Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149


 
3-chizma. Geografiya o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasining ichki tuzilishi

Sayyoramizdagi globallashuv jarayoni jahon taraqqiyotining muhim omili 
bo‘lib qoldi. Globallashuv hayotning barcha jabhalariga, jumladan, jahon 
iqtisodiyot va siyosatiga, ijtimoiy sohaga, madaniyat va ma’naviyatga, 
ekologiyaga, xavfsizlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Globallashuvning birinchi 
manbai jahon bozori va tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
texnologik taraqqiyotdir. Globallashuvning ikkinchi manbai axborot tarqatishning 
erkinlashuvi bilan chambarchas bog‘langan. Buni biz YUNESKO tomonidan 
global kompetentlikka katta e’tibor qaratilayotganligida ham ko‘rishimiz mumkin, 
jumladan, Jak Delor tomonidan “Ta’lim: yashirincha boylik” mavzusidagi XXI asr 
uchun ta’lim bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’ruzasida ta’limning tayanchi 
bo‘lmish quyidagi “to‘rtta arkoni” tavsiya qilingan: 1) bilishni o‘rganish; 2) 
ishlashni o‘rganish; 3) birgalikda yashashni o‘rganish; 4) tirikchilik qilishni 
o‘rganish. 

Jak Delor tavsiya etgan ta’birlarni zamonaviy geografiya ta’limiga tadbiq 
etadigan 
bo‘lsak, respublikamiz umumta’lim maktabida faoliyat 
ko‘rsatayotgan geografiya o‘qituvchilari (5-11 sinflar) o‘quvchi yoshlarga 
ham tabiiy geografiya, ham ijtimoiy-iqtisodiy geografiya asoslarini o‘zida 
mujassamlashtirgan yagona o‘quv fani ekanligini inobatga olgan holda 
kasbiy kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishlari zarur: 
 + =
 
O‘qituvchilik sohasida mahsuldor 
faoliyat olib borish uchun bo‘lgan 
geografiya bo‘yicha tayyorgarligiga 
qo‘yilgan talablarga javob berishi 
Kasbiy 
kompetensiyaga 
ega bo‘lgan 
geografiya 
o‘qituvchisi 
Geografiya axborot tizimi (GIS) 
bo‘yicha tabiiy va iqtisodiy geografik 
kartalardan samarali foydalanish 
imkoniyatining mavjudligi 
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi 
sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun zarur 
bo‘lgan jismoniy, ma’naviy va 
intellektual imkoniyatlar yig‘indisining 
mavjudligi 


33 

geografiyaga oid xususiy kompetensiyalar, bevosita kompetensiyaviy 
yondashuvga asoslangan DTSda o‘rin olgan bo‘lib, bitiruvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan talablarda ifodalangan; 

tayanch kompetensiyalardan, masalan, kommunikativ kompetensiyani 
shakllantirish uchun innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash jarayonida 
o‘quvchi tegishli mavzu bo‘yicha o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon 
qilishi, o‘zaro muloqotga kirishish, o‘z fikrini himoya qilish va ishontira 
olish, ko‘rsata olish, to‘g‘ri yo‘l tutgan holda ziddiyatli vaziyatlardan chiqib 
keta olish ko‘nikmalarini shakllantirish; 

geografik axborot tizimi bilan ishlash kompetensiyasini shakllantira borishni 
har bir o‘tilgan mavzuni mustaqil tarzda mustahkamlash jarayonida amalga 
oshirish, ya’ni, mavzu bo‘yicha o‘z ustida ishlab, kompyuter, internetdan 
GIS kabi axborot manbalaridan samarali foydalana olish, media 
vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni topa olish va qayta ishlash, 
ma’lumotlar bazasini yarata olish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish; 

shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda 
geografiya bo‘yicha o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirishlari uchun muntazam 
tarzda o‘z ustida ishlashga o‘rgatilishi, ya’ni har bir tushuncha, fakt, ta’rif va 
qonuniyatlarning mohiyatini tushunib olishlari, o‘rganganlarini ijtimoiy 
hayotda qo‘llay olish zaruriyati; 
umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishda buyuk geografik kashfiyotlar, 
geografiya fanining shakllanishiga va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan 
olimlar, yurtimizda yetishib chiqqan allomalarning geografiya fanining 
shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berish zaruriyati; 
predmetlararo aloqadorlik (matematika, fizika, kimyo, biologiya, psixologiya, 
pedagogika, fan-texnika va boshqalar) yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish kompetensiyasini shakllantirishda namoyon bo‘ladi. Demak, taniqli 
geograf olim A.Soliev ta’biri bilan aytganda “Geografiya bilmaganga hech narsa
bilganga hamma narsa” aqidasiga amal qilgan holda har bir geografiya o‘qituvchisi 
o‘zida kompetentlikni shakllantirgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin