Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149


 
 
 
Nazorat savollari 
1.Antik davr geografiya ta’limi sohasidagi ilk qadam ekanligini asoslang?
2.“Buyuk ipak yo‘li”ning geografik ta’limni amalga oshirishdagi o‘rni? 
3.O‘rta Osiyolik qomusiy olimlarning geografiya ta’limiga qo‘shgan hissalarini 
yoriting?
4.“Buyuk geografik kashfiyotlar”ning geografiya ta’limini Yevropa qit’asida 
rivojlanishida tutgan o‘rni?
5.Yevropalik olimlarning geografiya ta’limini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari?
6.“Yangi usul” maktablarida geografiya ta’limining yo‘lga qo‘yilishi.
7.Sho‘rolar davrining dastlabki yillarida geografiya ta’limi.
8.Sho‘rolar hukumatining 1934 yil 15-may qarori asosida O‘zbekistonda 
geografiya ta’limining rivojlanishi.
9.O‘zbekiston oliy tizimida geograf kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi.
10.Mustaqillik yillari O‘zbekistonda geografiya ta’limning ravnaqi nimalarda 
namoyon bo‘lmoqda?
 
 


81 
III-BOB. XORIJIY DAVLATLARDA GEOGRAFIYA TA’LIMI 
 
3.1 Xorijiy davlatlarda geografiya ta’limining xususiyatlari 
 
Ta’limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talabalariga javob 
berishi bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan, 
geografiya ta’limidagi o‘ziga xos jihatlarni keng o‘qituvchilar ommasiga yetkazish 
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini 
atroflicha tahlil qilish, mamlakatimizda xalq ta’limini jahon standartlari darajasiga 
olib chiqishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Keyingi o‘n yilliklarda xalqaro 
miqyosda pedagogika fani katta yutuqlarga erishdi. Aholining savodxonlik darajasi 
birmuncha oshdi. Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimi ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi 
jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalishda olib borilmoqda: 
1. Barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida: (Sharqiy 
Yevropa va MDH davlatlarida). 
2. Barcha o‘quvchilar o‘rganishi majburiy bo‘lgan fanlar qatorida 
qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va 
ko‘pchilik 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda) 
yuqoridagi 
mamlakatlarning 
ko‘pchiligidagi geografik bilimlar mazmuni va ta’lim jarayoni bir-biridan keskin 
farq qiladi. Turli mamlakatlarda ta’limning bunday tashkil qilinishiga asosiy sabab 
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va boshqa xususiyatlarning ta’siridir. 
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va 
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi 
barcha maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida 
emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga 
qo‘shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o‘rganish xohlovchilar maxsus 
fakultativ mashg‘ulotlar orqaligina o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli 
ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha yagona davlat rejasi 
yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib chiqib, 
o‘quv dasturini tuzish mumkin. Masalan: AQShda 1700 dan ortiq maktab okruglari 
mavjud bo‘lib, ularning barchasi o‘ziga xos bo‘lgan geografiya ta’limi mavjud va 
bir-biriga o‘xshamaydigan dasturlar bo‘yicha ish yuritiladi. 
Uchinchi guruh mamlakatlarda geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar 
qatoriga kirmaydi va uni fakultativlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. 
Umuman olganda, Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha 
o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlar qatorida xilma-xil murakkablikdagi 
fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 - bosqichli ta’lim tizimi 


82 
asosiy hisoblanadi, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-4 sinf), o‘rta bosqich (5-9 sinf), 
yuqori bosqich (9-12 sinf). 
Ko‘pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o‘qish yili o‘zgarib 
turadi. Boshlang‘ich maktabda 6-9 yosh, o‘rta bosqichda 10-14 yosh, yuqori sinfda 
14-16 yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos 
maqsadga ega. Masalan: birinchi bosqich, maktabda geografiya ta’limining asosiy 
maqsadi (mikro-maqsad) yaqin atrof-muhitni o‘rganish, moddiy va ma’naviy 
boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi 
bosqichda (mezo-maqsad) o‘z mamlakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish, zarur 
kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat. Uchunchi bosqichdagi maktablarda (makro-maqsad) 
insoniyatning global muammolarini va jahon xo‘jaligini o‘rganishdan iborat. 
Jahon tajribasida geografiyani o‘qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni 
o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha ikki fikr (yo‘nalish) tarafdorlari ham bor: Birinchi 
yo‘nalish tarafdorlarining fikri o‘quv rejalarida geografiyani mustaqil fan sifatida 
muntazam o‘tishni amalga oshirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari 
geografiyani boshqa o‘quv fanlari bilan integratsiya (birikma) tarzida qo‘shib 
o‘tishni isbotlab berishga urinadilar. O‘quv fanlarini biriktirish borasida AQSh 
jahonda yetakchi bo‘lib, 40 – 50 yillardagi ta’lim islohatida ko‘pgina fanlar qatori 
geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix, 
jamiyatshunoslik bilan birlashtiriladi. Geografiyani bunday o‘qitish o‘qituvchilarga 
talay qiyinchiliklar tug‘diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib, 
o‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmay qoladilar. Masalan: 
Michigan universitetining geografiya fakultetiga o‘qish uchun ariza bergan 400 
o‘quvchining yarimi geografiyani faqat boshlang‘ich maktabda o‘rganganligi 
ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQShda geografiyani mustaqil fan 
sifatida tiklash uchun kurash ketayapti. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 
fanlarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilar xohish-istaklari ostida amalga 
oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 dan 
oshmaydi. Masalan, Finlyandiya va Shvesiyada fin va shved tili, iqtisodiy va 
sotsialogiya, biologiya, kimyo, ingliz tili va sport majburiy fan hisoblanadi. 
Fan maktablarida 9 yillik ta’limdan keyin, sinfsiz gimnaziyalar keng 
tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda ta’lim 2 – 4 yil davom qiladi. O‘quvchilar 
tuzgan o‘quv rejalari kurs rahbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi. 
Gimnaziyada o‘quv yili 6 davrga bo‘lingan. Har bir davr 6 haftadan iborat bo‘lib, 
kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursdan bittadan fan kuniga 4 – 7 soat 
o‘qiydi. Sport darslari mashg‘ulotlardan keyin tushlik dam olishda o‘tkaziladi. Har 
davr yakunida o‘quvchilar bilimi baholanadi. Agar o‘quvchi qoniqarsiz baho olsa, 
shu kursni qaytadan tanlaydi. Deyarli, ko‘pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi 


83 
davlatning ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq. Tabiiy va iqtisodiy 
geografiyani o‘rganish asos qilib olingan. MDH va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan tabiat 
o‘rtasidagi munosabatlar, atrof-muhit muammolari geografiya ta’limining asosini 
tashkil qiladi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limi mazmun 
jihatidan yuqori bo‘lib, o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalarni shakllantirishga 
qaratilgan, bu davlatlarda geografiya ta’limi muammolarini turli nazariya va 
qonunlarning kategoriyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida ta’limning ruhiy jabhalari 
asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchi ruhiyatini, uning bilish faoliyatini o‘rganishga 
katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limida turli matnlar, o‘yinlar, imitatsiya keng 
qo‘llaniladi. Ular, hatto, ta’lim metodlari sifatida ham qo‘llaniladi. Masalan: 
o‘quvchi o‘zini kompaniya prezidenti sifatida tasavvur qiladi, ish yuritadi, Biron 
muammoni hal qiladi, o‘zi xulosalar chiqaradi. Umuman, bunday ta’limning asosiy 
maqsadi o‘quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan 
iborat. Turli mamlakatlarning geografiya o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tahlil 
qilish shuni ko‘rsatadiki, ularda bitta kursni o‘qitish uchun bir necha qo‘llanma 
chiqariladi. Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot 
xususiyatiga ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20 -40% ni, tasvir 20% ni, statistika 
20% ni, savol va topshiriqlar 20% ni tashkil etadi. Kitoblardagi tasvirlar nihoyatda 
sifatli. Quyi sinflar qo‘llanmalarida esa, deyarli karta yo‘q. Ular o‘rnini karta – 
sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko‘p uchramaydi, mavjudlari ham 
taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng kichik, eng baland, eng yuqori 
kabi tarzlarda berilgan. Mavzu yoki bo‘limdan keyin qo‘yiladigan Blis so‘rov va 
topshiriqlar mavzu mazmunini to‘liq his ettirmasligi ham mumkin. Qo‘yiladigan 
Blis so‘rovning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya Blis so‘rovi, amaliy 
o‘yinlar tarzida berilgan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida 
kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus Blis so‘rov, qiziqarli topshiriqlar, 
matematik statistika metodlari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni 
egallashga keng o‘rin berilgan. O‘quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida 
tadqiqotchi rolini o‘ynaydilar. Geografiya darsligi rivojlangan mamlakatlar 
geografiya ta’limi metodikasida eng yetakchi o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniya – 
geografiya ta’limi metodikasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning kuchli 
tomonlari quyidagilardan iborat: 
-ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon 
geografik tadqiqot metodlarini ko‘proq o‘rganish; 
-geografiya ta’limi jarayonida psixologik – pedagogik tadqiqotlari o‘tkazish; 


84 
- ta’lim jarayonida tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarni 
gipotezalar (farazlar) tuzishga o‘rgatish; 
- darslikda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish, ya’ni tasavvur, 
tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan. 
Ammo metodlarni sinash, ta’limni uyushtirish shakllari ancha zaif. 
Rivojlangan mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko‘p jihatdan o‘sha jamiyat 
va davlat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. 
Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida geografiyadan imtihon biletlarida 
o‘quvchilarga quyidagi mazmundagi Blis so‘rovga javob yozishi talab etilgan: 
1. G‘arbiy Yevropaning transport geografiyasida suv va quruqlik 
yo‘llarining (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvesiyadan tashqari) bir-biriga 
nisbatan ahamiyatini baholang; 
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qanday 
omillar Fransiya va Niderlandiya qishloq xo‘jaligi geografiyasini o‘rganishga 
yordam beradi; 
3. Shimoliy-g‘arbiy Yevropaning istalgan ikkita yirik porti geografiyasini 
qiyoslang; 
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga 
yoki rivojlanmasligiga sababchi bo‘ladi? 
AQSh maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Quyidagi ana shu Blis so‘rovdan namunalar keltiramiz: 1. Ko‘p 
variantli savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan metod). Masalan: 
Angliya import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning qaysilaridan 
keltiriladi? A) Venesuela. B) AQSh. V) Yaqin Sharq davlatlari. g) Shimoliy dengiz 
havzasi. D) Jazoir.
2. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang: Maran’on, Madeyra, Riu-
Negru daryolarining qaysilari Braziliya territoriyasidan tashqarida boshlanadi?
3. Umumlashtirishga oid Blis so‘rov, Masalan: quyidagi shaharlarning 
ro‘parasiga shu shaharga xos bo‘lgan quyidagi sanoat tarmoqlarini yozing. Kimyo 
sanoati, neftni qayta ishlash va h.k. 
Liverpul ___________________ 
Manchester ___________________ 
Bolton ______________________ 
Port ________________________ 
Uidnes ______________________ 
4. So‘zlari tushirib qoldirilgan tarzdagi Blis so‘rov: Masalan: Hudud yer 
yuzasining katta qismlari ...... davrda hosil bo‘lgan muz qoldiriqlari bilan 
qoplangan va hokazo. 


85 
5. Iqtisodiy hisob-kitob talab qiladigan tarzdagi Blis so‘rov, masalan: firma 
egasi ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotining 60%ini mamlakat ichida, 40%ini 
esa chet el firmalariga sotishi kerak. Sanoat va savdo ministerligi unga mahsulot 
ishlab chiqarish uchun quyidagi beshta hududdan bittasiga korxona qurishga ruxsat 
berdi, har bittasida yer uchastkasining bahosi bir xil. Korxona qurish uchun 
quyidagi joylarning qay birini tanlagan ma’qul? 
a) Milford – Xeyven; 
b) Dondi; 
v) Sautgempton; 
g) Liverpul; 
d) Glazgo. 
Deyarli barcha rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda ekologik 
ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish geografiya dasturlarida yetarlicha 
o‘rinni egallagan. 
Germaniya maktablarida geografiya bo‘yicha yagona dastur yo‘q. Har bir 
o‘lka o‘z dastur va darsliklariga ega. Germaniyada turli maktablar mavjud 
boshlang‘ich asosiy (5-10 sinflar) va gimnaziya (11-13). Birinchi guruh maktab 
barcha uchun majburiy hisoblanadi. O‘quvchilar 10 – sinfni tugatganlaridan keyin, 
xohlovchilar yoki gimnaziya, yoki hunar-texnika maktablariga oliy o‘quv yurtiga 
kirish uchun tayyorgarlik ko‘radilar. 
Gimnaziya maktablarida, dastlabki geografik bilimlar bilan tanishish 3-4 
sinfdan boshlanadi. Chunki bu sinflar Vatanshunoslik fani o‘rganiladi. Bundan 
tashqari geografik bilimlar qisman biologiya va tarix fanlari orqali ham beriladi. 
Germaniya maktablarida geografiya fan sifatida boshlab o‘rganiladi. Bu sinfda 
asosan, o‘lka geografiyasi o‘qitiladi. Vatanga oid bo‘lgan bilimlar to 8 – sinfgacha 
beriladi. 5-8 sinflarda geografiyaga haftada 2 soat vaqt ajratiladi. Bu sinflarda 
Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o‘rganiladi. 
Topografiya va kartagrafiya asoslari bo‘yicha ham bilimlar beriladi. O‘qituvchilar 
diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. Bular quyidagi 
ko‘rinishlarda aks etadi. «Mamlakatlar va xalqlar», «Yer va inson», «Yangi 
geografiya», «Yer bilimi» va hokazo. 9-10 sinflarda geografiya mustaqil fan 
sifatida o‘rganilmaydi, desa ham bo‘ladi. Ayrim yerlardagi qiziquvchi o‘quvchilar 
bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Bu kurslarda 
mamlakatlar iqtisodiy, siyosiy va davlat tizimiga oid bilimlar yetakchi o‘rinni 
egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari 
birgalikda birlashgan kurslar orqali o‘qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada 
(11-13 sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman, mustaqil fan sifatida 
o‘qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlarda ham 
beriladi. Yuqori sinflarda geografiya kompleks muammolarni o‘rganishga ko‘proq 


86 
e’tibor 
beriladi. 
Masalan: 
«Insonniyatning 
ko‘payishi», 
«Ocharchilik 
muammolari», «Transport muammosi», «Sanoat markazlarida inson hayoti», 
«Sanoat ekonomiyasi» va h.k. 
Darslarda o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar ham birmuncha murakkab, 
dasturda o‘quvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi keltirilgan 
masalan: 
1. Karta va o‘quvchidan olingan bilimlar asosida u yoki bu hududda qanday 
ishlab chiqarishni joylashtirish mumkin?
2. U yoki bu hududning (so‘rovnoma, kuzatish, statistik materiallar va 
geografik adabiyotlar bilan ishlash metodlari orqali) tabiatni qo‘riqlash, tabiiy 
resurslardan foydalanishdagi muammolarni va kelajakdagi ahvolini yoriting.
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi birmuncha yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. Geografiya o‘qitishdan maqsad va vazifalari juda aniq belgilab berilgan 
bo‘lib, 
unda 
maktab 
geografiyasi 
o‘quvchilarda quyidagi xislatlarni 
shakllantirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan: geografiya tili bilan tanishish, 
kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish tanqidiy qarash, taqqoslash, aloqalarni 
o‘rgatish, axborotlarga nisbatan faol qarash, insonga nisbatan mehr, fikrlash va 
faoliyatda mustaqil bo‘lish kabi ko‘nikmalarni hosil qilish va h.k. 
Fransiyada geografiya dasturi 2 bosqichli maktablarga mo‘ljallangan, 
shunisi qiziqki, Fransiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 
1 – bosqich: maktab 6,5,4,3, (o‘quvchilar yoshi 11-14 gacha), oliy ma’lumot 
olishga tayyorgarlik faqat litseylarda amalga oshiriladi. 
2 – bosqich: 2 – 1 va bitiruvchi (15-17 yosh) sinflardan iborat. 
Geografiya ta’limi 6 – sinfdan boshlanadi, bunda «Umumiy geografiya» va 
Afrika materigi o‘rganiladi, 5 – sinfda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antraktida, 4 – 
sinfda Yevropa (Fransiyadan tashqari), 3 – sinfda Fransiya geografiyasi o‘qitiladi. 
Litseyda o‘qishni davom etirish 2-1 va bitiruvchi sinflarda to‘g‘ri keladi. 
2 – sinfda geografiya dasturi (6,5,4,3,) sinflarda olgan bilim va ko‘nikmalar 
bilan chuqurlashtiriladi. Asosiy maqsad o‘quvchilarni hujjatlar va birinchi 
manbalar bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat. Litseyning birinchi sinfida Fransiya 
geografiyasi bo‘yicha o‘quvchilar 2 – bosqich maktabda olgan bilimlari 
mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to‘rtta yirik davlat – 
AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Fransiya 
maktablarida tabiiy va iqtisodiy geografiya bilimlari deyarli bir xil beriladi. 
Iqtisodiy geografiya bilimlari ichida ayniqsa, aholi geografiyasiga oid ma’lumotlar 
atroflicha o‘rganiladi, yoki birlamchi (xom-ashyo), ikkilamchi (qayta ishlovchi), 
uchlamchi (maishiy xizmat) tarzida ham o‘rganishni kuzatish mumkin. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar geografiyasi o‘rganilganda, Yevropaliklarning bu 
mamlakatlar uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Masalan, 


87 
Fransuzlar o‘z mustamlakalariga mustaqillik bergach, ularning madaniyati, 
tabiatini yaxshilash, tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishlariga, yangi yo‘llar qurib 
berganliklariga o‘quvchilar e’tiborini alohida qaratadilar. 
Fransiya geografiyasi darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli 
qilib yozilgan bo‘lib, barcha muammolar «Inson va tabiat» mazmunidan kelib 
chiqadigan matnlardan iborat.
Finlyandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lib, geografiya o‘qitilishi rivojlangan mamlakatlar ichida bir muncha yuqori 
pog‘onada turadi deyishga asos bor. Mamlakatda ta’lim 2 – bosqichdan iborat: 
Birinchi bosqich 9 yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi, ikkinchi bosqich 
gimnaziyalardan iborat. 
Birinchi bosqich maktabida geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 
to‘qqizinchi sinfda. 3-4 sinflarda o‘z mamlakati va qo‘shni shimoliy davlatlarning 
tabiati va xo‘jaligiga oid ma’lumotlar haqida axborot beriladi. 3 – sinfda 
o‘lkashunoslik asosida dars o‘tish ustun turadi. O‘zi yashab turgan joyning kartasi: 
Ob – havo va iqlimi, birgalikda ishlangan relyef kartalarini namoyish qiladi, 3 – 
sinfdagi geografiya, 4 – sinfda ham davom qiladi va o‘qish metodlari bo‘yicha 
deyarli farq qilmaydi. 5 – sinfda Yevropa mamlakatlari tabiati, aholisi, madaniyati, 
urf-odatlari, an’analari, dini, aholisining xo‘jalik faoliyati bilan tanishadilar. 6-7-8 
sinflarda Osiyo, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika o‘rganiladi. 8 – sinf 
yakunida umumiy geografiya asoslari bo‘yicha bilimlar beriladi. 9 – sinfda 
Finlyandiya va Shimoliy mamlakatlar geografiyasi quyidagi reja asosida 
o‘quvchilarga havola etiladi: 
1 – tabiati, 2 – iqtisodiy, 3 – aholisi, 4 – tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va tabiatini qo‘riqlash, 5 – davlat tuzumi. 2 bosqich ta’lim 
gimnaziyalarda o‘qish 3 yil bo‘lib, tabiiy va iqtisodiy geografiya bir-biridan keskin 
ajralmagan holda o‘rganiladi. Gimnaziya dasturlari ko‘proq nazariy bilimlar berish 
bilan ajralib turadi. Bunda geografiya fanining hozirgi davridagi taraqqiyoti uning 
boshqa fanlar bilan munosabati, geografiyaning o‘quvchilar aqliy faoliyatini ochib 
berishdagi ahamiyatiga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan: 
1. Yer shari harakatdagi tizimdir. Tabiatdagi barcha narsalar bir-biri bilan 
bog‘liq, inson harakatdagi tizimning bir qismi, ekanligi tarzidagi bilimlar ko‘proq 
beriladi. 
2. Inson va uni o‘rab turgan muhit insonning muhitga, muhitning insonga 
ta’siri ostida o‘rganiladi. Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan 
sifatida o‘rganiladi. Boshqa fanlarda esa o‘quvchilar xohishiga ko‘ra maxsus kurs 
sifatida o‘rganish mumkin. Finlyandiyada o‘quv rejalari tez-tez almashib turadi. 
Vengriya maktablarida geografiya ta’limi 7 yil davom qiladi: 4 yil asosiy (5 
– 8 sinf) va 3 yil (9 – 10 – 11 gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. Geografiya 


88 
ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga, 3% ekskursiyaga, 29% 
amaliy mashg‘ulotlar, umumlashtiruvchi takrorlashga ajratiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda xalq ta’limiga katta e’tibor 
berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida 1985-yilgacha xalq 
ta’limi uchun ajratilgan mablag‘lar 20 barobardan ortiq o‘sdi. Ayniqsa, Malayziya, 
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, 
Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda xalq ta’limi rivojlanishi ancha yuqori 
bo‘ldi. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda bolalar 5 – 7 yoshdan boshlab 
maktabga bora boshlaydilar. Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri–Lankada 
maktabga 5–yoshdan boradilar. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda majburiy 
ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirish esa 4 yildan 8 
yilgacha.
Geografiya o‘quv dasturlari ko‘pchilik davlatlarda bir xil bo‘lib, 
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
Ko‘pchilik mamlakatlar mustamlaka bo‘lgan davrlarda o‘z geografiyasiga nisbatan 
ko‘proq mustamlakachi davlat geografiyasini o‘rganar edilar. Hozirgi kunda 
ko‘pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik an’analari o‘qitish mazmuni va 
metodlari saqlanib qolgan. Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quv 
dasturlari, geografiya dasturlari mamlakat xo‘jaligi ehtiyojlarini e’tiborga olgan 
holda tuziladi va yaratiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy davlatlar geografiya ta’limida 
o‘qitishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar quyidagilar hisoblanadi: 
Evristik metod – bunda e’tibor o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil bilim olishga, 
kichik tadqiqotlar qilishga o‘rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil hujjatlar, 
vositalar asosida muammoli Blis so‘rov o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir-
biriga bog‘langan Blis so‘rov asosida evristik suhbatlar o‘tkazish keng tarqalgan. 
Ishlab chiqarish jarayonini, ekologik suhbatlar o‘tkazish keng tarqalgan. Ishlab 
chiqarish jarayonini, ekologik muammolari turli o‘yinlar asosida o‘rganish. Bunda 
o‘quvchilar o‘zlarini turli kompaniyalar prezidenti, biznesmenlar o‘rniga qo‘yib 
«ish» bajaradilar. Bunday metod ko‘proq AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi 
Zelandiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarqatma 
kartochkalar metodida turli chizgi jadvallar, kartalar o‘qituvchilar diqqatiga 
turlicha xatoliklarga yo‘l qo‘yib tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan 
o‘sha xatoliklarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misol va masalalar 
yechish ham o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi tufayli ulardan 
keng qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik xislatlarini shakllantirish 
ko‘proq misol va masalalarni yechmasdan amalga oshmaydi. 


89 
Matnlar, ya’ni javoblar to‘g‘ri – noto‘g‘ri tarzda aralashtirib berilishi ulardan 
to‘g‘rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan metodlardan 
hisoblanadi. 
Statistik manbalar bilan ishlash. Kartagrafik qo‘llanmalardan foydalanish, 
matematik modullashtirish keng tarqalgan o‘qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa, 
hozirgi kunda diskussiya, rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida keng 
tarqalgan. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin