Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149


Umumiy ta’lim maktablarida
5-sinf «Tabiyot» (1999-2000) o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich tabiiy 
geografiya. 
6-sinf «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi». 
7-sinf «Turkiston tabiiy geografiyasi» (1-yarimida). 7-sinf «O‘zbekiston 
tabiiy geografiyasi» (2-yarimida). 
8-sinf «O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi». 
9-sinf «Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi».
 
Akademik litseylarda 
1-kurs Ekologiya asoslari. 
2-kurs Amaliy geografiya. 
3-kurs Iqtisodiy geografiya. 
Kollejlarda: iqtisodiy geografiya asoslari o‘qitish tarzida belgilandi. 
Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi mazmuni va maqsadining o‘zgarishi 
munosabati bilan dastlabki paytlarda geografiya o‘qituvchilari talaygina 
qiyinchiliklarga duch keldilar. Bular, avvalo, o‘quv qo‘llanmalari va vositalarining 


78 
yetishmasligi, 
bilim 
berishda 
faqat 
o‘qituvchining yetakchilik qilishi, 
o‘quvchilarning esa, oddiy ishtirokchi bo‘lishi hukm surdi. 
Aksariyat 
o‘qituvchilarning egallagan bilimlarini amalda qo‘llay 
olmasliklari ma’lum bo‘lib qoldi. O‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarida muammoli 
metodlardan, kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini bilmas edilar. 
O‘tish davridagi maktab darsliklari jahon standartlari talablariga javob bermasdan 
qoldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat universiteti Geografiya fakulteti 
olimlari tomonidan oliy o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqarilgan dasturlari hozirgi 
davr talabalariga birmuncha javob berishi bilan ajralib turadi. Ammo o‘rta 
maktablar uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari oliy ta’limda aks etgan bilimlar 
tizimidan birmuncha ajralib qolgan. Ayniqsa, «Boshlang‘ich tabiiy geografiya», 
«Materiklar va okeanlar geografiyasi», «Turkiston tabiiy geografiyasi», 
«O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi» kurslari talablar darajasida emasligi 
tajribalarda ayon bo‘ldi. Bu muammoni hal etish uchun respublikamizdagi barcha 
geografiya olimlari, metodistlari faol ishtirok etishlari zarur bo‘ladi. Maktab 
darsliklarini talablar darajasida yozish uchun tajribali olimlar taklif etildi. 
Mustaqillik yilarida o‘nlab ilmiy – ommabop, o‘quv – metodik adabiyotlar 
yaratildi va geografik adabiyotlarni yozishga kirishildi. 
5-sinfda «Tabiyot» kursi P.G‘ulomov, P.Musaev, A.Bahromov muallifligida 
chop etildi. 
6-sinf uchun «Boshlang‘ich tabiiy geografiya» P.Musaev, A.Bahromov, 
R.Qurboniyozov va «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» A.Abdulqosimov 
muallifligida chop qilindi. 
7-sinf uchun «Turkiston tabiiy geografiyasi» P.G‘ulomov, X.Vahobov, 
A.Hasanov. «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» esa O.Mo‘minov, P.Baratov, 
M.Mamatqulov, R.Rahimbekovlar muallifligida o‘quvchilar diqqatiga havola 
etildi. 
8-sinf uchun «O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi» (Z.M.Akramov, 
P.Musaev) darsligi deyarlik qayta ishlandi. 
9-sinflarda o‘qitiladigan «Jahonning iqtisodiy geografiyasi» dasturi bilan 
darsligi o‘rtasida nomuvofiqliklar mavjud. Chunki, bu darslik Rossiya uchun 
yozilgan darsliklarning aynan tarjimasi hisoblanadi. Dasturda mavjud bo‘lgan 
ko‘pgina bilim va mavzular darslikda yo‘q. 
Holbuki, o‘quvchilar dunyoning turli regionlarida joylashgan mamlakatlarni, 
ularning aholisi, xo‘jaligi va boshqa xususiyatlarni O‘zbekiston bilan taqqoslash 
imkoniyatlariga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq. Shu tufayli bu darslikni jahon 
standartlari darajasida yaratish olimlarimiz oldida turgan eng muhim 
muammolardan biridir. 


79 
Geografiya darsliklaridan tashqari o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘nlab 
metodik adabiyotlar chop etildi: Bular R.Qurbonniyozovning «Geografiya ta’limi 
metodikasi» (1993), R.Qurbonniyozov, Holiqovlarning oliy o‘quv yurtlariga 
kiruvchilar uchun «Geografiya» ma’lumotnomasi (1993), R.Qurbonniyozov 
«O‘zbekiston geografiyasi», (qiziqarli savol va topshiriqlar) (1997), 
R.Qurbonniyozov «Umumiy tabiiy geografiya» (1999), P.Baratov «O‘zbekiston 
tabiiy 
geografiyasi» 
(1996), 
T.Asamov, 
M.Nabixonov, 
Safarovlar 
«O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi», P.G‘ulomov, «Inson va 
tabiat» (1992) va boshqalar tomonidan ko‘plab adabiyotlar geografiya 
o‘qituvchilariga havola etildi. Yuqoridagilardan tashqari geografiyadan testlar 
bo‘yicha o‘nlab mualliflar tomonidan metodik qo‘llanmalar chop etildi. 
Aksariyat viloyatlarning tabiiy va iqtisodiy geografiyalari yaratildi. Bular 
Samarqand (M.Umarov, G‘.Ashurov), Farg‘ona (I,Abdug‘aniev), Surxandaryo 
(A.Ro‘ziev), 
Buxoro 
(I.Nazarov), 
Qashqadaryo 
(A.Hayitov), 
Xorazm 
(R.Qurbonniyozov) muallifliklarida amalga oshirildi. Ilmiy va metodik 
adabiyotlarning chop etilishi geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha chuqur 
tadqiqotlarning amalga oshirilishi hamda ta’limining birmuncha takomillashuvi 
tufayli geografiya o‘qitishni tashkil qilish borasida talaygina yangiliklar vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi. O‘qitish jarayonida baholash tartiblarining o‘ziga xos 
shakllari, uslublari yaratildi. Geografiya ta’limida o‘quvchilar bilimini 
tekshirishning reyting tizimi jadallik bilan joriy etila boshlandi. Bu tizim orqali 
o‘quvchilarning nazariy, amaliy bilimlarini tekshirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratildi. Reyting tizimi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini mukammal baholash 
imkoniyatlarini yaratdi. Maktab ta’limi jarayoniga reyting tizimi bilan bir qatorda 
test metodida nazorat qilish ham kirib keldi. 
Bu metod o‘qituvchining vaqtini tejash, o‘quvchilar bilimini serqirra 
baholash imkonini yaratdi. Shu jihatdan olganda test sinovlariga bag‘ishlangan 
metodik adabiyotlar, jumladan axborotnomalarning nashr etilishi ayni muddao 
bo‘ldi. 1992 yildan respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish 
imtihonlarining test metodida amalga oshira boshlanishi ham katta samarali 
natijalarga olib keldi. Mustaqillik yillarida talaygina o‘quv vositalari yaratildi. 
Ma’lumki, geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida kartasiz darslarni olib borish mumkin emas. Respublikamizda 
o‘quv kartalarini o‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, O‘rta Osiyo va 
Qozog‘istonning tabiiy, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy va iqtisodiy, iqlim, 
ekologik, aholi zichligi, dunyoning siyosiy, ma’muriy va boshqa kartalarni nashr 
etish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. 1999-yilda Prezident farmoishi 
bilan O‘zbekiston geografiya atlasi chop qilindi. 


80 
7-8-9-sinflar uchun atlas va konturli kartalar nashr etildi. Ammo dunyoning 
turli mazmundagi kartalari, globuslar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalarni nashr 
etishda sustkashlikga yo‘l qo‘yildi. Geografiya fani bo‘yicha ta’lim vositalarini 
yaratishda tajribalardan unumli foydalanishimiz maqsadga muvofiq. Xorijiy ilg‘or 
mamlakatlarda kartalar va boshqa didaktik materiallarni disketga kiritib, o‘quv 
disketlarini yaratish yo‘lga qo‘yilgan. Buni bizning respublikada ham amalga 
oshirish uchun qo‘lay imkoniyatlar mavjud. Chunki aksariyat maktablarda 
kompyuterli o‘quv xonalari mavjud. Ammo o‘quv kinofilmlarni tayyorlashda, 
nashr etishda ularning ilmiy jihatdan to‘g‘ri va mukammalligiga, metodik jihatdan 
puxta ishlanganligiga, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga va 
ma’naviy qiyofasiga mos bo‘lishiga e’tibor berish zarur. Yuqori saviyadagi 
geografiya darsliklari, o‘quv metodik adabiyotlarini, atlas va kartalar, ta’lim 
vositalarini yaratish uchun muntazam ravishda tanlovlar e’lon qilib turish 
maqsadga muvofiq.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin