Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149


Mahmudxo‘ja Behbudiy 
(1874-
1919) Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy 
va ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirdi. 
Qolaversa, 

o‘zbek 
milliy 
tarbiyashunoslik fani rivojiga munosib 
hissa 
qo‘shdi. 
Mahmudxo‘ja 
Samarqandning Baxshitepa qishlog‘ida 
1874-yil 10 martda dunyoga keldi. Uning 
ota – bobolari ilmli kishilar bo‘lib, arab 
tilini puxta egallagan edilar. Behbudiy 
diniy va zamonaviy ilmlarni puxta egallab, 
xalqning e’tiboriga tushdi. U tog‘asi, 
Muhammad Siddiq huzurida mirzolik 
xizmatida bo‘ldi. Bu yerda ish yuritish, 
huquqqa oid va muftilikka tegishli barcha ilmlardan xabar topdi. Ilmining tobora 
oshishi sababli tezda muftilik lavozimiga ko‘tarildi. Behbudiy haj safarida bo‘lgan 
chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899-1900). Sayohat davomida 
yangi maktab (“usuli jadid”) ochish fikri yuzaga keldi. Samarqand yaqinidagi 
“Rajabamin” qishlog‘ida Shakuriy, “Halvoyi” qishlog‘ida Siddiqiylar bilan 
hamkorlikda yangi usul maktablarini ochdi. Behbudiy umrining oxirigacha diniy 


64 
ta’lim va tarbiyani zamonaviy tarbiya bilan qo‘shib olib borishga harakat qildi va 
shunga erishdi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining “otasi” 
hisoblanadi. U Rossiyaning Moskva, Peterburg shaharlari, ayniqsa, Qozon va Ufada 
(1903-1904) bo‘lib, ularda mavjud bo‘lgan yangi usul maktablari bilan yaqindan 
tanishadi, tatar ziyolilari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Behbudiy zudlik 
bilan yangi usul maktablari uchun darsliklar tuzishga kirishadi. “Risolai asbobi 
savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Madxali jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi 
geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy 
geografiya”, 1906), “Madxali jo‘g‘rofiyai Rusiy” (“Rusiyaning qisqacha 
jo‘g‘rofiyasi”, 1906), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1908), “Amaliyati islom” 
(“Islom amaliyoti”, 1908), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”, 
1909), “Hisob” kabi kitoblarni chop ettiradi. Ayniqsa, Behbudiyning “yangi usul” 
maktablari uchun geografiya bo‘yicha tayyorlagan “Turkiston xaritasi”, “Qisqacha 
umumiy geografiya”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rusiyaning qisqacha 
geografiyasi” darsliklari va qator sayohatnomalari e’lon qilingan. 
Quyida Behbudiyning “Kitobi muntahabi jug‘rofiyai umumiy va namunai 
jug‘rofiya” darsligi bo‘yicha 1999 yilda “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan 
adibning tanlangan asarlarida bayon etilgan mazkur darslikning tarkibiy qismlari 
va mazmuni yoritiladi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiyning mazkur darsligi 1905- yil 24 avgustda Sankt-
Peterburg senzurasidan ruxsat olingandan so‘ng, 1906 yilda Samarqandda chop 
etilgan bo‘lib, u 106 sahifadan iborat. Darslikning nuqtayi nazardan juda yaxshi 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Darslikning muhim ilmiy va metodik jihatlaridan biri uning Turkiston 
aholisining bilim saviyasi nuqtayi nazaridan yozilganligidir. Darslikdagi har bir 
mavzu yoritilganda Turkiston tabiati, xo‘jaligi, aholisiga doir misol keltiriladi yoki 
Turkiston haqidagi tushuncha bilimlar, boshqa o‘lkalar tushuncha bilimlari bilan 
solishtiriladi. Demak, Mahmudxo‘ja Behbudiyning darsligida o‘lkashunoslikka 
doir ma’lumotlardan foydalanish va yosh avlodda vatanga nisbatan muhabbat 
hissiyatini shakllantirish yetakchilik qiladi. Chunki, bolalarga beriladigan 
umumdunyoviy bilimlar o‘lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas bog‘langan 
holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, darslikda asrimiz boshlarida Turkiston 
o‘lkasida dunyoviy bilimlarni o‘qitish holati va ommaning hamda ulamolarning 
bilim darajasiga ham aniq va haqqoniy baho berilgan. 
Darslik quyidagi qismlardan iborat: kirish; “jo‘g‘rofiya” degan so‘zning 
ma’nosi; jo‘g‘rofiya qachon paydo bo‘lgan; Turkiston donishmandlari; 
jo‘g‘rofiyani o‘qimoqni naf’i; jo‘g‘rofiyani o‘qimoq musulmonlarga lozimdir; eski 
va yangi donishmandlar; yangi hukamolrning so‘zidan namuna; Yer aylanganda 
ustidagilarni yiqilmasligi; Atrof; jihoti asliya; xarita; plan; hukumat va 
hukmronlar; din va odat; o‘lchak-miqyos; Amriqoning topilishi; tavsil va tanbih. 


65 
“Jo‘g‘rofiya” so‘zining ma’nosi, Behbudiy ta’rifi bo‘yicha, “yer va tuproqni 
bayon qilaturg‘on ilmni aytadur” (222 b.). Darslikda geografiyani quyidagi 
tarmoqlarga ajratadi: “Matematik geografiya” (“Jug‘rofiyai riyoziy”), “Tabiiy 
geografiya” (“Jug‘rofiyai tabiiy”), “Tarixiy geografiya” (“Jug‘rofiyai tarixiy”), 
“Siyosiy geografiya” (“Jug‘rofiyai siyosiy”) va h.k., va xulosa qilib adib 
geografiyani dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar haqida bilim 
beradigan jahonnomadur deb ta’rif beradi. 
“Jug‘rofiya qachon paydo bo‘lgan” qismida geografiyaning qisqacha rivojlanish 
tarixi quyidagi 4 ta bosqichlarga bo‘linib yoritiladi: qadimgi, o‘rta asrlar, buyuk 
geografik kashfiyotlar, hozirgi bosqich. Har bir bosqichda geografik bilimlarning 
rivojlanishi chuqur tahlil qilingan. Yevropa davlatlarida va Rossiyada geografiyani 
rivojlanishi va ularda geografiya jamiyatlari tuzilganligi ijobiy baholangan. 
“Turkiston donishmandlari” bo‘limida Turkistonlik alloma va olimlarning 
geografiya faniga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Mazkur bo‘limda Turkiston 
geografiyasi tarixida hali nomi tilga olinmagan allomalarning nomlari ham 
uchraydi. 
“Jug‘rofiyani o‘qimoqni naf’i” bo‘limida geografik bilimlarni kundalik hayotda 
va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligi misollar tariqasida yoritib berilgan. 
“Jo‘g‘rofiyani o‘qimoq musulmonlarg‘a lozimdur” bo‘limida musulmon allomalari 
asarlariga tayangan holda musulmonlar uchun geografik bilimlarni ahamiyati ochib 
berilgan. “Atrof. Jihoti asliya. Xarita. Plan.” bo‘limida ufq, ufqning asosiy va 
oraliq tomonlari, qiblanoma (kompas), xarita va plan haqida bilimlar tizimi 
berilgan. Xaritalarning Behbudiy tomonidan ajratilgan turlari hozirgi turlarga mos 
keladi (umumiy, mavzuli, topografik), “xaritai umumiya, xaritai xususiy, xaritai 
to‘po‘grafik” (242 b.). Masshtabni “o‘lchak” deb tarjima qilgan. Bu esa, 
masshtabning asl ma’nosiga to‘g‘ri keladi, hozirgi paytda ba’zi o‘rinlarda 
qo‘llanilayotgan “miqyos” masshtabning mazmunini to‘la aks ettirmaydi. 
“Hukumat va hukmronlar” bo‘limida davlatlarni boshqarishni turlari keltirilgan
mazkur turlar hozirgi turlarga deyarli to‘la mos keladi. “Din va odat” bo‘limida din 
geografiyasi, aholi geografiyasi haqidagi bilimlar tizimi berilgan. Behbudiy 
darsliklari, geografik xarita va atlaslar, globus va boshqa geografik ko‘rgazma 
qurollar o‘lkada ochilgan “yangi usul” maktablari taraqqiyoti uchun juda katta 
ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Masalan, Behbudiy Shakuriyning 1-bosqich 
maktabi “usuli savtiya” (1-4 sinflar), 1913/14 o‘quv yilidan boshlab 2-bosqich
“rushdiy” yuqori (5-6 sinflar) namuna maktabi uchun o‘quv rejasi va fan 
dasturlarini ishlab chiqqan. Yuqori sinflarda dunyoviy fanlar fizika, kimyo, 
geometriya, jumladan geografiya o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan. Georafiyani 
o‘qitishda xarita, globus va boshqa ko‘rgazmali qurollardan samarali 
foydalanilgan. Keyinchalik, 1908 yilda Shakuriyning Rajabamin qishlog‘ida
joylashgan maktabga mahalliy amaldorlarning tazyiqi kuchayishi tufayli uni 
Samarqanddagi o‘z hovlisiga ko‘chirib keltiradi. Namunaviy maktablar o‘z 
navbatida Toshkentda M.Abdurashidxonov, Qo‘qonda A.Ibodievlar tomonidan 
ham tashkil etilgan. 


66 
Mahmudxo‘ja Behbudiy maktab va ta’lim-tarbiya to‘g‘risida “Turkiston 
viloyati” gazetasi, “Taraqqiy”, “Tujjor”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Osiyo”, “Turon”, 
“Hurriyat”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Ulug‘ Turkiston”, “Najot”, “Vaqt” va 
boshqa matbuot sahifalarida ko‘plab maqolalar bilan chiqishlar qilgan. Behbudiy 
1913 yilda “Samarqand” gazetasiga asos soladi, u haftada 2 marta o‘zbek va tojik 
tillarida chop etilgan bo‘lib, 45-soni chiqqach moddiy qiyinchilik tufayli nashr 
etish to‘xtagan. Ayniqsa, Behbudiy tomonidan 1913-yil 20-avgustdan boshlab 
“Oyna” jurnali chiqarila boshlandi. Haftalik, suratli bu jurnal o‘zbek tilida nashr 
etilib, uning geografiyasi keng bo‘lib, bu jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, 
Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqalgan. Behbudiyning ko‘plab maqolalari 
gazeta va jurnal sahifalarida yoritilib turgan. Masalan, “Tahsil oyi”, “Ehtiyoji 
millat”, “Samarqand” usuli jadida maktabi xususida”, “Majlis imtihon”, “Tarix va 
jug‘rofiya”, “Samarqand kitobxona va matbaaxona”, “Buxoroda usuli jadida” kabi 
ilmiy-ommabop maqolalarida yangi usul maktablari, uning ahamiyati, o‘qitish 
tizimi yangi maorif va madaniyatni rivojlantirish, dunyoviy fanlarning foydasi, 
komil insonning tarbiyasi to‘g‘risidagi muhim ma’rifiy fikrlarni kuzatish mumkin. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1914 yil 29 mayda uchunchi marta sayohatga chiqadi. 
Sayohat davomida u Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, 
Jeleznovodsk, Rostov, Odessa, Istanbul shaharlarida bo‘ladi. Safar chog‘ida 
Ismoilbek Gasparali bilan uchrashadi. So‘ngra Quddus, Bayrut, Yefa, Port-Said, 
Shom shaharlarida bo‘lib o‘z yurtiga qaytadi. Safar chog‘idagi taasurotlar, 
jumladan, geografiyaga oid ko‘pdan-ko‘p materiallar “Oyna” jurnali sahifalarida 
yoritiladi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1917-yil 16-23 aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan 
Turkiston musulmonlarining qurultoyida millatni o‘zaro ixtiloflardan voz kechishga, 
buyuk maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Ushbu qurultoyda Behbudiy o‘lka 
musulmonlar sho‘rosining raisi etib saylanadi. 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qonda 
o‘lka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshlaydi. 27-noyabrga o‘tar 
kechasi “Turkiston muxtoriyati” e’lon qilindi. Uning g‘oyaviy asoschilaridan biri 
Behbudiy bo‘lgan. Muxtoriyat sho‘rolar tomonidan vahshiyona bostiriladi. 1918-yil 
davomida xalq orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Behbudiy Turkiston sho‘rolar 
hukumati rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi, ammo natija chiqmaydi. 
Shundan keyin, u 1919-yilning erta bahorida o‘lkadan chiqib ketayotganida 
Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg‘oqchilari ko‘magida Buxoro 
amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, hamrohlari Mardonqul va 
Muhammadqul bilan birgalikda kofirlikda ayblanib, Qarshi zindoniga tashlanadi va 
qatl etiladi. Behbudiy o‘lishini sezganidan so‘ng, vasiyatnoma yozib, Ahmad ismli 
kishiga qoldiradi. 
“Mani sevar o‘rtoqlarim! Manim so‘zlarimni quloqlaringizga olingizlar! Biz 
ikki oydan beri Buxoro shahrida bandi bo‘lib, oxir o‘n kundan buyon bu yerda 
(Qarshi shahrida) bu zolimlarning qo‘liga tushib bandi bo‘ldik. Jadida-kofirlik otini 


67 
ko‘tardik. Sipohlar ichida tilchilik otini ko‘tardik. Bu yerdan qutulmog‘imiz gumon 
bo‘ldi”.
O‘rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, Qurbi va Akobir Mahdum va o‘g‘lonlarim 
Vadud Mahdum, Abulqodir Shakuriy! 
Sizlarga vasiyat qilaman: maorif yo‘linda ishlayturg‘on muallimlarning boshini 
siylangizlar! Maorifga yordam etingiz! O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz! Turkiston 
bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar! Hammaga 
ozodalik yo‘lini ko‘rsatingizlar! Bizdek maorif qurbonlarini yo‘qlangizlar! Buxoro 
tuprog‘iga tezlik ila yo‘l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! 
Bizning qonimizni zolim beklardan talab qilingizlar! Maorifni Buxoro tuprog‘iga 
joriy qilingizlar! Bizning otimizga maktab ochingizlar! Bizlar ul chog‘da 
qabrimizda tinch yotarmiz. Manim o‘g‘lonlarimga salom yetkazinglar! Bu 
hamrohlarimning avlodlaridan xabardor bo‘lingizlar!”. Mazkur vasiyatnoma va 
sodir bo‘lgan mudhush voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo‘ladi. 
Turkiston ziyolilari Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Sadriddin Ayniy va 
boshqalar Mahmudho‘ja Behbudiyga bag‘ishlab marsiyalar yozadilar hamda 
Behbudiyning yuqorida keltirilgan vasiyati (“Inqilob”, 1923 yil, № 1.) matbuotda 
e’lon qilinadi. 
O‘lkada geografiyaga bo‘lgan talabning oshishi tufayli Fotih Karimiyning 
«Geografiya» (1909 y) kitobi Orenburgda bosilib chiqqan bo‘lib, bu risoladan 
Toshkentdagi “yangi usul” maktabi muallimlari foydalanganlar. Mazkur kitob rus 
darsliklari namunasida yozilgan bo‘lib, unda geografiya, xarita, atlas, okean, dengiz, 
tog‘, daryo, ko‘l, vodiy va boshqalar haqida, so‘ngra dunyoning besh qit’asi va 
undagi davlatlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib geografiyaning 
yanada kengroq o‘qitilishiga imkon yaratdi. 
Turkiston o‘lkasida geografiya ta’limining rivojlanishida Rossiyada Moskva 
davlat universiteti geografiya maktabi asoschisi D.N.Anuchin rahbarligida o‘tgan 
geografiya o‘qituvchilarining birinchi Butunrossiya seyzdi (1915) hisoblanadi. 
Seyzda barcha sinflarda geografiya o‘qitilishi, o‘quv soatlarining ko‘paytirilishi, 
shuningdek, ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning ahamiyati ta’kidlangan, 
ayniqsa, Vatan geografiyasini o‘rganishga katta e’tibor qaratilgan. Natijada, 
geografiya maktablarda asosiy fanlar turkumidan joy oldi, haftalik o‘tiladigan 
soatlar miqdori 16 soatni tashkil qildi hamda maktablarda geografiya bo‘yicha yangi 
o‘quv dasturlari joriy qilindi. 
Rossiyada geografiya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘z navbatida 
Turkiston maktablarida geografiyani o‘qitishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, o‘lka 
maktablari uchun geografiya bo‘yicha darsliklar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Jumladan, Toshkentda ma’rifatparvar Abdulla Avloniy rahbarlik qilgan “Maktab” 
bosmaxonasida “Jo‘g‘rofiyai ijmoliy” (“Umumiy geografiya”), “Jo‘g‘rofiyai 


68 
riyoziy” (“Matematik geografiya”), Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘lining «Yer 
yuzi» 1915 y) nomli kitoblari chop qilindi. Darsliklar yaratish Samarqand 
bosmaxonalarida Mahmudho‘ja Behbudiy, Namanganda Is’hoqxon Ibrat tomonidan 
tashkil etilgan bosmoxonada ham yo‘lga qo‘yiladi. Nashr qilingan geografiya 
darsliklari o‘qituvchilar o‘rtasida muhokama qilinar edi. Eng yaxshi geografiya 
kitoblari dastur tarzida qabul qilinib, o‘qitishga tavsiya qilinar edi. Munavvar 
Qorining «Yer yuzi» kitoblaridan birinchi nashri Turkiston geografiyasi 
o‘qituvchilari o‘rtasida muhokama qilinib, o‘qishga tavsiya qilingan edi. Ushbu 
kitob «yangi usul» maktablari uchun yozilgan bo‘lib, 1928-yilgacha darslik sifatida 
qo‘llanilib kelingan. O‘sha davrda bunday geografik darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalarning paydo bo‘lishi o‘zbek xalqining geografik bilimlarga nisbatan 
ehtiyoji oshayotganligidan va mahalliy kadrlardan ham geograf mutaxassislar 
yetishib chiqayotganligidan darak berayotgan edi. O‘sha davrdagi Turkiston 
hududidan yetishib chiqqan ilm-ma’rifat namoyondalari Ahmad Donish, Zokirjon 
Furqat, Hoji Yusuf Hay’atiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniylar ham 
maktablarda geografiyani sifatli o‘qitishga salmoqli hissa qo‘shadilar. A.Donish 
astronomiya va geografiya sohalari bo‘yicha ham ilmli odam bo‘lgan. U jaholatga 
tushib qolmaslik uchun dunyoviy bilimlarni egallashga quyidagicha da’vat etadi: 
“Biz dunyoni gullatib-yashnatish uchun, yer osti boyliklarini izlab topish uchun, 
yerning hamma qit’alarini va aholisini bilish uchun, tug‘ilganmiz”. H.H.Niyoziy 
ham 1901 yilda Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida kambag‘allarning farzandlari 
uchun maktab ochadi. Uning bu maktabida geografiya ham o‘qitilar edi. Hamza 
maktabi ham geografiya ta’limi rivojlanishida muhim o‘rin egalladi.
Ajoyib ma’rifatparvar va pedagog Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktablarda 
dunyoviy fanlar qatori geografiya o‘qitishiga katta e’tibor bergan. U «Geografiya» 
nomli kitob ham yozgan. Oktabr to‘ntarilishidan oldingi maktablarda geografiyani 
fan sifatida o‘qitishda toshkentlik Sobir Rahimiyning ham xizmatlari katta. O‘sha 
davrdagi maktablarda bilim, ko‘nikma va malakalar hajmini ifodalovchi hujjatlar 
geografiya dasturi va geografiya ta’limi haqida muayyan ko‘rsatmalar beruvchi 
metodik qo‘llanmalar, darsliklar bo‘lmaganligi tufayli og‘zaki bayon, suhbat 
metodlari geografiya ta’limida yetakchi bo‘lgan. Geografiya faqat tasvirlovchi fan 
sifatida namoyon bo‘lgan. Turkiston o‘lkasida ochilgan “yangi usul” maktablari 
xususiy turdagi maktablar hisoblanib, ularga hukumat hech qanday yordam 
bermagan. Maktablar bolalarning ota-onalaridan har oyda olinadigan mablag‘ 
hisobiga ishlagan, muallimlarga ham shu hisobdan maosh to‘langan. “Yangi usul” 
maktablarida may oyi oxirlarida ota-onalar va mehmonlar ishtirokida imtihonlar 
o‘tkazilgan. Imtihonda bolalar Qur’on suralarini yod aytishni, o‘zbek tilidan o‘qish 
va yozishni, hisobdan 4 amalni o‘rganganliklari, geografik xaritadan Turkiston 
o‘lkasi va boshqa o‘lkalarni namoyish qilganlar. Shunday qilib, “yangi usul” 


69 
maktablari zamonaviy o‘zbek milliy maktablarining ilk bosqichi hisoblanadi. Bu 
maktablar tajribasi asosida sho‘rolar maktabi yaratilgan. 1918 yilgacha 
O‘zbekiston hududida 104 ta “yangi usul” maktablari bo‘lib, ularda 10343 ta bola 
o‘qigan. Yangi usul maktablari 1918/19-o‘quv yilidan davlat maktablariga 
aylantirilib, xalq maktablari nomini olgan. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin