Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149


Nazorat savollari 
1.
Geografiya ta’limining jahon davlatlaridagi o‘rni haqida gapirib bering?. 
2.
Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahon mamlakatlarida nechta yo‘nalishda 
olib borilmoqda?. 
3.
Geografiya barcha o‘quvchilar o‘rganishi majburiy bo‘lgan fanlar qatorida 
bo‘lgan mamlakatlarni aniqlang?.
4.
O‘quv fanlarini biriktirish borasida qaysi davlatlar yetakchi?. 


100 
5.
Rossiyada geografiya ta’limining o‘zga xos xususiyatlari. 
6.
Rossiya ta’lim tizimi necha bosqichdan iborat. 
7.
AQShda geografiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari. 
8.
Germaniya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
 


101 
IV – BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI JARAYONINING
TARKIBIY QISMLARI 
 
4.1. Geografik tushunchalarni shakllantirish masalalari 
 
Maktab geografiyasi mazmuni bilimlar (tushuncha, sabab – oqibat 
aloqadorligi, qonuniyatlar, nazariy tasavvur, faktlar) ko‘nikmalar, malakalar hamda 
dunyoqarash g‘oyalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ta’lim mazmunida 
o‘quvchilarning ijodiy faoliyat tajribalari ham katta rol o‘ynaydi. 
Bilim ko‘nikmalarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan 
to‘g‘ri ma’lumotlardir. Bilim ijtimoiy mehnat va tafakkur mahsuli bo‘lib, mavjud 
olamning obyektiv, qonuniy aloqalarini til vositasi bilan ifoda qiladi. Bilim bilish 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning natijasi va tarkibiy qismidir. Obyekt va hodisalar 
haqidagi bilimlar nisbiy bo‘lib, u mutlaq emas. U doimo rivojlanib boradi. Chunki 
har bir yangi avlod o‘zidan oldingi avlod bilimlarini o‘zlashtiradi, yangi – yangi 
hodisalarni chuqur o‘rganib, uni boyitadi, olg‘a siljitadi. Geografik bilimlar
kundalik tajriba, ilmiy kuzatish, nazariyalar orqali to‘planadi. 
Bilimlar ikki guruhga ajratiladi: 
1.
Nazariy bilimlar. 
2.
Emperik bilimlar. 
Nazariy bilimlarga narsa va hodisalarning mohiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari ichki aloqadorligi va munosabatlari kiradi. Ilmiy bilimlar 
umumlashgan bilimlar bo‘lib, o‘z ichiga nazariya, qonun, qonuniyat, sabab – 
oqibat kabi tushunchalarni qamrab oladi. Emperik bilimlar obyekt va hodisalarning 
tashqi xususiyatlariga oid bilimlarni aks ettiradi, bularga tasavvur va faktlar kiradi. 
Maktab geografiyasining ilmiy darajasini oshirish munosabati bilan uning 
mazmunida emperik bilimlarga nisbatan nazariy ilmlar hajmi ko‘paymoqda. 
Geografiya kurslarining barchasida asosiy o‘rinni umumiy tushunchalar egallaydi 
(relyef shakllari, iqlim turlari, iqtisodiy hududlar TIChKlar, TXMlar va h.k.). Har 
bir geografiya kursidagi mavzular bilimlar tarkibiy jihatdan ancha murakkab 
bo‘lib, sinfdan-sinfga murakkablashib boradi. Ayniqsa, bu ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiya kurslarida yaqqol namoyon bo‘lib, tushunchalar har bir mavzuda 
ko‘plab uchraydi. Bular umumgeografik tushunchalar faktlarda, iqtisodiy, 
ekologik, tarixiy, statistik va boshqa tushunchalar tarzida bo‘lishi mumkin. 
Demak, o‘quv materiallari hajmi o‘quvchilar o‘zlashtirishi uchun ancha 
murakkablik tug‘diradi. Shu tufayli bilimlarni puxta egallash uchun ularni 
aniqlashtirish, umumlashtirish, induksiya, deduksiya va tahlildan unumli 
foydalanish kerak. Har bir geografiya o‘qituvchisi bilimlarni egallash yo‘llarini 


102 
puxta bilishi lozim. Inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan 
qiyoslaydi. Ularni taqqoslaydi, o‘xshashligi va farqlarini aniqlaydi; tahlil va sintez 
yo‘li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini 
ajratadi va umumlashtiradi. Natijada voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida 
tushuncha hosil bo‘ladi. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim 
belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va abstrakt 
(mavhum) tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq 
tushuncha deyiladi. 
Masalan: Avstraliya, Antraktika, Ural, Briz, Passat va h.k. Moddiy 
borlikdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat, holatlarga, 
shuningdek, narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga qonuniyatlarga qaratilgan 
tushunchalar abstrakt (mavhum) tushuncha deb ataladi. Masalan: kenglik, uzunlik, 
balandlik, tog‘lik, ixtisoslik, bozor va h.k. Geografik tushunchalar qo‘llash 
jihatidan ikki turga bo‘linadi. 
1.
Umumiy tushunchalar. 
2.
Yakka tushunchalar. 
Umumiy tushunchalar bir jinsda bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalarni 
gavdalantiradi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmaydi, balki, 
bir xil nom bilan ataluvchi narsa va hodisalar kiradi. Masalan; daryo, iqlim, tabiat 
zonasi, iqtisodiy rayon va hokazo. Umumiy tushunchalar mazmuniga ta’rif berish 
va ularga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash jarayonida kelib chiqadi. Yakka 
tushunchalar, yakka obyekt va hodisa haqidagi geografik nom bilan ataluvchi 
tushunchadir. Masalan, Oltoy tog‘lari, Amudaryo, Pomir, Markaziy Osiyo hududi, 
Fransiya Respublikasi, Afg‘oniston va hokazo. 
Yakka (mintaqaviy) tushunchalar o‘ziga xos yig‘ma tushunchalardan iborat 
bo‘ladi. Masalan, «Osiyo» yakka tushunchasi o‘z ichiga juda ko‘p yakka 
tushunchalarni qamrab oladi. «Osiyo tog‘lari», «Osiyo iqlimi», «Osiyo daryolari», 
«Osiyo ko‘llari» va hokazo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga geografik ta’rif 
berish orqali ochiladi. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq va murakkab 
jarayon hisoblanadi. Tushunchalarni egallash negizida yangi tushunchalarni 
egallash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va tushunchalar o‘rtasida to‘g‘ri 
aloqadorlik o‘rnatishni ta’minlaydi. Tushunchani egallash deganda uning mazmuni 
hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya 
kursidagi har bir tushuncha o‘quvchilar ongida turli metodlar, yo‘llar bilan 
shakllantiriladi. Bu har bir narsa, voqea, hodisa mazmunini belgilaydi. Geografik 
tushunchalarni egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib 
ularni egallab bo‘lmaydi. Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari va yo‘llari: 


103 
Induktiv fikrlash 
1.
Geografik obyekt va hodisalar. 
2.
Ularni taqqoslash orqali tushuncha belgilarini ajratish. 
3.
Umumlashtirish. 
4.
Tushunchaga ta’rif berish bo‘yicha bajariladigan ishlar. 
5.
Tushuncha haqidagi bilimni amalda qo‘llash. 
Deduktiv fikrlash 
1.
Tushunchaning ta’rifini berish.
2.
Tushunchaga xos bo‘lgan belgilarni ajratish va egallash. 
3.
Tushuncha aloqadorligini aniqlash. 
4.
Mashqlar orqali tushuncha belgilarini mustahkamlash. 
5.
Yangicha o‘quv vaziyatda tushunchani qo‘llash. 
Yuqoridagilarga erishish uchun o‘quvchilarda bilish faoliyatini tashkil qilish 
zarur. O‘quvchilardagi bu faoliyat tabiiy, iqtisodiy bilim manbalariga, jumladan, 
karta, statistik ma’lumotlar, kuzatish natijalarga tayanmasdan tashkil qilib 
bo‘lmaydi. Geografik tushunchalarni egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy 
tushunchalarning bir-biri bilan bog‘lanib, tizim (sistema) hosil qilinganligidir. 
Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari Yer yuzi tabiati, geografik qobiqlar 
tarkibi va rivojlanishiga oid bo‘lgan yagona bilimlar tizimiga ega. Shu tufayli ham 
tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik mazmun jihatdan bir-biri 
bilan chambarchas bog‘liq. Bunga misol tariqasida «tabiiy hududiy kompleks», 
«geografik qobiq», «tabiat qismlari» va boshqalarni keltirish mumkin. Geografik 
tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qiladigan jarayon bo‘lib, bir necha 
kurs davomida o‘qitiladi va o‘rganiladi. Masalan: ekologiya tushunchasini 
shakllanish bunga misol bo‘ladi. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinflargacha 
davom etadi. 
Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga 
ega bo‘lib, uni o‘qituvchi amalga oshiradi. O‘qituvchi darslik va dasturlar asosida 
tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo‘llash 
bosqichlarini belgilaydi hamda o‘quvchilarning tushuncha mazmunini qanday 
egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin-
asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni 
shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, 
O‘zbekiston iqlimi tushunchasini qaysi paytda yaxshi shakllantirishi mumkin, 
qachonki o‘quvchilarda iqlim hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar mavjud 
bo‘lsa. Quyida O‘rta Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol 
tariqasida keltiramiz. Tahlil va mavhumlikdan foydalanib o‘quvchilar xayolan 


104 
O‘rta Osiyoni qismlarga bo‘ladilar. O‘rta Osiyoning tog‘li qismi va ularning 
elementlarini (relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot olami) bilan tanishish 
o‘quvchilarni O‘rta Osiyoning tabiat element belgilari bilan doimiy tarzda 
aloqadorlikda ekanligini bilib olishga yordam beradi. O‘rta Osiyo tabiatining 
relyefi, iqlimi, o‘simliklari va boshqa elementlarini boshqa hududlar bilan 
qiyoslash orqali ularning o‘ziga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarini ajratadilar. 
Keyinchalik esa deduktiv yo‘l bilan tabiat elementlari haqidagi umumiy 
tushunchalarga tayanib ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni ajratadilar. 
O‘rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali O‘rta Osiyo 
tabiiy kompleksi degan to‘liq tushunchani egallaydilar. 
Geografik obyektlarni ko‘rgazmali qurollarsiz va kartasiz ularga xos bo‘lgan 
belgilarni ajratish birmuncha qiyinlashtiradi. Karta va ko‘rgazmali qurollar 
o‘rganilayotgan obyektlarga doir belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi 
kerak. Shu tufayli ham karta yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manba 
hisoblanadi. Faqat karta orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o‘rniga 
xos bo‘lgan belgilarni ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish 
imkoniyatlari tug‘iladi. 
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 
O‘quvchilar tanish obyektlarni o‘rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash orqali 
ularga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Amudaryo va Sirdaryoni 
taqqoslashda har ikkala daryoning shimol tomon oqishini, uzunligi deyarli 
tengligini, ularning tog‘lardan boshlanishini, to‘yinishini hamda deyarli bir xil 
ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar elementlarini oddiy qiyoslash orqali o‘qituvchi 
murakkabroq taqqoslashga o‘tadi. Masalan, nima uchun ularning shimolga oqishi 
sabablarini, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan loyqa 
ekanligini, kemalar qatnovidagi farqi kabi ko‘plab xususiyatlarni ajratadi. 
Tushuncha quyidagi hollarda o‘quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi. 
1. O‘quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo‘lsa). 
2. Tushuncha mazmuniga xos bo‘lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha 
belgilari o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni farqlay olsa. 
3. O‘rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o‘quvchi obrazli 
tasavvurga ega bo‘lsa. 
4. O‘quv vazifalarini bajarishda tushunchani mustaqil qo‘llay olsa. 
5. Tushunchaning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchilar e’tiborini 
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratish kerak.
Faoliyatning bunday tashkil qilinishi o‘quvchilarni obyekt va hodisalardagi 
eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratishga, ularni taqqoslashga va 
guruhlashga o‘rgatadi. 


105 
Bunda ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o‘ynaydi. 
O‘quvchilarning umumiy tushunchalarni mustaqil qo‘llay olish uchun reproduktiv 
metod va ijodiy muammoli topshiriqlarni (qisman o‘zgaruvchan va tadqiqot 
metodlar) bajarishga o‘rgatish kerak. 
Geografiya ta’limida bilimlarni amalda qo‘llash o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bu quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. 
1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chuqurligini 
aniqlash, daryoning suv sarfi, o‘rtacha chuqurlikni aniqlash va boshqalarni. 
2. Geografik bilimlarni tabiat hodisalari va voqealarni tushuntirishda (yil 
fasllarning almashishi yoki siyosiy kartalardagi o‘zgarishlar) ishlatish mumkin. 
3. Bilimlarni qo‘llashda ilgari egallangan bilimlarni va yangi bilimlarni 
egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy geografik 
tushunchalarni shakllantirish ham o‘ziga xos bo‘lib, odatda u 3 ta bo‘g‘indan 
iborat bo‘ladi. 
1. Kirish: O‘quvchilar bu bo‘g‘inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa 
mamlakatlar va hududlar o‘rtasida tutgan o‘rni, maydoni va aholisi, tabiiy 
boyliklar bilan ta’minlanganligi, xalq xo‘jaligidagi ixtisoslik tarmoqlarining tutgan 
o‘rniga oid ma’lumotlar bilan tanishadilar. 
2. Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo‘lgan 
qatorlari bilan tanishadilar. Shu bo‘g‘inda to‘liq tushunchaga ega bo‘ladilar. 
3. Mamlakat yoki rayonni boshqa rayon va mamlakatlarga qiyoslash orqali 
tushunchani amalda qo‘llashga erishadi. Har bir bo‘g‘in yechimi o‘quvchilarning 
har xil tarzda ishlashini talab qiladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin