Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Rossiyada geografiya ta’limi va uning xususiyatlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149


3.2 Rossiyada geografiya ta’limi va uning xususiyatlari 
Rossiya Federatsiyasi-Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan 
mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi 
chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean 
havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), 
Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), 
Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga 
tutashmagan Kaspiy dengizi va Qora dengiz bilan o‘ralgan. Maydoni 17,1 mln. 
km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Ma’muriy 
jihatdan 89 subyekt: 21 respublika (Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog‘iston, 
Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa 
(Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, 
Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 o‘lka (Krasnodar, 
Krasnoyarsk, Oltoy, Primore, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, 
Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, 
Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, 
Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, 
Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, 
Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, 
Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal 
shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor 
okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan 
Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, Yamal 
Nenets)ga bo‘linadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil 
Markaziy, Shimoliy-G’arbiy, Janubiy Volga bo‘yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal 
okruglari tashkil etildi. 
Rossiya ta’lim tizimi Rossiya Federatsiyasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
qonuni bo‘yicha quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib bo‘lib bular: 
maktabgacha 
ta’lim; umumiy ta’lim; kasbiy-texnikaviy ta’lim; o‘rta 
ixtisoslashtirilgan ta’lim; Oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, qiziqishlari bo‘yicha ta’lim. 
Rossiyada 1866-yilda birinchi bepul «Xalq bolalar bog‘chasi» ochilgan. 1917-
yilning 20 noyabrida maktabgacha ta’lim dekloratsiyasi qabul qilindi, bu hujjat 
maktabgacha ta’lim bolalarini bepul o‘qitish va tarbiyalashini kafolatlaydi. 


90 
Maktabgacha ta’lim dekloratsiyasi qabul qilinganidan bir yil o‘tib 1918 yilda 
Moskva davlat universitetida maktabgacha ta’lim fakulteti ochildi. Maktabgacha 
ta’lim muassasalari ikki yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni aqliy, jismoniy 
va shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim Rossiyada majburiy 
ta’lim hisoblanmaydi. Ko‘pgina ota-onalar farzandlarini o‘zlari mustaqil 
tarbiyalashadi. Rossiya Federatsiyasida umumiy ta’lim maktabi uch bosqichga 
bo‘linadi: boshlang‘ich maktab – 4 yil; asosiy maktab – 5 yil; yuqori maktab – 2 
yil, yani, 10-11 sinflar. Kasbiy-texnik ta’lim 2–turga bo‘linadi: gimnaziya; litsey. 
O’rta ixtisoslashtirilgan ta’lim 3 turga bo‘linadi: kollejlar; texnikumlar; 
uchilishelar. Kollej va texnikumlarda o‘qish tartibi quyidagicha: O‘quvchilar 9-
sinfdan qabul qilinsa – 3 yil 10 oy o‘qishadi; o‘quvchilar 11 –sinfdan qabul qilinsa 
– 2 yil 10 oy o‘qishadi. Oliy ta’lim tizimi 2-turga bo‘linidi: bakalavriyat va 
magistratura. Davlat ta’sarufidagi oliy ta’lim muassasalari (607 ta); Nodavlat 
ta’lim muassasalari (358 ta); Oliy o‘quv yurtlarida 4,7 mln talaba o‘qiydi. Hozirgi 
kunda talabalar soni yanada ko‘payib bormoqda. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Ad’yunktura 
– Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar aspiranturasi; Ordinatura – Rossiya 
Federatsiyasi tibbiyot sohasidagi oliy ta’limdan keyingi yo‘nalish; Internatura 
Rossiya Federatsiyasi tibbiyot sohasidagi mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlaydi
Assistentura-stajirovka – Rossiya Federatsiyasi pedagogika yo‘nalishidagi oliy 
ta’limdan keyingi yo‘nalish; Doktorantura – Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv 
yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va doktorlik ishini himoya qilishga 
tayyorlaydi. Rossiya Federatsiyasi ta’lim tizimida geografiya alohida o‘rin 
egallaydi. Mamlakatning barcha subyektlarida “Geografiya jamiyati”ning roli 
beqiyos. Ayniqsa, Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Astraxon, Volgograd 
Voronej, Novosibirsk, Perm, Saratov, Tomsk, Vladivostok kabi shaharlarda 
geografiya jamiyatining filialllari geografiya ta’limining rivojiga munosib ta’sir 
ko‘rsatadi. Rossiyada geografiya ta’limi rivojlanishining ilmiy asoslariga mashhur 
rus pedagogi K.D.Ushiniskiy tomonidan asos solingan. Ayniqsa, 1884-yilda 
Moskva davlat universitetida geografiya kafedrasining ochilishi, unga rahbarlik 
qilgan D.N.Anuchenning geografiya ta’limidagi xizmatlari beqiyosdir. Hozirgi 
kunda Rossiya va O’zbekiston maktablarida geografiya o‘quv kurslarining 
mazmuni va mohiyati bilan taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatadiki, Rossiya 
geografiya ta’limi va O’zbekistondagi geografiya ta’limi tuzilishida muayyan 
tarzdagi xususiyatlar mavjud. (Jadval 4). 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin