Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149


 
 


122 
5.2.1.Geografiya ta’limining og‘zaki metodlari 
O‘qituvchi geografiya darsida tadbiq etiladigan metod va uslublarning qay 
biridan foydalanishidan qat’iy nazar jonli so‘zdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
O‘qituvchining og‘zaki bayoni ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga jonli so‘z orqali chuqur bilim beradi, ularni geografiya 
fanining 
asosiy 
muammolari 
va 
eng 
so‘ngi yutuqlari bilan bilan 
tanishtiradi.Og‘zaki bayon uslubidan mohirlik bilan foydalansa 10-15 daqiqa 
davomida o‘quvchilarga ko‘p ma’lumot berishi mumkin. Ammo og‘zaki bayon 
uslubi maktab geografiyasi oldidagi barcha vazifalarni o‘quvchilarni karta, darslik, 
o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlashga o‘rgatish vazifalarini hal eta olmaydi. Shu 
sababdan hamma darsni og‘zaki bayon uslubi bilan o‘tish bu uslubni birdan-bir 
asosiy uslub, deb bilish ma’qul emas. Chunki og‘zaki bayon bilan cheklanib qolish 
o‘quvchilarning karta darslik va boshqa qo‘llanmalar, texnika vositalari bilan 
ishlash va tajriba o‘tkazishlariga imkon bermaydi. Maktablarda o‘quv moddiy 
bazalari yo‘q vaqtlarda og‘zaki usul o‘qitishining asosiy uslubi hisoblangan. 
Og‘zaki bayon uslubi turli mazmundagi o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan birga 
qo‘shib olib borilgandagina yaxshi samara beradi. 
Biron mavzuni og‘zaki bayon etganda o‘quvchilar qunt bilan tinglashlari 
kerak. Mavzu va reja tushuntirilgandan so‘ng o‘qituvchi so‘zlab beradigan 
ma’lumotni shu reja asosida bayon etishi, bayon davomida o‘quvchilar faoliyatini 
oshiruvchi turli usullar (taqqoslash, nom va joylarni kartadan toptirishi, savol - 
javob )dan foydalanish, o‘rganilgan masalalar, yuzasidan xulosalar chiqarishi 
lozim. O‘quvchilar bilim va ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtirib olishlari uchun 
ularning e’tiborini ko‘proq asosiy masalalarga jalb qilish, masalaning asosiy va 
ikkinchi darajasi o‘rinlarni ajrata olishlariga imkoniyat yaratish zarur. O‘qituvchi 
dars jarayonida o‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib 
qolmasidan har xil ko‘rsatmali qurollar (rasmlar, illustrasiyalar, maketlar, texnika 
vositalari)dan ham foydalanadi. O‘qituvchining og‘zaki bayonini keng ma’noda 
tushunmoq kerak, jonli nutq deganda ta’limning og‘zaki metodigina emas, balki 
o‘qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so‘zini, uyda bajarish 
uchun berilgan topshiriqlar mazmunini va ularni bajarish yo‘llarini izohlashga doir 
so‘zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so‘zini, o‘quvchilarga beriladigan turli 
yo‘l-yo‘riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O‘qituvchining 
jonli so‘zi o‘quvchilarning o‘qib o‘rganishi va bilim faoliyatini boshqarishni, unga 
rahbarlik qilish yo‘llari va vositalarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Jonli 
nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o‘quvchilar bilimining puxta va 
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, geografiya o‘qitishning ta’limiy vazifalarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O‘qituvchining nutqi quyidagi 
pedagogik talablarga javob berishi kerak. 


123 
1. Ilmiy va g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, tanlangan material ilmiy 
jihatdan asoslangan bo‘lishiga; 
2. Bilimlarning muntazam mantiqiy to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashga; 
3. O‘quvchilar uchun tushunarli, bilimlarni puxta o‘zlashtirishni 
ta’minlashga;
4. Nutq obrazni qiziqarli bo‘lishiga, o‘quvchilarni hayajonlashtirishga; 
5. Bayon qilinayotgan materialni o‘quvchilar yozib olishiga e’tibor berish 
kerak. 
O‘quvchilar o‘qituvchi bayonini o‘zlashtirishda ba’zan qiynaladi. Ular 
materialni xohlagan vaqtlarda qayta-qayta o‘qib chiqishlari mumkin, ammo 
o‘qituvchining bayonini qayta eshita olmaydilar. Shunga ko‘ra o‘quvchilarning 
o‘rganishi ustida o‘qituvchining nazorati va rahbarlik qilish, ayniqsa, katta 
ahamayat kasb etadi. Og‘zaki bayon boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘shib olib 
borilishi kerak. Aks holda, ayniqsa, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida uning 
ko‘p qo‘llanilishi salbiy natijalar beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 6-7 
sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori 
sinflarda unga ajraladigan vaqt bir muncha oshirilishi mumkin. O‘quvchilarning 
o‘qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o‘rganishini quyidagi yo‘llar bilan 
tashkil etish mumkin: 
1. O‘qituvchi darsning vazifalari, maqsad va bayonining asosiy o‘rinlarini 
qisqacha so‘zlab beradi. 
2. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni 
puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish kerakligini, aytaylik, bayonining 
qaysi qismlariga e’tibor berish kerakligini, qo‘shimcha qanday materiallar (vaqtli 
matbuot, ilmiy ommabop, geografik adabiyotlar)ni o‘qib chiqish zarurligi va 
boshqalarni uqtirib o‘tadi. 
3. O‘qituvchi bayoni, albatta, geografiya kartasi, statistik materiallar, 
grafiklar diagrammalar kontur karta, natural qo‘llanmalar, darslik bilan bog‘langan 
bo‘lishi kerak. Ayniqsa, geografiya o‘qitishda og‘zaki nutqni karta bilan bog‘lash 
nihoyatda salmoqli o‘ringa ega. O‘qituvchining og‘zaki nutq uslubi, o‘quvchilar 
bayonni puxta o‘rganish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishda muhim o‘rin 
tutadi. O‘qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg‘uning kuchi, pauza, geografik 
jumlalarning ixcham va mantiqan to‘g‘ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof, 
obrazli va ta’sirchan bo‘lishi, tabiat va xalqlarga oid hikmatli so‘zlar hamda 
aforizmlardan o‘rinli foydalanish, ayniqsa muhimdir. 
O‘quvchilarning o‘qituvchi bayonini diqqat bilan tinglay olish qobiliyatlari 
turli sinflarda turlicha bo‘ladi va ko‘pincha qobiliyat barqaror bo‘lmaydi. Shunday 
ekan, og‘zaki bayonga ozroq vaqt ajratish ma’qul. Og‘zaki bayon uslubi bir necha 
usuldan iborat. 


124 
Tushuntirish usuli.
 
O‘quvchilar geografik qonuniyatlarni, geografik 
jarayonlarni kengroq ochib berish lozim bo‘lganda tushuntirish usulidan 
foydalaniladi. Tushuntirish usuli bilim - ma’lumotlarni izchil o‘rganish 
imkoniyatini beradi. Maktab tabiiy geografiyasi kurslarida yerning shakli va 
kattaligi, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus to‘ri, tog‘larning paydo 
bo‘lishi, briz, musson, passat, siklon va antisiklonlarning vujudga kelishi 
hodisalarini bayon qilganda ushbu usuldan foydalaniladi. Bilim - ma’lumotni 
tushuntirish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarni fakt va hodisalardan xabardor qiladi, 
ular o‘rtasidagi aloqalarni ochib beradi, xulosalar chiqaradi va yakunlaydi. 
Tushuntirish ishlari sodda, aniq, ravon bo‘lishi kerak.
Tushuntirish nazariy o‘quv materialini egallash shakli bo‘lib, o‘quvchilarga 
geografik jarayon va qonuniyatlarni kengroq ochib berishi lozim bo‘lganda 
qo‘llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish shakllari tahlil va sintez, kuzatish va 
xulosalarni tahlil qilish, induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish). 
Deduksiya (ilgari o‘rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum qoida ta’rifini 
shakllantirish) keng qo‘llaniladi. Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy 
Osiyo mavzusini o‘tishda musson va musson tipidagi iqlimni quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Ma’lumki, Sharqiy Osiyo dunyodagi eng katta okean bilan 
tutash joyda joylashgan, shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv 
ustida turlicha harorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada 
quyidagi tayanch reja asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.
1. Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qanday taqsimlanadi? 
Qishdachi? 
2. Yozda quruqlik va okean ustidagi havo bosimi qanday taqsimlanadi? 
Qishdachi? 
3. Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo‘lsa, shamol yo‘nalishini 
aniqlasak bo‘ladimi? 
Yuqoridagi Blis so‘rov asosida mussonning mavsumiy xarakterga ega 
ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tajribali o‘qituvchilar tushuntirish 
momentlarini oldindan belgilaydilar. O‘qituvchi har bir savolga javoblarni 
faktlarga tayangan holda berishi kerak. Quyi sinflarda tushuntirishda suhbat va 
hikoya elementlari ham qisman ishtirok qiladi. Yuqori sinflarga o‘tish bilan 
tushuntirishda hikoya elementi deyarli uchramaydi. Tushunish jarayonida 
o‘quvchilar tomonidan javob reaksiyasi bo‘lishini ko‘zda tutish kerak. O‘qituvchi 
qisqacha muammoli Blis so‘rov berishni, qiyin joylarini qanday tushunganliklarini 
so‘rash, aqliy yoki amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin va h.k. Ikki 
tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi.
Hikoya usuli. O‘quv materiallarini bayon qilish shakli bo‘lib, asosan 
tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada ma’ruzaga qaraganda o‘qituvchi o‘quvchilar 


125 
bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladi. Hikoya yordamida o‘quvchilar bilan savol-javob 
qilib bo‘lmaydigan mavzularda o‘qitishda bu metod keng qo‘llaniladi. Masalan, 
vulqonlarni, yer qimirlashlari, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o‘rmonlar va 
boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi. Hikoya obyekt va hodisalarni, 
tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda 
ifodalanishidir. O‘qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo‘lgan 
belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya 
o‘quvchilarda materialni o‘zlashtirib olishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyati faktlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Ba’zan o‘qituvchi asosiy 
bilimlarni o‘zlashtirishi qiyinlashtiradigan bir qator qo‘shimcha, ikkinchi darajali 
ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o‘quvchi ekskursiyada olgan 
taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan, ko‘rgan narsalarining 
hammasi haqida gapiraveradi. Ma’lumotlar, faktlar, voqealar, misollar bitta 
umumiy mavzu, yagona vazifaga birlashtirilib shu vazifa izchil va muntazam 
tarzda ochib berilsa, hikoya ijobiy natija beradi va oson o‘zlashtirishga yordam 
beradi. Hikoya mazmuni o‘qituvchining shaxsiy tajribasi bilan, mahalliy tabiat 
bilan bog‘lanishi uni maroqli qiladi, kechinma va his-tuyg‘ularni vujudga keltiradi. 
O‘qituvchi konkret vaziyatni va o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini 
e’tiborga olib, bevosita dars mazmuniga mos keladigan hikoyalarni tanlash kerak. 
Eng muhimi, hikoya aniq tuzilishiga ega bo‘lishi, ya’ni uning boshlanishi, 
voqealarning rivojlanishi kulminatsion nuqtasi, xotima qismi bo‘lishi kerak. 
Agar o‘qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa, hikoya qiziqarsiz 
chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning qo‘yidagi ikki turi keng qo‘llaniladi. 
1. O‘rganilayotgan kursda faktik bilimlar tizimini bayon qilishdan iborat 
bo‘lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar, materik va okeanlar haqida, O‘zbekiston 
geografiyasida kishilarning xo‘jaligi, turmushi, madaniyati haqidagi hikoyalar 
kiradi. 
2. Tasviriy hikoyalar yoki kartina-hikoyalar. Bu turdagi hikoyaning asosiy 
maqsadi geografik obyekt va hodisalar haqida o‘quvchilarda aniq tasavvurlar hosil 
qilishdan iborat. 
Birinchi turdagi hikoyalar materialni o‘rganishda asosiy metod sifatida 
qo‘llanilsa, illustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to‘ldiruvchi qo‘shimcha 
material sifatida ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta 
hikoyani bayon qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini 
badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘qituvchining sayohat va kinofilmlardan 
olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasvirli hikoya geografik talablarga 
javob berishi bilan birga obyekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg‘unlashgan 
ham bo‘lishi lozim. Geografiya ta’limida karta, rasmlar asosida hikoyalar ham 
keng qo‘llaniladi. 


126 
Hikoyada obyektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib 
ko‘rsatilishi yaxshi natija beradi. Masalan, “Materiklar va okeanlar tabiiy 
geografiyasi” kursida o‘qituvchi Uzoq Sharq tabiiy rayonidagi janubiy o‘rmonlarni 
hikoya qilmoqchi deylik. O‘quvchilarda bu o‘rmonlar haqida yaxshi tasavvur hosil 
qilish uchun bu o‘rmonlarning asosiy o‘simlik turlarini va ularning joylashishi 
haqida gapirish kerak. Keyin o‘qituvchi bu o‘rmonlarga xos bo‘lgan umumiy 
belgilarni ajratadi (qalinlik, ko‘p yaruslik), keyin shu o‘rmonlargagina xos bo‘lgan 
o‘simliklarni ta’riflaydi. Masalan, Manjuriya yong‘og‘ini tasvirlab uning barglari 
kattaligini, barglari, asosan, shoxlari uchida bo‘lishligini, mevasi qalin, eti qobiq 
bilan o‘ralishini hikoya qiladi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida 
foydalaniladi. Hikoya qo‘shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo‘lishi 
mumkin. Ba’zan hikoya darsda mustaqil o‘rin ham egallashi mumkin, uni turli 
bosqichlarda tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning 
boshida yangi materiallarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi, oxirida qo‘llanilsa 
o‘rganilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori 
sinflarda 20-25 minut, qo‘yi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish 
mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya vaqtida o‘quvchilar faqat 
diqqat bilan tinglovchi bo‘lib, faol ishga jalb qilinmaydi. Hikoya anchaga davom 
etsa ham ular diqqati asosida va oqibatida uning ta’siri kamayadi. O‘qituvchi 
hikoya vaqtida o‘quvchi yoshiga mos keladigan, dars mazmuniga to‘g‘ri keluvchi 
materiallar to‘plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq 
tasvirlar bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi faqat o‘zi bilgan narsalarni gapirmasdan, 
balki mavzuga oid bo‘lgan materiallarni hikoya qilmog‘i zarur. Hikoya juda 
soddalashtirib yuborilmasligi, unda tushunchalar, atamalar, albatta, aks etishi 
kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlarning shakllanishida muhim omil bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Hikoya vaqtida ayrim mavhum narsalar, raqamlar, doskaga 
yozib borilishi kerak. Hikoya davomida o‘qituvchi nazorat Blis so‘rov berib 
borishi materialning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlashga yordam beradi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin