38
san’at, madaniyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratilgan. Xorazmda yozuv ham juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’a
saroyi xarobalaridan topilgan teriga va yog‘ochga yozilgan yozuv va hujjatlarning
topilishi buning yaqqol isbotidir. Geografik bilimlar
juda qadimdan rivojlana
boshlagan. Murakkab irrigatsiya inshootlari qurish, qal’alar bunyod etish,
hisob-
kitoblarni bajara olish, yerlarning past-balandliklarini aniq bilishni taqozo etgan.
Bularni bajarish geografik bilimlarsiz mumkin emas edi. Xorazmning qum sahrosi
oralig‘ida joylashganligi ularni uzoq-uzoqlarda joylashgan davlatlar bilan savdo-
sotiq ishlarini ham yaxshi bilishni taqozo etgan. Sug‘oriladigan dehqonchilikni
amalga oshirish va uni rivojlantirish uchun kalendar (taqvim) tuzish zarur bo‘lgan.
Mana shularning
barchasi Xorazmda matematika, geodeziya, geografiya,
astronomiya, kartagrafiya kabi fanlarning juda
qadimdan shakllanganligidan
dalolat beradi. Hatto Xorazmda II asrga oid bo‘lgan kalendarlarning topilishi va
ularning mavjudligini Beruniy o‘z asarlarida yozib qoldirgan. VIII asrdagi arab
istilolari Xorazmda fan va madaniyatning taraqqiyotini o‘nlab
yillar orqaga surib
tashladi. IX asrga kelib arab xalifaligi bir necha davlatlarga bo‘linib ketadi. Shu
davrdan boshlab Xorazmda fan yana taraqqiy eta boshladi.
Jahon
ilm-fanining
buyuk
namoyondalaridan biri bo‘lgan mashhur
qomusiy olim
Dostları ilə paylaş: