3
SO‘Z BOSHI
Samarqand davlat universitetining
600 yilligiga bag‘ishlanadi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kelajagini har tomonlama yetuk o‘z
kasbining fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin. Mamlakatimizda
yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim
tizimida jahon andozalari
talablariga javob beradigan yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar
tayyorlash va ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga
oshirishni taqozo etmoqda. Malakali pedagog mutaxassislar tayyorlash esa ko‘p
jihatdan ularning metodik tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa,
hozirgi zamondagi
murakkab axborotlarni, geografik hodisa va sabab-oqibatlarni, tabiiy geografik va
ijtimiiy-iqtisodiy tushuncha va faktlarni o‘quvchilar ongiga yetkazish va ularni
shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanib o‘qituvchidan katta mahorat
talab qiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida
amal qilayotgan oliy
ta’limning Davlat ta’lim standarti asosida 5140600 – Geografiya ta’limi yo‘nalishi
bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan
talablar hamda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari klassifikatori –
Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida yaratildi.
Shuni ta’kidlash joizki, bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun
mo‘ljallangan “Geografiya ta’limi metodikasi” fani bo‘yicha darslik va o‘quv
qo‘llanmalariga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda ushbu o‘quv
qo‘llanma tayyorlandi. Shu paytgacha talabalar O.Mo‘minovning “Geografiya
ta’lim metodikasi” (1972 yil, 1986 yil) va R.Qurbonniyozovning “Geografiya
ta’limi metodikasi” (1992 yil, 2001 yil) o‘quv qo‘llanmalari hamda H.Vahobov,
O.Mirzamahmudovlarning “Geografiya o‘qitish metodikasi” (2016) uslubiy
qo‘llanmasidan foydalanib kelmoqdalar, ular hozirgi kun talablariga qisman javob
bermay qoldi, yangi mazmundagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar
tayyorlash
zaruriyati paydo bo‘ldi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda muallifning 50
yil davomida pedagog-o‘qituvchi sifatida to‘plagan tajribalari o‘z ifodasini topgan.
"Geografiya ta’limi metodikasi" fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu o‘quv
qo‘llanma mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan Davlat ta’lim standarti
(DTS), uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
Konsepsiyasi (2002 yil) hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish” Konsepsiyasini (2019 yil) talablaridan kelib chiqqan
holda geografiya fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat (va sirtqi
4
ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan) talabalarga mo‘ljallab yaratildi. Mazkur o‘quv
qo‘llanmadan
magistrantlar, ilmiy tadqiqotchi va doktorantlar, pedagogika
institutlari
talabalari, magistrantlari, umumta’lim maktablari va akademik litsey,
kollej geografiya o‘qituvchilari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari
tinglovchilari foydalanishlari mumkin.
O‘quv qo‘llanmani
tayyorlash jarayonida
yaqindan yordam bergan, jumladan, xorijiy davlatlarda geografiya ta’limi
bobiga
doir ma’lumotlarni yoritishda SamDU iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kafedrasi
mudiri, dotsent M.Usmonovga hamda o‘quv qo‘llanmaga doir ma’lumotlarni
to‘plashda va kompyuterda terishda ko‘maklashgan SamDU Geografiya va tabiiy
resurslar kafedrasi ikkinchi bosqich magistranti Sh.Mustafoyevaga samimiy
minnatdorchilik bildiriladi.
Dostları ilə paylaş: