Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149


 
5.2.2.
 
O‘qituvchining o‘qib berishi 
Mavzuni og‘zaki bayon qilish va suhbat jarayoni o‘qituvchi tomonidan o‘qib 
berilishi ham keng qo‘llaniladi. Odatda geografiya xrestomatiyasidagi maqolalar
darsliklarning ba’zi joylari, dars mavzusiga oid gazeta va jurnallardan olingan 
parchalar o‘qiladi. O‘qib berishdan asosiy maqsad quyidagicha: 
1. O‘qitish metodini tez-tez o‘zgartirib turish. 
2. Darsni ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish. 
3. Darsda o‘tilayotgan mavzu o‘qituvchi o‘z so‘zlari bilan aytib 
bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa. 


127 
4. Matn badiiy jihatdan boy bo‘lsa. 
Darsda o‘qib berish 10-15 minutdan oshmasligi kerak. O‘qib beradigan 
material dars materiallarini to‘ldirishi zarur. Darslikdagi materialni o‘quvchining 
o‘zi ham o‘qib oladi. Demak, darslikda yo‘q bo‘lgan qiziqarli materiallar o‘qib 
berilsa o‘quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari ortadi. O‘qish jarayonida 
obyektlar kartadan ko‘rsatilib borilishi lozim. Ayrim atamalarga izoh ham berib 
borilsa yana ham yaxshi bo‘ladi. O‘quvchilarning eng muhim joylarni yozib 
olishlariga ahamiyat berish kerak. O‘qib berilgan materiallar o‘quvchilardan so‘rab 
borilsa va ularga qisqacha rejalar tuzdirilsa dars samaradorligi oshadi. Sinfda o‘qib 
berish uchun materiallarni qayerdan olish mumkin? Buning uchun o‘qituvchi 
sistematik ravishda badiiy adabiyotlar, maxsus geografik kitoblar, jurnallar va 
gazetalarni yig‘ib borishi kerak. O‘qish uchun belgilangan barcha materiallar 
o‘qituvchi tomonidan tekshirilib chiqilishi dasturdagi materialni o‘zlashtirish 
uchun unga qanday yordam berish mumkinligini oldindan o‘ylab va belgilab 
olinishi kerak. Matn darsning qaysi bosqichida o‘qib berilishi mumkin? Bu 
masalada andoza bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi sharoitga ko‘ra, mavzuni 
tushuntirishning mantiqiy davomiyligini hisobga olib, uni tegishli vaqtda o‘qib 
bersa bo‘ladi. O‘qilgan matnning mazmunini darsning shu stadiyasidagi 
materiallar bilan chambarchas bo‘lishiga doimo e’tibor berilishi kerak.
Taqqoslash usuli

Bu usulda o‘rganilayotgan geografik obyektni ilgari 
o‘rnatilgan geografik obyekt bilan taqqoslab ko‘riladi va uning o‘ziga xos 
xususiyatlari aniqlanadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin