121
Xrestomatiya ma’lumotlaridan o‘qib berish;
Badiiy adabiyotdan mavzuga oid parcha o‘qib berish.
5.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash metodi
Rasmlar bilan ishlash;
Texnika vositalari (diapozitiv, diafil’m, kinofil’m, kodoskop) bilan
ishlash;
Hajmli qo‘llanmalar (globus, telluriy, maket, kolleksiya, gerbariy va h.k.)
bilan ishlash;
Grafik tasvirlar (sxema, grafik, chizma) bilan ishlash.
6.
Kuzatish va tajriba o‘tkazish metodi
Geografiya
bo‘yicha
(astronomik,
meteorologik,
gidrologik,
geomorfologik, fenologik va kompleks) kuzatish;
Tajriba;
Ekskursiya.
7.
Amaliy metod
Karta bilan ishlash;
Raqamli ma’lumotlar (jadval, grafik, diagrammalar chizma) bilan ishlash;
Plan olish, turli o‘lchov ishlarini bajarish;
Kuzatish.
Geografiya ta’limi jarayonida kamdan –
kam hollarda bir metoddan
foydalaniladi. O‘qituvchi bir darsda bir necha xil metod va usullardan foydalanadi.
Ba’zi o‘qituvchilarda «faol metod» va «passiv metod» degan tushunchalar bor. Bu
tushunchalar nisbiy tushunchalardir. Agar har bir metod va usullardan to‘g‘ri
foydalanilsa, ular o‘quvchilar faolligini oshiradi.
Metodlarning biri o‘quvchi xotirasini,
ikkinchisi - tafakkurini, uchinchisi -
idrokini, to‘rtinchi - his va tuyg‘usini faollashtirishi mumkin.
Har bir metodning
o‘ziga xos tomonlari bor, ular ta’lim-tarbiya masalalarini turlicha hal qiladi. Bir xil
metod karta bilan ishlash malakasini hosil qilsa,
ikkinchi xili kuzatuvchanlikni,
boshqa biri mustaqillikni tarbiyalaydi, yana biri nutqni rivojlantiradi. O‘qituvchi
metod va usullardan mohirlik bilan foydalansagina o‘quvchilarga bilim berishda va
ularda ko‘nikma hamda malakalar hosil qilishda yaxshi natijaga ega bo‘lishi
mumkin. Geografiya o‘qitishda samarali natijalarga erishishning asosiy yo‘li –
metod va usullardan ijodiy tarzda foydalanishdir.
Dostları ilə paylaş: