metodlari va h.k.
O‘quvchilar kartagrafik bilimlarni amalda qo‘llay olishlari shart. Geografiya 
o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilarda quyidagi kartagrafik ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iborat. 
1.
Joyda va kartada mo‘ljal ola bilish. 
2.
Kartada o‘lchash ishlarini bajara olish. 
3.
Umumgeografik, tematik kartalarni qiyoslay olish va o‘qiy olish. 
4.
Bir xil va turli masshtabdagi kartalarni taqqoslay olish. 
5.
Karta asosida geografik obyektlarga, hududlarga, mamlakatlarga, tabiat 
zonalari va tabiiy komplekslarga ta’rif yoza olish. 
6.
Sxema, karta-sxema, kartagramma, kartadiagrammalarni tuza olish va h.k. 
Kartagrafik ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni quyidagi tizim asosida 
olib borish maqsadga muvofiq: 
a) boshlang‘ich sinflarda va geografiyaning birinchi darsidan boshlab, to 
maktabni bitirgunga qadar geografik kartani o‘qish bo‘yicha uzluksiz 
mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda undan mustaqil ravishda bilimlarni ola bilish; 
b) dars maqsadini aniq tasavvur etish, uni bevosita karta bilan uyg‘unlashtirish 
va unga erishish yo‘llarini izlash. 
v) muammoli Blis so‘rov tug‘ilganda, albatta, kartaga murojat etish, egallagan 
kartagrafik bilimlar yordamida mustaqil xulosalar chiqara bilish. 
Karta asosidagi asosiy ilmiy bilimlar va eng oddiy ko‘nikmalar 
“Boshlang‘ich tabiiy geografiya” kursining «Plan va karta» mavzusida beriladi. 


142 
Ushbu mavzuni tahlil qilish shu narsani ko‘rsatadiki, uning asosida karta tuzish 
tushunchasi yotadi. Haqiqatdan ham kartaning qanday tuzilganligini bilmasdan, 
undan bilim manbai va ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish ancha mushkul. 
Mavzuning qolgan tushunchalari (joyni rasmda aks ettirish, aerosurat, kosmik 
surat, reja, kartada va kartasiz mo‘ljal olish, masshtabning shartli belgilari, mutloq 
va nisbiy balandlik, daraja to‘ri va boshqalar) yordamchi yoki asosiy tushunchaga 
bo‘ysinadi. Bundan tashqari ushbu tushunchalarni o‘rganish ikkinchi darajali 
degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki, bu bilimlarsiz karta tuzilishini o‘rganib 
bo‘lmaydi. Karta tuzilishini puxta bilish uchun, eng avvalo, ko‘z bilan chamalab 
plan olishni, nivelirlashni har bir o‘quvchi bilishi lozim. Ammo ko‘pgina 
o‘qituvchilar bunga yetarlicha e’tibor bermaydilar. 
Ko‘z bilan chamalab plan olish, nivelirlash karta tuzishdagi eng muhim 
bosqichlardan sanaladi. Chunki har qanday oddiy karta negizida joy plani yotadi. 
O‘quvchilar oddiy planlarni mustaqil tuzishni o‘rganmasdan turib karta tuzishni, 
karta masshtabini, shartli belgilarni egallay olmaydi. Joy planini tuzish – oddiy 
kartalarni tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘quvchilarga karta tuzish va 
kartalarning mazmuniga oid bo‘lgan Blis so‘rovni egallashga yordam beradi. Zarur 
geografik bilimlarni egallash uchun o‘quvchilarda kartagrafik obrazlarni, ya’ni 
tasavvurni shakllantirish maqsadga muvofiq. Kartagrafik tasavvur kartani o‘qish 
jarayonida shakllanadi. Kartani o‘qish-kartagrafik metodning eng muhim 
qismlaridan biri karta o‘qishda, inson kuzatish faoliyatida narsa va hodisalarning 
tasavvuri paydo bo‘ladi. O‘quvchilarning karta o‘qishdagi xatoliklarini tahlil qilish 
shuni ko‘rsatadiki, ular yo‘l qo‘yadigan aksariyat xatoliklar ularni kuzatishni 
bilmasligidan kelib chiqadi. O‘quvchilar kuzatish jarayonida kartadagi zarur 
belgilarga yetarlicha e’tibor bera olmasliklari tufayli ham yuqoridagi kamchiliklar 
paydo bo‘ladi, uni o‘qishni ikkita qismga ajratish mumkin. Birinchi qism-kartani 
tushuntirish apparatini o‘rganish. Ikkinchi qism-kartaning mazmunini o‘rganish. 
Kartani o‘qish deganda, avval, idrok qilingan narsa va hodisalarning tasvirini 
shartli belgilar asosida ongimizda aks etilishi tushuniladi. 
O‘quvchilar o‘z bilimini, joyda va ba’zi hollarda rasmlarni kuzatish orqali 
haqiqiy voqelik tasvirini xayollarida aks ettiradilar. Ko‘p yillik kuzatishlar va 
ilg‘or geografiya o‘qituvchilari tajribalari shuni ko‘rsatadiki, kartani bilishdagi eng 
to‘g‘ri yo‘l oddiydan murakkabga borishdir. O‘quvchi o‘zi yashab turgan joyni 
shartli belgilar asosida tasvirlangan planini qurish, plan mazmunini tushuntirish 
yengillashtiradi. Shu tufayli ham o‘quvchining mustaqil ravishda oddiy planlarni 
tushira olishi uning kartani puxta egallashiga olib keladi. Kartani o‘qishdagi eng 
muhim xususiyat uni diqqat bilan ko‘zdan kechirishdan iborat, bu uning sirlarini 
bilib olishga yordam beradi. 


143 
Kartani o‘qishni o‘rganish va zarur ko‘nikmalar hosil qilish uchun 
quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
1.
Geografik obyektlarni o‘rganish, rejani mukammal bilish. 
2.
Kartadagi har bir geografik obyekt shartli belgisini haqiqatda qanday 
ekanligini tasavvur etish. 
3.
O‘rganilayotgan obyektni xayolan tiklay olish va h.k. 
Masalan, Kalimantan (Borneo) oroli 6-sinf o‘quvchisi tomonidan taxminan 
quyidagicha o‘zlashtirilishi mumkin. Kalimantan oroli 7
0
shim.keng. va 3

jan.keng. 
hamda 109
0
va 117
0
sharq. uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Yozda quyosh ufqdan 
juda balandda bo‘ladi, qishda esa salgina qiya, qish bo‘lmaydi. Kalimantan orolida 
dengiz shamoli esib turadi. Yog‘in miqdori 2000 mm va undan ham yuqori. Agar 
o‘quvchi javobida haqiqatan ham ushbu ma’lumotlar bo‘lsa, u kartadan mustaqil 
foydalangan. Demak, o‘quvchi kartani bilish uchun quyidagilarga e’tibor berishi 
kerak: 
1.
Geografik obyektlarning kartadagi tasvirini aniq egallab olishi. 
2.
O‘rganilayotgan obyekt haqida fazoviy tasavvur bo‘lishi, hatto, kartaga 
qaramasidan uning xarakterli xususiyatini ayta olish. 
3. Ushbu obyektning kartadagi boshqa obyektlar bilan aloqasini o‘rnata olish 
kerak. O‘rganilayotgan obyektning obrazlarini ham tiklay olish va h.k. 
Kartani o‘rganishni sxemalar bilan qo‘shib olib borish, ya’ni ulardan unumli 
foydalanish kartani o‘qishni bir muncha yengillashtiradi. Masalan, Pomir tog‘ 
tuguni geografik o‘rnini kartadan topishni osonlashtiradi. Sxemalar karta o‘rnini 
bosa olmaydi, ammo uni to‘ldiradi, shu tufayli ham ularni o‘rganishni birga 
qo‘shib olib borish maqsadga muvofiq. Kartani bilishdagi eng muhim 
xususiyatlardan yana biri kartagrafik belgilarning nimalar (rang, chiziqlar, belgilar, 
so‘zlar, raqamlar)ni aks ettirishini puxta bilish lozim. Faqat shundagina kartani 
o‘qiy olishdan tashqari, balki uni tushuntirish ham yengillashadi. Geografiya 
ta’limida aksariyat hollarda zarur bo‘limlarning hammasini ham kartagrafik 
manbalardan olib bo‘lmaydi, ularni nazariy manbalardan ham izlashga to‘g‘ri 
keladi. Masalan, turli tipdagi kartalarni tahlil qilish orqali Surxondaryo 
viloyatining O‘zbekiston janubida joylashganligini, u yerda Amudaryo
Surxondaryo kabi daryolar borligini, Sharqda Tojikiston bilan janubda Afg‘oniston 
bilan chegaradoshligini bilib olsa bo‘ladi. Ammo nima sababdan Surxondaryo 
quruq suptropikda joylashganligini, sitrus mevalar o‘sishini va h.k. kabilarning 
geografiyani nazariy bilimlarni egallamasdan faqat karta orqali tushunib 
bo‘lmaydi. Kartani tushunish geografik obyekt va hodisalar o‘rtasidagi 
aloqadorlikni nazariy bilimlar bilan bog‘lab isbotlay olishni ham o‘z ichiga oladi. 
Demak, kartani tushunish kartagrafik bilimlarni namoyon bo‘lishidagi oddiy shakl 
desak xato qilmaymiz. 


144 
Chunki kartagrafik bilimlarni o‘quvchilar uzoq mashqlar orqaligina 
egallaydilar. Ma’lumki, fikrlash jarayoni murakkab, qator aqliy jarayonlarni 
taqqoslash, tahlil, sintez, xulosa chiqarishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarsiz 
kartagrafik va geografik bilimlarni egallash qiyin. Karta faqat bilish manbaigina 
bo‘lmay, balki muhim amaliy omil ham bo‘lib hisoblanadi. Karta bilan ishlashda 
quyidagi darajalarni ajratish maqsadga muvofiq: Birinchi darajali geografiyani 
o‘rganishga kirishguncha egallagan kartagrafik bilimlar. Bu bilimlar asosan 
tabiatshunoslik kurslarida (3-4 sinflarda) olingan bo‘lib, ular tabiiy geografik 
bilimlar hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar obyektlarni tashqi belgilarga ko‘ra 
ajratadilar. Masalan, Samarqand aholi yashaydigan punkt, Hisor tog‘ va h.k. 
Ikkinchi daraja – o‘quvchilar o‘zlaridagi mavjud geografik bilim va 
tasavvurlarini karta bilan bog‘lay olishi. Geografik obyektlarni joylashishi 
bo‘yicha xayoliy-fazoviy tasavvurlarga ega bo‘lishi, alohida obyektlar va joylarga 
oddiy ta’rif yoza olish, daryoning boshlanishi, quyilishi, havzasi tizimini ko‘rsata 
olish kerak. 
Uchinchi daraja-kartani bilish (tushunish), undan bilim manbai sifatida 
foydalana olish, eng muhimi, o‘quvchilar o‘zlaridagi geografik bilimlarni karta 
bilan uyg‘unlashtira olish talab qilinadi. O‘quvchilar bu darajada kartada erkin 
mo‘ljal ola bilishlari biron hududga har tomonlama ta’rif bera olishlari, obyektlarni 
taqqoslay olishlari, tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarni, sabab-oqibatlarni ajrata 
olishlari zarur. O‘quvchilarni kartagrafik bilim va ko‘nikmalar bilan 
qurollantirishda, xilma-xil kartagrafik vositalarning ahamiyati katta. 
Kartalarni o‘qish metodi.
 
Kartani o‘qish ko‘nikmasi birdaniga hosil 
bo‘lmaydi. U asta-sekin uzoq mashqlar tufayli chuqurlashadi va takomillashadi. 
Karta o‘qishni murakkablik darajasiga ko‘ra 3 ta turga ajratiladi.
1.
Kartani eng oddiy o‘qish. Bunda obyektning tashqi ko‘rinishdagi 
xususiyatlariga asosiy e’tibor beriladi. Masalan, mana bu Avstraliya, Yevrosiyo, 
Pomir tog‘lari, O‘zbekistonning davlat chegaralari va h.k. Bu metod juda oddiy 
bo‘lib u ko‘proq boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladi. Bu metodni huddi alifboni 
o‘rganish bilan qiyoslasa bo‘ladi. Ammo kartani eng oddiy metodda o‘qishning 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirmasdan murakkablikka intilib bo‘lmaydi. Shu 
tufayli geografiya o‘qituvchisi karta o‘qish alifbosiga quyi sinflarda zamin 
yaratilishi kerakligini doimo esda saqlashi kerak. 
2. Kartani murakkab o‘qish. Karta asosida obyekt va predmetlarning 
xususiyatlari haqida xulosalar chiqara olish. Yer yuzida obyektlarning o‘zaro 
joylashishi haqida fazoviy tasavvurlar hosil qilishdan iborat. Bu metod ham 
tinimsiz mashqlar orqali amalga oshiriladi. Karta asosida turli obyektlarni 
taqqoslash jarayonida u yoki bu obyektlariga xos bo‘lgan xususiyatlari aniqlanadi. 
Masalan, karta asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring. 


145 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin