128
o‘quvchilar bilimini aniqlash birga olib boriladi va o‘quvchilar
bilan yakkama-
yakka ishlash uchun qulay sharoit vujudga keladi. O‘qituvchi orqada qoluvchi
o‘quvchilarni ham darsga faol ishtirok ettira oladi.
Suhbat o‘quvchilarni materialni mustaqil o‘rganishda jalb eta olganligidan,
o‘qituvchi ham foydalanadi. Suhbat o‘quvchilarning o‘z fikrlarini isbotlovchi
tarzda ifoda qilishga o‘rgatibgina qolmasdan, ularni turli bilim manbalari (karta,
globus,
kolleksiya, gerbariy va h.k.) bilan mustaqil ishlay olishga o‘rgatadi.
Shularga ko‘ra, suhbatni tabiiy geografiya ta’limidagi eng yetakchi metodlardan
biri deb hisoblash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, suhbat metodi hamma
darslarda qo‘llanilavermaydi. Masalan, Quyosh sistemasidagi sayyoralar, Yerning
Quyosh atrofidagi harakati, Abu Rayhon Beruniyning geografiya faniga qo‘shgan
hissasi, O‘zbekiston tabiatini o‘rganish tarixi kabi bilimlarni o‘quvchilarga suhbat
metodi orqali o‘rgatish qiyin. O‘quvchilar zarur bilim doirasiga ega bo‘lgan
taqdirdagina suhbat metodidan foydalanish lozim bo‘ladi. Suhbat metodi bir necha
usullardan iborat.
Savol - javob (katexizik?) usuli
.
Bu usul o‘quvchilar o‘qituvchi
savoliga
qisqa javob beradilar, savol-javob orqali fakt va geografik obyektlarning joylanishi
haqidagi bilimlar aniqlanadi. Masalan, cho‘l zonasi yer sharining qayerlariga
tarqalgan? Afrika bilan Yevrosiyo chegarasi qayerlardan o‘tadi? Tog‘ deb nimaga
aytamiz? Geyzer nima? Savol – javob usulida o‘quvchilarning ilgari olgan
bilimlari takrorlanadi.
Keng ko‘lamdagi (evristik) suhbat.
Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga
ma’lum bir muammoli masala qo‘yadi. Keyin o‘qituvchi yordamichi Blis so‘rov va
ayrim ma’lumotlarni eslatish yo‘li bilan o‘quvchilarni ilgari olgan bilimlariga
tayanib masalani mustaqil hal etishga undaydi. Blis so‘rov berilganda shuni
e’tiborga olish kerakki, berilgan javob asosiy fikrni isbotlashi va shu fikrni davom
ettirishi lozim. Masalan, “Materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi kursida
Yevrosiyo iqlimini o‘rganishda iqlim kartasidan quyidagi Blis so‘rov javob
berishini talab qilish mumkin. Osiyoning markaziy va sharqiy qismida yozma
tarzda havo temperaturasi qanday? Shu joyda qishki temperaturalar qanday?
Markaziy va Sharqiy Osiyo havo temperaturasining yillik amplitudasi qanday?
Markaziy Osiyo bilan Sharqiy Osiyo temperaturasi amplitudasining bunchalik farq
qilishi sabab nima? Markaziy Osiyo bilan Sharqiy Osiyo yog‘in miqdori qanday?
Yog‘inlarning bunchalik farq qilishiga sabab nima? Sovuq kunlar Markaziy va
Sharqqiy Osiyoda qancha vaqt davom etadi? Iqlim diagrammasiga qarab Sharqiy
Osiyoda yil davomida yong‘inning taqsimlanishini aniqlang? Yong‘in nima uchun
ko‘p yog‘adi? Jadvaldan foydalanib Sharqiy Osiyo iqlim xususiyatini tushuntiring.
O‘quvchilar Markaziy Osiyoning
iqlim xususiyatini aniqlagach, o‘qituvchi shu
joyda qanday iqlim tiplari borligini aytib beradi. Sharqiy Osiyoning iqlim tipi ham
129
shu tariqa belgilanadi. Keng ko‘lamdagi bu xil suhbat, asosan, yangi bilimlarni
o‘rganishda va yakuniy takrorlashda foydalaniladi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich
kursining ko‘p mavzularida, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi va
O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlarining geografik o‘rni, iqlimi, ichki suvlarini
o‘rganishda evristik suhbat qo‘l keladi.
Suhbat metodini didaktik maqsadiga qarab uch xilga bo‘lish mumkin.
1)
Kirish suhbati.
Bu suhbatning maqsadi
yangi bilimlarni yaxshiroq
o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan (ilgari o‘zlashtirilgan) bilim va ko‘nikmalarni
o‘quvchilar xotirasida qayta tiklashdan iborat.
2) O‘
rgatish suhbati.
Bu suhbatning maqsadi yangi bilimlarni o‘quvchilar
olgan bilim asosida o‘rganishdan iborat. Bunday darslarga o‘rganilgan yangi bilim
shu dars olib boriladigan mustaqil ishlarda tadbiq etib ko‘rilishi maqsadga
muvofiqdir.
3)
Yakunlovchi suhbat.
Suhbatning bu turi takrorlash va bilimlarni ma’lum
bir tartibga tushirish, shuningdek, o‘rganilgan narsalarni umumlashtirish va
kengaytirishda tadbiq etiladi. Suhbat o‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga qarab
murakkablashib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: