8
I-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASI FANINING
NAZARIY MASALALARI
1.1. Geografiya o‘qitish metodikasi fan sifatida, mazmun va uning
mohiyati
Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiradi.
“
Metodika
” so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, bilim berish yo‘llarining ma’lum
tizimini anglatadi. Universitet ta’lim tizimida geografiya o‘qitish metodikasi
mutaxassislik o‘quv fani sifatida qaraladi. Geografiya metodikasining asosini
maktab geografiyasi, xususan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya hamda ular
bilan aloqada bo‘lgan kartagrafiya, geologiya, iqtisod, biologiya, aholishunoslik va
boshqa ko‘plab fanlar tashkil etadi. Ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini
didaktika (ta’lim nazariyasi) tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda,
didaktikaning mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. U aniq fanlar uchun
ta’lim va tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanmaydi. Demak, geografiya o‘qitish
metodikasi ilmiy pedagogika fani bo‘lib, u o‘quvchilarga geografiyadan puxta
bilim berish, ularni har tomonlama yetuk dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar qilib
tarbiyalash va o‘qitiladigan geografiya fanining maqsadi, ta’lim vazifalari,
mazmuni, metodlarni hamda geografiya fanini o‘qitishning eng muhim zamonaviy
ta’lim vositalarini belgilab beradi. Geografiya o‘qitish metodikasining asosiy fan
sifatida oliy o‘quv yurtlari geografiya fakultetlarining o‘quv rejasiga kiritilishi va
uni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabda
geografiya o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan
iborat. Bilish nazaryasi geografiya o‘qitish metodikasining metodologik asosini
tashkil qiladi. Geografiya o‘qitish metodikasi tadqiq qiladigan metodologik va
nazariy muammolarga ilmiy tadqiqot metodlari va predmeti, xorijiy mamlakatlarda
va O‘zbekistonda geografiya ta’limi, geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha
o‘qitishning mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalari kiradi. Geografik
bilimlarni egallashda ta’lim bilan tarbiyaning birligi, o‘quvchilarning geografik
bilim, ko‘nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirish hamda geografiya
ta’limi jarayonlarining umumiy qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi.
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
geografiyani o‘qitish maqsadi;
geografiyani o‘qitish vazifalari;
geografiya ta’limining mazmuni;
geografiya ta’limining prinsiplari;
geografiyani o‘qitish metodlari;
geografiyani o‘qitish va o‘rgatishni tashkil etish;
9
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim olish imkoniyatlarini hisobga
olish;
geografiya ta’limining natijalari va h.k.
Yuqorida qayd etilgan tarkibiy qismlar o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud.
Masalan: o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari va
mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish prinsiplari va metodlari hamda
vositalaridan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishni toqazo qiladi.
Geografiya ta’limi metodikasining nazariy metodologik masalalari ko‘pgina
metodist-geograf olimlar: Rossiyada N.N.Baranskiy, A.Ye.Bibik, T.P.Gerasimova,
A.V.Darinskiy,
I.V.Dushina,
M.K.Kovalevskaya,
I.S.Matrusov,
L.M.Pancheshnikova, M.V.Rijakov, Y.A.Tamojnya kabilar; O‘zbekistonda
A.Abdulqosimov, Z.Akramov, N.Dolimov, P.Musayev, O.Mo‘minov, M.Umarov,
H.Hasanov, R.Qurbonniyozov va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Geografiya ta’limi metodikasi fani umumiy metodika, uning nazariy
masalalari hamda tabiiy geografiya o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyani o‘qitish metodikasi kabi qismlardan iborat. O‘z navbatida ularning
har biri xususiy metodikalar (maktab geografiya kurslarini alohida-alohida
o‘rganish metodikalari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
o‘rgatiladigan metodikalarni) o‘z ichiga oladi. Umumiy metodika maktab
geografiya kurslari hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun o‘qitish
qonuniyatlarini ya’ni o‘qitishning mazmunini, tashkil etish shakllarini, ta’lim
metodlari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlar kabilarni o‘rganadi. O‘z vaqtida
A.V.Darinskiy umumiy metodikani geografiya didaktikasi deb bejiz aytmagan.
Xususiy metodika maktab geografiya kurslarining maqsadi, mazmuni, tarkibi,
geografik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, har bir kurs bo‘yicha
o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va hokazolar bilan shug‘ullanadi.
Geografiya ta’lim metodikasi:
maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari;
geografiya ta’limining mazmuni;
geografiya ta’limining qonuniyatlari va prinsiplari;
geografiya o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari;
ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar, darsliklar, atlas
kartalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy metodik qo‘llanmalar va
boshqalarni yaratish);
o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari;
ta’lim jarayonida fikrlashning rivojlanishi va h.k. bilan bog‘liq vazifalarni
hal qiladi.
10
Taniqli geograf-metodist olima L.M.Pancheshnikova ta’biri bilan aytganda,
geografiya ta’limi metodikasi fani quyidagi to‘rtta o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan
muammoni: “O‘qitish maqsadi - geografiyani nima uchun o‘qiymiz, geografiya
ta’limi mazmuni - nimani o‘qitamiz, geografiya ta’lim vositalari - nimalar
yordamida o‘rganamiz, o‘qitishning shakl va metodlarini - qanday o‘qitamiz?”
tarzida tadqiq qilgan. Uni quyidagi chizmada ifodalaymiz.
1-chizma
.
Savollarga javob beradigan geografiya ta’limi metodikasi.
Bundan tashqari geografiya ta’limiga oid bilimlarni egallash jarayoni,
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlanish, o‘quvchilarni tarbiyalash kabi
muammolarni ham o‘rganadi. Shunday qilib, geografiya ta’limi metodikasi fani
mazmunan boy va xilma-xildir. Geografiya fanining mazmunini maktabda
o‘qituvchining o‘qitish faoliyati orqali o‘quvchilarning ongiga, tarbiyasiga hamda
kamol topishiga yaqindan yordam beradi.
Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- maktab geografiya kursining sinflar bo‘yicha maqsadi, mazmuni va
ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy g‘oya, fakt,
tushuncha va qonuniyatlarni ajratib olish;
- o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zlashtirishga
imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash;
- geografiyaga oid ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda voqea va hodisalarga
nisbatan dunyoqarashni shakllantirish va o‘quvchilarni milliy g‘oya va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini ko‘rsatib berish;
- o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini
aniqlash;
Mazmun
(nimani o‘qitamiz?)
Ta’lim vositalari
(nimalar yordamida o‘rganamiz?)
O‘qitish metod va shakllari
(qanday o‘qitamiz?)
Dostları ilə paylaş: |