Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149


 
5.2.4. Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi 
Geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Karta geografiya 
o‘rganadigan barcha predmet va hodisalar haqida hikoya qila oladi, karta tez, aniq 
va lo‘nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham afzallik qilishi mumkin. Maktabda 
geografiya o‘rganilar ekan, u bilan birga karta ham o‘rganiladi. Geografiya 
sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqot ishlari kartasiz bajarilmaydi. Karta – 
geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir 
o‘quvchi kartani o‘qiy olishi lozim. Agar o‘quvchi kartaga qarab hali 
o‘rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog‘larning balandligi va 
yo‘nalishini aniqlay olsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay 
olsa, bu o‘quvchi kartani biladi, deyish mumkin. Kartadan to‘g‘ri foydalana olishni 
o‘rganish uchun georafiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni har qaysi yangi karta bilan 
mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim: kartaning turi, undan qanday 
maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirishi; o‘quvchilar 
e’tiborini karta masshtabiga jalb etishi, kartadagi joyni ko‘z bilan chamalab 
o‘lchay olishlari uchun o‘lchov sifatida xizmat qiladigan mo‘ljallarni ko‘rsatib 
o‘tish (masalan, Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Saxalin orolining bo‘yi 1000 km. 
Baykal va Tanganpika ko‘llarining bo‘yi 600 km); karta proeksiyasining 
xususiyatini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchilar e’tiborini 
gradus to‘rining holati, meridian va parallellarning qanday o‘tkazilganligiga, 
kenglik va uzunlikni belgilangan o‘rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik 


130 
doiralariga jalb qilishi lozim. Kartadagi joy globusda boshqacha tasvirlanganligini 
ko‘rsatib o‘tishi kerak. 
Karta bilan ishlash
.
Geografiya o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri 
o‘quvchilarga kartani tushunish va o‘qiy olishni o‘rgatishdir. Kartani bilishning 
ma’nosi shuki, o‘quvchilar undagi shartli belgilarga tushunishlari va shu shartli 
belgilar orqali ko‘rsatilgan predmet va hodisalarning obrazlarini ko‘z oldilariga 
keltira olshlari lozim, kartaga qaraganlarida ular ongida daryolar, tog‘ tizmalari va 
muzliklarning manzaralari hosil bo‘lishi kerak. Kartani bilish uchun joyda orientir 
olishni, gorizont tomonlari yo‘nalishlarini qog‘ozda tasvirlashni, masshtab bilan 
ishlashni, joy planini o‘qishni va chizishni bilishi kerak. Undan keyin esa, 
o‘quvchilar globus va kartalarda geografik kenglik va uzunliklarni aniqlash, turli 
mazmundagi (tabiiy, iqlim, tuproq, o‘simlik, aholi va boshqa) kartalarni o‘qishni, 
kartaning asosiy afzal va kamchilik tomonlarini aniqlashni bilishi lozim. 
O‘quvchilar kartani bilsalar, shartli belgilar va yozuvlar asosida hududni 
tasvirlashga o‘rganadilar. Shu bilan birga o‘quvchilar kartani sharhlashga hamda 
kartada bevosita ko‘rsatilmagan narsalarni ham aytib bera olishga o‘rganadilar. 
Geografiya ta’limida karta bilan ishlash metodlari boshqa metodlar bilan, ayniqsa, 
suhbat metodi bilan bog‘langan. Karta bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi. 
a) yer yuzasi elementlari, relyef shakllari, vulqonlar, dengiz, qo‘ltiq, 
buloqlar, daryolar, ko‘llar bilan o‘quvchilarni bevosita tanishtirish;
b) Kartani joy bilan solishtirganda topografik kartalardagi belgi (simvol)lar 
bilan tanishtirish; 
v) Obyekt kattaligini ko‘z bilan chamalashga o‘rganish; 
g) O‘quvchilarga kartagrafik belgilarni solishtirishga o‘rgatish; 
d) Gradus to‘rini yaxshi bilib olishlari uchun geografik koordinatalarni 
topishni mashq qilishga o‘rgatish. 
ye) Turli masshtabli kartalardan ayrim geografik obyektlarni topishga 
o‘rgatish. 
Kartani tushunish

Joy planidan kartaga o‘tish kartani tushunishning to‘g‘ri 
yo‘lidir. Avval maktab va maktab atrofida orientirlash o‘rganilgach (orientirlay 
olish, yo‘nalishni chizmaga chiza olish, joyda masofalarni o‘lchab va masshtab 
asosida qog‘ozga chiza olish), plan olishga (avval sinf va maktab planini, so‘ngra 
kattaroq maydon planini chizish va shu asosda topografik plan bilan ishlash), 
so‘ngra esa kartani (topografik plandan yirik masshtabli kartaga o‘tish, undan 
keyin esa, mayda masshtabli kartani) tushunishga o‘tiladi. Shunday qilib, o‘z 
joyining manzarasi va plani asosida yirik masshtabli va mayda masshtabli 
geografik kartalarni yaxshiroq bilib oladilar. 
O‘lkashunoslikka amal qilingan holda quyidagi tartibda kartani tushunish 
mumkin. 


131 
1) O‘quvchilarda gorizont va uning tomonlari haqidagi tasavvur 
shakllangandan keyin ular gorizont tomonlarini qog‘ozga tushira oladilar. 
2) Gorizont tomonlarini joyda orientirlashni yaxshi bilib olganlaridan keyin 
uni chizmada orientirlay oladilar. 
3) Joyda masofani aniq o‘lchay olishni bilib olgach, masshtab yordamida 
chizmada masofani o‘lchashga o‘rganadilar. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin