Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149


 
4.2. Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish 
yo‘llari 
Geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash, 
ko‘nikma va malakani shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv ishlari 
uslubiyati bilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilg‘or geografiya o‘qituvchilari va metodistlar o‘quvchilar amaliy tayyorgarligiga 
katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasi kurslarida shakllantiriladigan 
ko‘nikmalar mazmun jihatdan emas, balki bajarilishi murakkabligi bo‘yicha ham 
farq qiladi. Masalan, dunyo tomonlarini aniqlash oddiy ko‘nikma bo‘lsa, 
topografik planni o‘qish va uni tuzish esa murakkab ko‘nikma hisoblanadi. 
Geografiya ta’limi metodikasi shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyati to‘laligicha ochib berilgan va ularni o‘quvchilarga yetkazish 
metodlari ham ishlab chiqilgan. Faqat geografiya ta’limiga xos bo‘lgan amaliy 
ko‘nikma va malakalarga quyidagilar kiradi: joyda mo‘ljal ola bilish, joy planini 


106 
tushirish, topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o‘qish, tabiatda 
va ishlab chiqarishda kuzatish, kuzatish materiallarini yozib borish va qayta 
ishlash, statistik iqtisodiy materiallar bilan ishlash va h.k. 
Har bir geografik ko‘nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini 
talab qiladi. Odatda ko‘nikma va malakalar bir paytning o‘zida shakllantiriladi. 
Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari 
bevosita, ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan, topografik planni o‘qish 
ko‘nikmasi o‘z ichiga yo‘nalishlarni aniqlash, masshtab yordamida plandagi 
masofalarni o‘lchash, topografik belgilarni o‘qish, joyda obyektlar o‘rtasidagi 
aloqalarni o‘rnatish kabilarni oladi. Yuqoridagilardan topografik belgilarni 
ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko‘rsatadi. 
Ob-havoni kuzatish ko‘nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan 
ishlash, ko‘z bilan bulutlar shakli va turlarini, ob-havoning boshqa alomatlarini 
aniqlash tushuniladi. Shular ichida faqat ob-havo haroratini aniqlash va barometr 
bilan ishlash malaka darajasigacha ko‘tarilishi mumkin. Geografik ko‘nikma va 
malakalar ko‘p hollarda bilim sifatini belgilaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
qayerda o‘quvchilarda karta bilan ishlash ko‘nikmasi shakllantirilsa ularning 
javoblari ham karta bilan bog‘langan bo‘ladi. Karta bilan ishlash ko‘nikmasini 
egallay olmagan o‘quvchilardagi bilim quruq o‘qituvchi bayoni, yoki kitobdan 
o‘qiganlarni takrorlashdan iborat bo‘lib qoladi. Geografik kartalarni o‘qiy olishga 
o‘rgatilgan o‘quvchilardagi harakat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Aksariyat 
o‘quvchilar va talabalar javoblarini kuzatish geografiya bo‘yicha olimpiadalarda 
ishtirok qilgan o‘quvchilarni bilimlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular 
kartadan bilim manbai sifatida foydalanadilar, ularning bergan javoblari to‘liq 
bo‘lib, biror hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligini karta asosida atroflicha ochib 
bera oladilar. Boshqa o‘quvchilarga bu xislatlar xos emas. 
Ko‘nikma va malakalar kelgusida amaliy hayotga tayyorlashda, ishlab 
chiqarishda, turli xil ilmiy ommabop adabiyotlardan, kartalardan bilimlarni 
mustaqil egallashda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tomonidan mazkur 
ko‘nikmalarning egallanishini yengillashtiradi, masalan, joyda ufq tomonlarini 
aniqlash ko‘nikmasi, kartada mo‘ljal olish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi. 
O‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi va ular dunyoqarashini 
shakllantirishga ham ijobiy ta’sir qiladi. O‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni 
amalda qo‘llash orqali geografik qonuniyatlarning obyektivligiga ishonch hosil 
qiladilar. Geografik ta’limi metodikasida geografik ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish metodlari to‘la ishlab chiqilmagan desa bo‘ladi. Masalan, 
o‘quvchilarning u yoki bu mavzudagi qaysi harakati ko‘nikma darajasiga, 
qaysilarini malaka darajasiga ko‘tarish mumkin? O‘qituvchi o‘quvchilarga 
nisbatan qanday yakka tartibda yondashishi kerakligi masalalari geografiya 


107 
ta’limida atroflicha o‘rganilgan. Eng muhimi, o‘qituvchi ko‘nikma hosil qilishdagi 
harakat metodlarini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki o‘quvchilar uchun (ko‘nikma 
egallash uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqish kerak. 
Mashqlar jarayonida oddiy ko‘nikmalar sekin-asta malakaga aylanadi. 
Amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantirishning metodik shart-sharoitlari o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Ba’zi ko‘nikma va malakalar oz vaqt va ko‘p kuch talab 
qilsa, (gerbariylar yig‘ish, kompasdan, nivelerlardan foydalanish va h.k.) ba’zilari 
juda murakkab harakat metodlarini va ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, geografik 
kartani o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish va shakllantirish quyidagi murakkab 
jarayonlarni talab qiladi, ya’ni, mo‘ljal olish, graduslar va kilometrlar hisobida 
aniqlash, punktlar, hududlar o‘rtasida fazoviy bog‘liqliklarni qiyoslash, geografik 
koordinatalarni aniqlash, kartada ko‘rsatilgan obyektlar va hodisalar o‘rtasidagi 
sabab-oqibatlar aloqadorligini o‘rnatish, alohida obyektlar (daryo, ko‘l, suv 
ombori, botqoqlik)ni ta’riflash, ko‘rsatilgan hududni mamlakat, tuman, shaharning 
tabiiy geografik va iqtisodiy geografik ta’rifini yozish va h.k. Geografik kartani 
o‘qish ko‘nikmasi sekin-asta rivojlantiriladi, barcha sinflarda davom etadi 
(boshlang‘ich sinfda ham). O‘quvchilar karta bilan ishlash jarayonida turli 
mazmundagi (umumgeografik, iqlim, tuproq, iqtisodiy) kartalarning shartli 
belgilari bilan ham tanishadilar va ko‘nikmalar hosil qiladilar. 
Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga: o‘quv jihozlari va 
vositalari, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga ham bog‘liq. Lekin o‘qituvchi 
asosiy sabab hisoblanadi. O‘qituvchi rahbarligining mazmuni shundan iboratki, 
ko‘nikma egallash jarayonida u o‘quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu 
ko‘nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini 
aniqlaydi. Ko‘nikmani shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri nazariy 
materialni amalda qo‘llash vaqti va o‘rni hisoblanadi. Masalan, mahalliy kanal, 
daryo rejimi (oqim tezligi eni, chuqurligi)ni o‘lchash. O‘zbekiston ichki suvlari 
mavzusini o‘rgangunga qadar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chunki 
o‘quvchilar buni mexanik tarzda o‘zlashtirib, uning mohiyatiga tushunmasliklari 
ham mumkin. Demak, ko‘nikmalarni shakllantirish bevosita mavzuni o‘rganish 
jarayonida bo‘lsa, uning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishda boshqa fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik qilish ham yaxshi 
natijalar beradi. Har bir kurs darslarini rejalashtirishda shakllantirilishi lozim 
bo‘lgan ko‘nikma va malakalar o‘z aksini topishi, ko‘nikma malakalar maqsadi 
aniq belgilanishi lozim. Shakllanadigan ko‘nikmalarni rejalashtirishda uning 
qayerda o‘tkazilishini aniq belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Darsda 
shakllantirilayotgan har bir ko‘nikmaning amaliy ahamiyatini uning xalq 
xo‘jaligidagi roli aniq ochib berilishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda ularni 
egallashga bo‘lgan havas-qiziqish oshadi.


108 
Amaliy mazmundagi ko‘nikmalarni shakllantirilishi oldidan o‘quvchilarga u 
yoki bu asbob bilan ishlash yo‘llari tushuntirilishi kerak. Ularni ta’riflash rejasi 
berilishi lozim. Keyingi paytlarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda har bir 
obyekt va hodisalarni o‘rganish rejasi ishlab chiqilgan. Masalan, daryoni ta’riflash, 
iqlimni ta’riflash, tabiat zonasi va TTKni ta’riflash, biror mamlakat yoki hududni 
ta’riflash va h.k. bunga misol bo‘ladi. Rejaning har bir bandi mazmun jihatdan 
boyitilishi kerak. O‘qituvchi bu rejalardan qaysi metodda foydalanishni 
o‘quvchilarga doimo o‘rgatib borishi kerak. O‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar 
hosil qilishda mashqlar tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Mashqlar yordamida 
ko‘nikma hosil qilishda o‘quvchilar ularni mustaqil ravishda, ya’ni o‘qituvchi 
rahbarligida bajardilar. Masalan, masshtab bo‘yicha darsda bir necha mashqlarni 
bajarish mumkin. Bunga turli masshtab yordamida har xil uzunlikdagi masofalarni 
o‘lchash maktabdan klubgacha, pochtagacha, uygacha bo‘lgan masofalarni 
aniqlash misol bo‘la oladi. Ko‘nikma va malakalar shakllanish mazmuniga ko‘ra 
uzoq va qisqa vaqt talab qilishini yuqorida ko‘rgan edik. 
Geografik koordinatalarni aniqlashni o‘rganish uzoq vaqt talab qilinadigan 
jarayon bo‘lib, u asta-sekin o‘rgatilib, murakkablashib boradi. Geografik nuqtalarni 
aniqlashda osondan qiyinga boruvchi mashqlarni o‘quvchilar diqqatiga havola 
qilish kerak. Bunda dastlab o‘quvchilarni paralellar va meridianlarni topishga 
keyinchalik uzunlikni aniqlashga va uni kartadan ko‘rsata olishga, undan keyin 
esa, koordinatalarni topishga o‘rgatiladi. Eng dastlabki mashqlar avval globusda 
keyin yarim sharlar kartasida bajarilishi kerak. O‘quvchilar kartada ko‘rsatilgan 
obyektlarning bir-biriga nisbatan necha gradus shimolda yoki janubda 
joylashganligini mashqlar asosida bajaradilar. Geografik koordinatalar bo‘yicha 
mashqlarni muntazam bajarish ko‘nikmasi sekin-asta malakaga aylanishi mumkin. 
Yuqori sinflarga ko‘tarilgan sari ko‘nikma va malakalar shakllantirish borasidagi 
mashqlar tizimi ham takomillashib boradi. Bunda, albatta, quyi sinflarda 
egallangan ko‘nikma va malakalarga tayanildi. Yuqori sinflarda iqtisodiy geografik 
kartalarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish birmuncha qiyin kechadi. Iqtisodiy 
kartalarni o‘qish metodlari tabiiy geografik kartalarga birmuncha o‘xshab ketadi. 
Bu yerda reja asosida ta’rif berish yetakchi rolni o‘ynaydi. Masalan, sanoat 
tarmoqlariga tavsif berish rejasi, tarmoqlar, shaharlar, davlatlarga ta’rif berish 
rejalari bunga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy geografik kartalarni o‘qish ko‘nikmasini 
shakllantirishda o‘quvchilar iqtisodiy geografik o‘rin tushunchasini qiyinchilik 
bilan egallaydilar. Bu borada bir necha mashqlarni muntazam ravishda bajarish 
kartani o‘qishni osonlashtiradi. 
Jamiyatning siyosiy tuzumi, tabiiy sharoiti, mamlakat yoki rayon 
iqtisodiyotini belgilashda katta rol o‘ynaydi. Shu tufayli ham iqtisodiy 
geografiyadan nazariy tayyorgarliksiz o‘quvchilar u yoki bu obyektning iqtisodiy 


109 
geografik tavsifini tuzishda qiynaladilar. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport 
tarmoqlari joylashishini tushuntira olmaydilar. Iqtisodiy kartalarni o‘rgatish 
ko‘nikmasi turli metodlar orqali shakllantirilishi mumkin. Masalan, karta orqali 
shaharlarga iqtisodiy geografik ta’rif berilganda o‘quvchilar uning xom-ashyo va 
tayyor mahsulotlar olishdagi va chiqarishdagi aloqalarni, kelajakdagi rivojlanishiga 
oid ma’lumotlarga oldindan ega bo‘lishi kerak. Ammo ko‘pchilik geografiya 
o‘qituvchilari bunga mas’uliyatsizlik bilan qaraydilar. Karta asosida 
o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun bu ishni muntazam 
ravishda bajarish lozimligiga kam e’tibor beradilar. Buning uchun sinf jurnallarida 
muddati ko‘rsatilmasdan maxsus grafa ochib, unga kartani bilish bo‘yicha 
ko‘nikma baholari qo‘yib borilsa yanada samarali bo‘ladi. Kartani o‘qish 
borasidagi ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarda to‘g‘ri shakllantirish maktabni 
tugatgandan keyin ham ularning tabiiy, iqtisodiy va siyosiy kartalardan qiynalmay 
mo‘ljal ola bilishni ta’minlaydi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin