Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149


7. 
Olingan natijalarning 
amaliy ahamiyatini 
belgilash.
Tadqiqot natijalari geografiya o‘qituvchilari uchun darslik 
bilan ishlashda uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar belgilash 
bilan yakunlanadi. 
Demak, geografiya ta’limi bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bir 
necha bosqichdan: muammoning qo‘yilishi, tadqiqot obyekti va sohani tanlash, 
tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, ish farazini olg‘a surish va uni o‘z 
shaxsiy tajribasi ham ilg‘or pedagogik tajribalar yordamida o‘rganish, kuzatish va 
eksperiment tashkil etish kabilardan iborat bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot olingan 
natijalarga asoslangan holda, nazariy g‘oyalarni ilgari surish va ularni amalda 
sinash bilan yakunlanadi. Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot 
ishlarini rivojlantirishga mashhur geograf va metodist olim N.N.Baranskiy katta 
hissa qo‘shgan. U geografiya o‘qitish borasida faqat eksperimentlar uyushtirish 
orqali ilmiy asoslangan natijalarga erishish mumkinligini isbotladi, hozirgi kunda 


29 
bunday metodlardan keng foydalanilmoqda. Uslubiy tadqiqotlarda maktablar 
tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor berilayapti, olingan natijalar ta’lim 
jarayonida mukammal sinovlardan o‘tmoqda. Tadqiqotlardan olingan yakunlar 
o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini qanchalik sifatli bo‘lishi bilan 
baholanadi. 
 
1.5. Geografiya o‘qituvchisi va uning kompetensiyasi 
O‘qituvchi bo‘lishni istagan har bir kishi o‘qitish, ya’ni ta’lim berish 
faoliyati juda murakkab va mas’uliyatli kasb ekanligini anglab olishi zarur. 
O‘qituvchilik kasbi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. O‘qituvchi 
zimmasiga hayot ehtiyojlariga to‘la javob beradigan va o‘z zamoniga munosib 
kishilarni tarbiyalashdek mas’uliyatli jiddiy vazifa yuklatilgan. 
Metodika o‘qituvchiga o‘z ishining mohiyatini tushunib olishga, uning 
murakkabligini payqashga va bu ish uchun jamiyat oldidagi ma’suliyatini 
sezishga yordam beradi. Metodikadan yaxshi xabardor bo‘lgan o‘qituvchi 
o‘z ishiga tanqidiy qaray oladi, erishgan yutuqlarini hisobga olib undan 
tegishli xulosalar chiqarib boradi, tajriba to‘playdi va ayni vaqtda, o‘z ishidagi 
kamchiliklarni payqab olib uni bartaraf etishga kirishadi. O‘qituvchi zamon 
talabiga javob beradigan darajada ta’lim-tarbiya berishi uchun, eng avvalo, 
fanning metodologiyasi bilan chuqur qurollangan bo‘lishi lozim. Geografiya 
o‘qituvchisi o‘z fanini sevishi va puxta bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini 
o‘quvchilar ongiga singdirib borishga erishmog‘i lozim. O‘quvchilar o‘z fanini 
mukammal biladigan, darsni yuksak mahorat bilan o‘tadigan mohir 
o‘qituvchilarga ixlos qo‘yadilar. O‘z fanini, ishini yaxshi bilmaydigan, kasbini 
sevmagan o‘qituvchi hech qachon o‘quvchilar e’tiborini qozona olmaydi. 
Geografiya o‘qituvchisi bolalar psixologiyasini hisobga ola bilishi
pedagogika qonuniyatlarini tushunib yetishi, ta’lim-tarbiyaning samarali 
metod va usullaridan foydalana olishi va hayotga tatbiq eta bilishi zarur 
bo‘ladi. 
O‘quvchilar 
ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
turli-tuman 
amaliy 
ko‘nikmalarni egallashlari lozim bo‘ladi. O‘quvchilarga plan olish, kuzatish, 
turli chizmalar chiza olish, turli xil o‘quv qurollarini o‘z qo‘li bilan yasay 
olish va ulardan foydalanish kabi ko‘nikmalarni singdira borishi talab etiladi. 
O‘qituvchi ta’lim jarayonida darsda o‘rganiladigan bilimlardan ko‘zda 
tutilgan 
maqsadni 
o‘quvchilarga ko‘rsatib borishi, o‘quvchilar 
faoliyatini oshirishga, ularni mustahkamlashga, o‘rgatishga mos keladigan 
o‘qitish usullarini tatbiq etishi, nihoyat, o‘quvchilarni ongli intizomga 
o‘rgata borishi lozim. Har qanday kasb kabi o‘qituvchilik kasbi ham qunt 
bilan ishlashni talab qiladi. 


30 
Geografiya o‘qituvchisi bilimini tinmay oshirishi, pedagogik 
mahoratini orttirib borishi, ta’lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talablari 
darajasida va hayot bilan bog‘lab olib borishi lozim. Geografiya 
o‘qituvchisidan o‘z ilmiy va pedagogik saviyasini tinmay oshirishi, 
chunonchi 
geografiya, 
pedagogika, 
psixologiya 
va 
metodikaga oid 
yangiliklardan «Xalq ta’limi», «Geografiya v shkole», «Fan va turmush» kabi 
jurnallar, «Ma’rifat» gazetasidagi tegishli maqolalardan muntazam ravishda 
xabardor bo‘lib borishi talab etiladi. 
O‘qituvchi o‘z fani va kasbiga astoydil ixlos qo‘yishi, o‘quvchilarni 
sevishi kerak. Shundagina u fidoyi o‘qituvchi, o‘z kasbini egallagan mohir 
pedagog bo‘la oladi. O‘qituvchi darsining samarali va qiziqarli bo‘lishida 
nutq madaniyatining roli katta ekanligini aslo unutmasligi kerak. 
O‘qituvchi mehnatining asosiy samarasi o‘z mahoratini muntazam 
takomillashtirishga asoslangan ijodiy faoliyatidir. 
Fan asoslarini, maktab psixologiyasini va ta’lim metodlarini puxta 
egallagan o‘qituvchigina o‘z mahoratini oshirib bora oladi. 
O‘qituvchi vaqtini ayamasdan o‘z ustida muntazam ravishda ijodiy 
izlanishi, nimanidir topishi, to‘plashi, umumlashtirishi, o‘quvchilarga 
qandaydir yangilik o‘rgatishi lozim. 
Geografiya o‘qituvchilari o‘zlari ishlayotgan maktabda zamonaviy 
geografiya xonasini jihozlashi, uni zarur qo‘llanmalar, vositalar bilan 
ta’minlanishini yo‘lga qo‘yishi talab etiladi. 
Geografiya o‘qituvchisining maktabda mehnatni to‘g‘ri ilmiy asosda 
tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri - mavjud vositalardan unumli 
foydalanib, yuqori samaraga erishishi lozim. 
O‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish - qimmatli vaqtdan 
unumli foydalanishdir. Mehnatning to‘g‘ri tashkil etilmasligi (darsga kechikib 
kirish, o‘quvchilarning darsga sust tayyorlanib kelishi, davomatni tekshirmaslik, 
kartaning o‘z vaqtida osilmasligi, o‘quvchi bilimini su’niy tarzda yuqori 
ko‘tarishga intilish) natijasida ba’zan bir necha daqiqa vaqt bekorga sarf 
bo‘lish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Xullas, geografiya ta’limi saviyasining yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchiga, uning ta’lim-tarbiyadagi mahoratiga bog‘liqdir. 
O‘qituvchining ish sharoiti (har bir sinf o‘quvchilari har xil, 
ularning xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladi) ham bir xil andoza bilan 
ishlashga imkon bermaydi. 
Geografiya 
o‘qituvchisi kompetensiyasi. XXI asrning boshlarida 
mamlakatimiz ta’lim tizimda kompetentlik yondashuvi vujudga keldi. Ilm-fanda, 
jumladan, geografiya ta’limida ham hozirgi vaqtda “kompetentlilik” hamda 


31 
“kompetensiya” tushunchalari keng tarzda qo‘llanilmoqda. Mazkur tushunchalar 
lotin tilidan olingan bo‘lib etimologik jihatdan: “kompetentlilik” – muayyan 
sohani biluvchi, ushbu bilimi asosida o‘sha sohada faoliyat yuritishga yoki fikr 
yuritishga haqli ekanligini bildirsa, “kompetensiya” – bu mansublikni bildiruvchi 
tushuncha sifatida muayyan topshiriqni, vazifa yoki savolni bajarishga loyiqligi, 
munosibligi, erishilishi nazarda tutadi. Ya’ni, kompetentlilik bu kognitiv bilish va 
o‘rganishning natijasi, kompetensiya esa, ushbu bilimlarni real faoliyatda qo‘llash, 
“harakat ichidagi bilish”, bilimlarni amalda qo‘llashga doir harakat algoritmlarini 
ishlab chiqishdir.
Kompetensiyaga doir tadqiqotlar ilk bor XX asrning 60 - yillarida AQShda 
paydo bo‘lgan. Bunday tadqiqotlar ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish 
joylarida o‘z kasbiy faoliyatlarini qoniqarsiz bajarayotganda namoyon bo‘lgan. 
Shu sababli “O‘qituvchining o‘zi qanday kompetensiyaga ega bo‘lishi 
kerak?” degan savol o‘rtaga tashlangan. 
Bu o‘rinda ingliz psixologi Dj.Ravenning 1984-yilda “Zamonaviy 
jamiyatda kompetentlik: namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va amalga oshishi” nomli 
kitobi chop etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. U “kompetentlik”ni moddiy 
sohada amal qilishi uchun uni o‘ziga xos qobiliyat deb tushunadi. Bunday 
qobiliyat, Dj.Ravenning fikriga ko‘ra, o‘zida uchta fazilatni qamrab olishi kerak: 
1) tor mutaxassislikka oid bilimlar; 2) ayrim xususiyati bilan ajralib turadigan 
fikrlash tarzi va ko‘nikma; 3) o‘z sa’yi harakatlari uchun mas’uliyatni sezish. 
Shunday qilib, kompetensiya kelajakda – geografiya ta’limi sohasida 
samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan bo‘lajak mutaxassisning
ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talabdir. Kompetentlik – geografiya fani 
o‘qituvchisining faoliyat sohasiga tegishli kompetensiyalarni egallaganlikdir. 
Oliy ta’lim tizimida geografiya fani bo‘yicha o‘qitishning maqsadi, 
mazmuni va uni tashkil etish jarayoni ta’limning natijalari bilan aniqlanadigan 
bo‘ladi, u o‘qishni tugatgandan so‘ng geografiya fani o‘qituvchisi sifatida 
(umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida) erishilgan 
natijalarida namoyon bo‘ladi. Bunday natijalar bugungi kunda bilimlar, ko‘nikma 
va malakaning hamda mahoratning to‘plami shaklida emas, balki, geografiya 
o‘qituvchisining yaxlit tavsiflovchisi sifatidagi kasbiy kompetensiyasi shaklida 
e’tirof etiladigan bo‘ladi. Kompetentlik yondashuvida geografiya o‘qituvchisining 
kompetensiyasi ish beruvchilarning talablariga muvofiq aniqlanadi. Bo‘lajak 
geografiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasining ichki tuzilishi, uning 
nazariy-metodik bilimlari, ko‘nikma va malakasi hamda amaliy tajribasidan tarkib 
topadi. U quyidagi chizmada ifodalangan. 


32 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin