Nazorat savollari
1.Geografiya ta’limining metodlari va usullarining farqi nimada yaqqol ko‘rinadi?
2.Solishtirish va taqqoslash nima? Misollar keltiring.
3.Geografiya ta’limining metodlari nimaga asoslanib tavsiflanadi?
4.Geografiya ta’limi metodlari tasnifi bo‘yicha tadqiqot olib borgan metodist
olimlar.
5.Geografiya ta’limining og‘zaki metodlariga qaysilar kiradi?
6.Geografiya ta’limining suhbat metodini yoriting.
7.Geografiya ta’limida kartagrafik metodlardan nima maqsadlarda foydalaniladi?
8.Geografiya ta’limida darslik va o‘quv qo‘llanmalarning rolini yoriting.
9.Kuzatish va tajriba o‘tkazish metodlari qaysi maqsadda o‘tkaziladi?
10.Geografiya ta’limida amaliy metodlarning o‘rni nimalarda ko‘rinadi.
132
VI-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA QO‘LLANILADIGAN O‘QITISh
VOSITALARI
6.1. Geografiya ta’limi vositalari tasnifi va ularning turlari
Hozirgi sharoitda geografiya ta’limi jarayonlarining sifati va samaradorligini
oshirish ko‘p jihatdan o‘qitish vositalari bilan maktabning qay darajada
ta’minlanganligiga bog‘liq. Geografiya ta’limi jarayonini amalga oshirishga
yaqindan yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi. Geografiya
ta’limida o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, bilimdon bo‘lib yetishida ta’limni
hayot bilan chambarchas bog‘lab borishda o‘quv qurollarining roli katta.
O‘qitishdagi ko‘rsatmalilik o‘quvchilarning geografik tasavvur doirasining
kengayishiga, mavzuning tushunarli bo‘lishiga va puxta o‘zlashtirilishiga imkon
beradi. Ayni bir vaqtda ham ko‘rish, ham eshitish, ham muskul harakatlari
yordamida hosil qilingan taassurotlar xotirada uzoq vaqt saqlanadi.
Maktablarda geografiyani o‘rganishda xilma-xil metod va usullardan
foydalanishadi. Dars sifatini yaxshilashda, uni mazmunli o‘tishda hamda
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda o‘quv qurollarining
roli kattadir.
O‘quv qurollari deganda nimani tushunmoq kerak? U nimalarni o‘z ichiga
oladi? Ta’lim-tarbiya saviyasini yanada yuqori ko‘tarish maqsadida maxsus
tayyorlangan va darsga bevosita tadbiq etilgan, qo‘llaniladigan va foydalaniladigan
barcha qo‘llanmalar o‘quv qurollari tushunchasiga mansubdir. O‘quv qurollari
to‘rt guruhga bo‘linishi mumkin:
Birinchi guruh - darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari.
Ikkinchi guruh - o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar.
Uchinchi guruh - asboblar.
To‘rtinchi guruh - moslamalar.
Har bir guruh o‘z navbatida yana bir necha turlarga bo‘linadi.
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari. Bu guruhdagi o‘quv qurollari
o‘qituvchining bayonidan keyingi turadigan bilim manbaidir. O‘quv qo‘llanmalari
o‘quvchilar bilimini kengaytirish maqsadida qo‘llaniladigan xrestomatiya,
spravochniklaridan iboratdir.
O‘quv – ko‘rsatmali qo‘llanmalar. O‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalardan
o‘rganiladigan hodisa va obyektlar haqida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida
asosiy bilim manbalaridan biri sifatida foydalaniladi.
O‘quv – ko‘rsatmali qo‘llanmalar xususiyatiga ko‘ra yana 4 ga bo‘linadi.
1.
Kartagrafik qo‘llanmalar.
2.
Tasvirli qo‘llanmalar.
3.
Sxematik qo‘llanmalar.
133
4.
Natural qo‘llanmalar.
Geografiya ta’lim vositalari metodist-geograf olimlar Yu.G.Barisheva,
A.A.Letyagin, I.V.Dushinalar tomonidan amalga oshirilgan. Biz quyida
I.V.Dushina tavsiya etgan va amaliyotda keng tarzda qo‘llanilib kelinayotgan
tasnifni keltiramiz.
6 chizma.
Ta’lim vositalari tasnifi
Kartagrafik qo‘lanmalar Yerning tasvirini (tabiiy geografik obyekt va hodisalar,
ularning joylanishini) shartli kichraytirilgan holda va muayyan kartagrafik
proeksiyada ifodalaydi.
Tasvirli qo‘llanmalar geografik obyekt va hodisalarning haqiqiy ko‘rinishini
tasvirlaydi. Tasvirli qo‘llanmalarda bilimlarni o‘rganish aniq taassurot qoldirishi
tufayli bilimlar puxta o‘zlashtiriladi.
Sxematik qo‘llanmalar geografik obyekt va hodisalarni shartli holda
tasvirlaydi. Sxematik qo‘llanmalar karta sxema, grafik, diagramma va jadvallardan
iboratdir.
Natural qo‘llanmalar o‘rganiladigan geografik obyekt va hodisalarning
aslidan iboratligi uchun ham alohida ahamiyatga ega.
Asboblar turlari mazmundagi amaliy ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
o‘quv qurollarini o‘z ichiga oladi. Maktabda geografiyani o‘qitishda tadbiq
etiladigan asboblar quyidagilardan iborat.
1.
Kuzatish asboblari: termometr, termograf, flyuger, anemometr, barometr,
barograf, gigrometr, gigrograf, yog‘in o‘lchagich, burchak o‘lchagich, skafis.
Ta’lim vositalari
Verbal-axborotli
Audiovizual
Ko‘rgazmali
O‘qituvchi o‘quv
metodik qo‘llanmalar
Darsliklar
O‘quvchilarga o‘quv
qo‘llanmalar
Diapozitivlar
Diafilmlar
Kinofilmlar
Transparantlar
Teleko‘rsatuvlar
Kompyuter dasturlari
Videofilmlar
Kartalar
Karta sxemalar
Aerofoto sur’atlar
Rasmlar
Tarqatma illustrativ
materiallar
Tablitsalar
Diagrammalar
Chizmalar
Grafiklar
Sxemalar
Profillar
134
2.
Joyda mo‘ljal olish va gorizont tomonlarini aniqlash uchun ishlatiladigan
asboblar: kompas, gnomon, qutb yulduzi ko‘rsatkichi va rumbli halqa.
3.
Masofalarni o‘lchash asboblari: yer o‘lchaydigan sirkul, rulekta, metr
o‘lchagich, reyka, eklimetr, planshet, vizir chizgichi.
4.
Tajriba o‘tkazish uchun ishlatiladagan asboblar: stakan, probirka, kolba va har
xil shisha idishlar, voronka, shtativ, spirt lampasi.
Moslamalar. Bu moslamalar ko‘rsatmali qo‘llanmalarni ko‘rsatish, saqlash
va ixcham qilib joylash maqsadida foydaniladigan yordamchi qurollardir.
Moslamalar geografiya tahlilida bevosita ishtirok etmasa-da, kartalar, jadvallar,
sxemalar, ekranli qo‘llanmalarni ko‘rsatishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda maktablarda geografiya kurslarini o‘qitishda foydalanilayotgan
ta’limning texnika vositalari (TTV) xillari ko‘payib murakkablashib bormoqda. Bu
esa o‘z navbatida darslarning samaradorligini oshirishga olib kelmoqda.
Geografiya ta’limida texnika vositalari texnika jihozlari proeksion va
kinoproeksion apparatlar, magnitofon, televizor va boshqalar o‘quv informatsiyasi,
ta’lim vositari, o‘quv filmlari, diapozitivlar, diafilmlar va boshqalardan iborat. Bu
vositalarning asosiy vazifasi ta’lim samaradorligini oshirishdir.
TTV foydalanish maqsadiga ko‘ra axborot beruvchi, nazorat qiluvchi va
baholovchi hamda o‘rgatuvchi va mashq qildiruvchi kabi guruhlarga ajratiladi.
Axborot beruvchi texnika vositalari yordamida o‘quvchilarga o‘quv axboroti
beriladi. U ovozli, statik – dinamik audiovizual ekran vositalariga bo‘linadi.
Ovozli vositalarga magnitofon va elektrofon hamda radio priyomniklar
kiradi. Ular yordamida magnit va grammafon yozuvlarni hamda radiopienik
yordamida radio eshittirishlar orqali ovozli vositalardan foydalaniladi.
Statik – ekran vositalariga dio-, grafo- va epiproektorlar yordamida ekranda
namoyish etiladigan diapozitivlar, transparatlar, diafilm epiproeksiya obyektlari
kiradi.
Ovozli – dinamik ekran vositalariga o‘quv filmlari, teleko‘rsatuvlar va
videomagnitafon yozuvlari kiradi.
Nazorat qiluvchi va baholovchi texnika vositalari o‘quvchilarning o‘quv
materialini qanday o‘zlashtirning darajasi va sifatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
O‘rgatuvchi texnika vositalaridan ta’lim jarayonini individuallashtirish
maqsadlarida foydalaniladi. Bu texnika vositalarining didaktik imkoniyati ularga
qo‘yilgan o‘rgatuvchi dasturni qanday darajada takomillashganligiga bog‘liqdir.
Hozirgi kunda maktablarda yuqori texnologiyalarga asoslangan kompyuterlar
qo‘llanilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida undan unumli foydalanish,
o‘quvchilarda ta’limning tegishli yo‘nalishlarini egallashga yordam beradi.
135
Geografiya o‘qituvchisi TTV dan to‘g‘ri va yuqorida ta’kidlangan talab
me’yorlarida foydalansa geografiya kurslarini o‘qitishda quyidagi didaktik
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkoniyati bo‘ladi.
TTV geografiya o‘qituvchisi mehnatini yengillatadi, ta’lim ta’sirini
kuchaytiradi, borgan sari kengayib va chuqurlashib borayotgan geografik
bilimlarni o‘quvchilarga qisqa vaqtda yetkazgan holda hozirgi zamon talabi
darajasida dars berishga imkon yaratadi.
TTV darsni ko‘rgazmali va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘rgazmalilik
boshqa fanlar uchun faqat illustrativ material bo‘lsa, geografiya uchun esa, bilim
olishning zarur manbalaridan biridir.
TTV, ayniqsa, ovozli – dinamik ekran vositalari o‘quvchilarda geografik
tasavvur va tushunchalarni qisqa vaqt ichida shakllanishiga imkon beradi. Bu
vositalar geografik obyektlar va hodisalarni obrazli tomonlarini ochib berib,
ularning muhim alomatlari va xossalarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda
ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Ta’limning ishonchli va tushunarlilik tamoyilini
ta’minlaydi.
TTV dan foydalanish o‘quvchilarning bilim doirasi kengaytiradi. Tabiat
hodisalarining o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq
ochib beradi. Tabiatda juda tez yoki aksincha juda sekin yuz beradigan hodisalarni
qisqa vaqt ichida ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatini beradi. Yerning ichki qismlarini
ham qo‘rish imkonini yaratadi.
TTV mazmuni hayot bilan bog‘laydi. Undagi voqea hodisalarni ilmiy
asoslangan nazariya bilan mujassamlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
TTV qisqa vaqt ichida o‘quvchilar bilimini tekshirib baholashi va darsning
sifatini nazorat qilishi mumkin.
Shunday qilib, TTV darsning samaradorligini oshiradi va ma’lum ma’noda
ta’lim suratini tezlashtirib, o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun sarflangan vaqtni
tejaydi va darsda ta’limning qo‘shimcha vositalari bilan bir qatorda o‘quvchilar
bilan induvidual ishlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |