Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149


Nazorat savollari 
1.Maktab geografiyasi mazmunini yoritishda tushunchalarning o‘rni nimalarda 
namoyon bo‘ladi? 
2.Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalar qanday shakllantiriladi?
3.Umumiy tushunchalar va yakka tushunchadar qanday farqlanadi? 
4.Induktiv fikrlash va deduktiv fikrlash nimani anglatadi? 
5.O‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda geografiya fanining ahamiyatini 
yoriting. 
6.Boshlang‘ich tabiiy geografiya kursida asosiy dunyoqarash g‘oyalari nimalardan 
iborat? 
7.Tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kurslarining dunyoqarash 
g‘oyalarini taqqoslang. 
8.Geografik bilimlarni yaxshi egallamaslik qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkin? Misollar keltiring. 
9.Tabiat va inson o‘rtasidagi aloqadorlik hamda dunyoqarashni shakllantirish 
g‘oyasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? Fikringizni isbotlang. 
10.O‘quvchilar 
dunyoqarashini 
shakllantirishda 
fanlararo 
aloqadorlikning 
ahamiyatini yoriting. 


117 
V –BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODLARI VA TASNIFI 
5.1.Geografiya ta’limi metodlari 
 
Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning bilim olish 
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim 
metodlariga bog‘liq. 
Ta’lim metodlari – o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini 
belgilaydigan ish usullaridir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, 
ko‘nikma va mamlakatlarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim 
metodlari deyilganda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradigan, 
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy bilimga asoslangan 
muayyan dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. 
Metodlar o‘qituvchining ish usullari bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarning qay 
tariqa fikrlashlarini belgilashga imkon beradigan yo‘l hamdir. Geografiya o‘qitish 
metodlari haqida so‘z borar ekan «metod», «usul», «priyom» degan so‘zlar yonma-
yon uchrab turadi. Geografiya metodikasi adabiyotlarida «metod» va «usul» 
so‘zlari bir-biridan farq qilinmay, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, 
kartalarni solishtirish usuli ko‘pincha «taqqoslash metodi» deb yuritiladi. Kartalar 
solishtirish metodi emas, solishtirish usulidir. Bunday noaniqliklar ta’lim 
metodlarini takomillashtirish borasida to‘g‘ri yo‘l tutishni qiyinlashtiradi. O‘zbek 
tilida mavjud metodik qo‘llanmalarda «taqqoslash» (sravnenie) ham, «solishtirish» 
(sopostavlenie) ham “taqqoslash” deb ishlatiladi. Bunday chalkashlik va 
noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim; taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik
obyektni ilgari o‘rganilgan obyekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos 
xususiyatlarini ochib berishdir. Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li 
bilan, Turon past tekisligini G‘arbiy Sibir past tekisligi bilan, Amudaryoni Volga 
bilan taqqoslash orqali har qaysi obyektning o‘ziga xos xususiyati aniqlanadi. 
Taqqoslash - og‘zaki bayon metodining bir usulidir. 
Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografiya 
obyektiga xos bo‘lgan obyekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. 
Masalan, turli mazmundagi kartalar tahlil qilinib va solishtirilib Shimoliy 
Amerikaning sharqiy qismidagi tabiat zonalarning meridional joylanish sabablari, 
yoki Himolayning shimoliy tomoni bilan janubiy tomoni tabiati (iqlimi, o‘simlik 
dunyosi) o‘rtasidagi keskin farqlarning sabablari aniqlanadi. Solishtirish – 
«Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi»ning bir usullaridir. Noaniqliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun ruscha «priyom» degan so‘zni «usul» deb ishlatish ma’qul. 
Metod - usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. 
Ayrim hollarda bir usul bir necha xil metod tarkibida ishtirok etishi ham mumkin. 


118 
Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon etish metodida ham, suhbat metodida 
ham, karta bilan ishlash metodida ham ishtirok etadi. Har bir metod ma’lum 
ishlash metodida ham ishtirok etadi. Har bir metod ma’lum bir masalani 
o‘rganishda hal qiluvchi bo‘lsa, boshqa bir masalani o‘rganishda yordamchi 
sifatida keladi. Demak, metod bilan usul o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘lanish bor. 
Geografiya ta’limi metodlarini tasnif (klassifikatsiya)lashda ham ba’zi 
mualliflarda ayrim noaniqliklar uchrab turadi. Birinchi mualliflar «metod» deb
mantiqiy yo‘lni nazarda tutadilar. Masalan, dogmatik metod - bunda yangi 
ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘qituvchilar o‘zi bayon etadi; illustrasiya metodida – 
bunda rasm, ko‘rsatmali qo‘llanmalar ko‘rsatiladi; evristik metod o‘qituvchining 
yordamchi Blis so‘rovi bilan o‘quvchining o‘zi fakt va hodisalarni aniqlaydi; 
tadqiqot metodi – bunda o‘quvchilar bilim yoki ma’lumotlarni mustaqil 
o‘rganadilar.
Ikkinchi bir mualliflar «metod»ni materiallarni qay tartibda joylashtirish
o‘rganish yo‘li deb biladilar. Masalan, analiz metodida geografiya, avvalo, olam va 
quyosh sistemasining tuzilishidan boshlanadi, so‘ngra yer sharining tuzilishi, 
materiklar obzori o‘rganiladi, bundan so‘ng ayrim mamlakatlarni o‘rganish bilan 
tugaydi; sintez metodida geografiyani o‘rganish maktab atrofidagi joylardan 
boshlanib, keyin o‘z vatani va qo‘shni mamlakatlar o‘rganiladi, so‘ngra butun yer 
shari bilib olinadi, induktiv metod - bu metodda ayrim fakt va hodisalar kuzatiladi 
va o‘rganiladi. Shu asosda umumiy xulosa va qonunlar chiqariladi. Deduktiv 
metod - bu metodda mantiqiy yo‘l bilan umumiydan juziyga qarata xulosa 
chiqariladi. 
Uchinchi bir muallif esa, «metod»ni materialni ishlab chiqish, o‘rganish deb 
nazarda tutadilar. Masalan, laboratoriya metodi, ekskursiya metodi, amaliy metod 
va h.k. 
To‘rtinchi bir muallif ta’lim metodlarini didaktik nuqtai nazardan 
klassifikatsiya qiladilar. Masalan, yangi ma’lumotlarni o‘rganish metodi, bilim va 
ko‘nikmalarni tekshirish metodi. 
Fikrimizcha, bilim olish manbalari asos qilib olingan metodlar 
klassifikatsiyasi ko‘pincha adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan. Shunga qaramay, bu 
klassifikatsiya bundan buyon ham eng maqbul va birdan-bir klassifikatsiya bo‘lib 
qolaveradi, deb bo‘lmaydi. O‘quv jarayonining takomillashtirilishi, geografiya 
darslarida yangi texnika vositalarining joriy etilishi, darsda o‘quvchilarning 
mustaqilligini oshirilishi metodlarning mavjud klassifikatsiyasini o‘zgartirishi ham 
mumkin. Hozirgi kunda geografiyani o‘qitish metodlari o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik faoliyatini bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan, tartibga solingan tizim sifatida qarashni talab etmoqda, u quyidagi 
chizmada o‘z ifodasini topgan. 


119 
5 chizma. Ta’lim metodlarida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi
Mazkur qo‘llanmada dars metodlarining bilim olish manbalari asos qilib 
olingan klassifikatsiyasi berilayotgan bo‘lsa-da, undan o‘quvchilarning faoliyati 
ham e’tiborga olingan. Klassifikatsiyada so‘nggi vaqtgacha «og‘zaki bayon 
metodi»ning bir usuli hisoblangan «suhbat»ni bir necha usuldan iborat bo‘lgan 
«suhbat metodi» deb olindi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin