Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149


Chizmaga qarang. 
 
 
 
 
4 chizma. O‘lka iqlim xususiyatlari va sabablari 
TXK komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishda tabiiy geografik 
profillar bilan ishlash, tabiat hodisalarini dinamik namoyish qiluvchi 
harakatlanuvchi modellar, videolavhalar namoyish qilish katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim jarayonini tashkil qilishda kurslar o‘rtasidagi aloqadorlikga ham e’tibor 
berish zarur. Masalan, tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursidagi asosiy g‘oya 
litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera o‘rtasida mavjud obyektiv aloqadorlikni 
va ularning bir-biri bilan bog‘liqligini o‘quvchi anglab olishi lozim. O‘quvchilar 
materiklar va okeanlar geografiyasida esa, geografik qobiqning rivojlanuvchi tizim 
ekanligi, uning zonal va azonal tabiiy komplekslardan tashkil topishi, har bir TXK 
butunning bir qismi ekanligi va ular o‘z xususiyatlarga ega bo‘lishi g‘oyasini 
egallaydilar. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasida uning hududiy geografik qobiqning bir 
qismi ekanligi g‘oyasini egallaydilar. Tabiat tarkibiy qismlarining o‘zaro 
aloqadorligi tufayli zonal va azonal TXKlar vujudga kelishini o‘quvchilar o‘zi 
yashab turgan o‘lkalar misolida tushunib oladilar. O‘quvchilar yer tarxini o‘rganish 
jarayonida tabiat qismlari va komplekslari miqdori va sifati jihatdan o‘zgarishini 
aniq misollar asosida bilib oladilar. Maktab geografiyasining muhim metodologik 
masalalardan biri insonning xo‘jalik faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorligini 
ochib berishdan iborat. Maktab geografiyasi mazmunida eng muhim geografik 
qobiq va unda kishilik jamiyati mavjudligi g‘oyasi yotadi. Insonning yashash 
sharoiti va aholisining xo‘jalik faoliyatini yaxshilash uchun ana shu muhit 
IQLIM
SABABI 
XUSUSIYATLARI 
Iqlim mintaqalari, iqlim tipi (iyul, 
yanvar, yillik amplituda, yog‘in 
miqdori va rejimi), shamollar 
yo‘nalishi 
Geografik kenglik, relyef (tog‘ 
tizmasi, yo‘nalishi va balandligi va 
h.k.) dengiz oqimlari va b. 


113 
boyliklaridan unumli foydalanishda unga oqilona yondashish lozimligini 
o‘quvchilar bilib olishlari kerak. 
Inson va tabiat g‘oyasini tushuntirishda inson xo‘jalik faoliyatida tabiatning 
ahamiyatini baholash nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda yondashishi lozim. 
Bunda o‘quvchilar inson tabiatga aralashmasdan hech iloji yo‘q degan xulosaga 
kelishlari kerak, chunki tabiat insonga yashash uchun zarur bo‘lgan barcha 
narsalarni, oziq-ovqat, qurilish materiallari, sanoat xom-ashyosini, energiya va h.k. 
larni beradi. Bunday yondashish tabiiy geografiyaning boshlang‘ich tabiiy 
geografiyasi kursidan boshlanadi. Ayniqsa, o‘quvchilar yashab turgan joylari 
misolida TXK qismlariga inson qay darajada ta’sir qilishini aniq misollar asosida 
ko‘radilar. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursida esa, respublika hududidagi har 
bir TXK misolida insonning tabiiy sharoiti va boyliklariga xo‘jalik jihatidan baho 
berish bilan tanishadilar. O‘quvchilar odatda tabiat qismlari (relyef, ichki suvlar
tuproq va h.k.) inson xo‘jalik faoliyati uchun ahamiyatini hamda tabiatini 
qo‘riqlash borasidagi tadbirlarni to‘g‘ri aytadilar. Ammo o‘quvchilar tabiat 
kompleksi qismlari o‘rtasidagi nihoyatda mustahkam aloqadorlik mavjudligini 
juda kam biladilar. Ayniqsa, bu bilimlarni yetarlicha egallamasdan, tabiatga ta’sir 
etish yomon oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olmaydilar. Tabiiy 
kompleksning bitta qismiga o‘ylanmasdan ta’sir qilish uning boshqa qismlariga 
ham salbiy ta’sir o‘tkazilishi mumkinligini yetarlicha anglab yetmaydilar. Buni 
Orol fojiasi misolida o‘quvchilar ongiga yetkazish juda foydalidir. Amudaryo 
suvidan tejab – tergab foydalanmaslik, paxta yakka hokimligi Amudaryo quyi 
mintaqasida tuproq tarkibini buzdi. Ko‘plab gerbitsidlarning qo‘llanilishi esa, 
suvning zaharlanishiga, hayvonlarning qirilishiga olib keldi va h.k. To‘g‘ri, bunga 
qisman maktab geografiyasi va geografiya o‘qituvchilar ham aybdor. Chunki 
maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar tabiat bilan inson o‘rtasidagi murakkab 
bog‘liqlikni, aloqadorlik haqida yetarlicha bilim olmayaptilar. O‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish tinimsiz mehnat va muntazamlik asosida ish olib 
borishni talab qiladi. Geografiya ta’limini shunday tashkil qilish kerakki, tabiat va 
xo‘jalikda sodir bo‘ladigan voqea va hodisalar bog‘liqlikda, doimiy o‘zgarishda 
ekanligini har bir o‘quvchi tomonidan mustahkam egallay olishlariga e’tibor 
qaratish zarur bo‘ladi. Geografik qobiqda bo‘lib turadigan hodisalarni o‘quvchilar 
mustahkam baholay olishga erishmog‘imiz lozim. Demak, maktab geografiyasida 
o‘quvchilar dunyoqarashining shakllantiruvchi g‘oyalar quyidagilardir: 
1. Dunyoning moddiyligi. 
2. Dialektik munosabatlar (qarama – qarshilik, miqdor o‘zgarishlari va sifat va 
h.k.). 
3. Hozirgi zamon xo‘jaligi va tabiatning bir butunlikda rivojlanishi. 
4. Tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish. 


114 
5. Xalq turmushi va farovonligini oshirishni tabiatga zarar yetkazmasdan 
amalga oshirish. 
6. Ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona joylashtirish. 
7. Xalqaro iqtisodiy uyg‘unlashuv. 
8. O‘zbekistonning dunyodagi barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar 
o‘rnatishi. 
9. Xo‘jalikni joylashtirishda tabiatning ahamiyati va uning vaqt o‘tishi bilan 
o‘zgarishi. 
10. Geografik muhitning xo‘jalikni rivojlantirish va joylashtirishda o‘rin 
tutishi. 
11. Tabiat va xo‘jalik aloqadorligida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning o‘rni. 
12. O‘quvchilarga geografiya darslarida mehnat tarbiyasi va mehnatga 
muhabbat xislatlarini shakllantirish. 
13. ona Vatanga, tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash va h.k. 
Yuqoridagi g‘oyalar tabiiy geografiya, ijtimoiy-iqtisodiy geografiya 
sohasidagi bilimlarni mustahkamlanishida asosiy zamin (baza) bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Tabiiy-geografiya kursida ko‘riladigan masalalar, ya’ni sabab va 
oqibatlarning umumiyligi, o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. O‘qituvchi 
materiallarni bayon etib borib, (materiallarni) mazmuniga qarab xulosaga 
kelib, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlarini izohlab beradi. 
O‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan mustaqil 
ishlarni 2 turga ajratish mumkin: 
Birinchi 
topshiriq: 
geografik 
bilimlar 
asosida 
dunyoqarash 
g‘oyalarini to‘g‘ri yo‘naltirish topshiriqlari, ya’ni antropogen ta’sirlarning 
tabiatni o‘zgartirishda, rivojida muhim ekanligini isbotlab bera olish (Orol 
fojeasini eslash). 
Ikkinchi topshiriq: fizik, kimyoviy, biologik qonunlar asosida tabiiy-
geografik 
hodisalarni 
mustaqil 
xulosalar 
asosida 
dunyoqarash 
g‘oyalarini umumiylashtirib yakun yasay bilish. 
Dunyoqarashni shakllantirishdagi eng asosiy moment materiallarni 
izohlab, o‘sha asosida aniq xulosalarga kela olish, buning uchun nazariy 
bilimlarni xulosa qila olish va yakunlash. 
Bu 
darslarda 
o‘quvchilarga topshiriqlar, savollar berib, ko‘p 
materiallarni qamrab olgan, predmetlar doirasida (predmetlar bilan 
bog‘langan) keng qamrovli mavzularni izohlab berish yuklatilishi kerak. 
O‘quvchilarning bilish doirasini kengaytirishda boshqa yaqin bo‘lgan 
fanlardan topshiriqlar berib, ularni dunyoqarashni boyitib, kengaytirib borish, 
albatta, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


115 
Tabiiy-geografik jarayonlarni tushuntirish bilan biologik hodisalar 
haqida fikr yurita olish. Masalan, o‘simlik, hayvonot dunyosining evolyusiyasi 
hamda tuproq va o‘simlik dunyosi har doim o‘zgarishda ekanligi. 
O‘quvchilarning bilimini tarix fani tomonga yo‘naltirsak, aytish 
mumkinki, Afrika va Osiyo mamlakatlarida bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar 
tarixiy o‘tmishga bog‘liq ekanligi. 
Geografiya fanidan o‘lka materiallarini o‘rganish jarayonida 
o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, undagi boyliklarni avaylab-asrashga 
qaratilgan dunyoqarash shakllantirib boriladi. Bu haqda o‘quvchilarda 
mustaqil fikrlash, ilmiy mushohadalar, murakkab bo‘layotgan hodisa va 
voqealarni farqlay oladigan, o‘z fikrini dalillar asosida isbotlay oladigan 
bo‘lishlari muqarrar. Tabiiy geografiya kursini o‘tishning boshida keyingi 
materiallarda solishtirish asosida yer qobig‘lari xususiyatini o‘rgana borish eng 
asosiy maqsad bo‘lib geografik bilimlarni egallashda muhim rol o‘ynaydi. 
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursida hududiy shu tariqada yirik 
region, mamlakatlarni solishtirish, taqqoslash asosida tabiat hodisalari tushuntira 
boriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kursida ham solishtirish, taqqoslash 
muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa, xo‘jalik tarmoqlarini tushuntirish jarayonida. 
Masalan, Polshaning qishloq xo‘jalik uchun ajratilgan bir qismi, ya’ni 
tabiiy sharoiti Boltiq bo‘yi hududlariga ham yaqin keladi. Xulosalar chiqarish 
jarayonida Polshaning qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish masalalarida Boltiq 
bo‘yi davlatlari bilan o‘xshashlik borligi tushuntiriladi. Shunga o‘xshash 
ko‘pgina misollarni keltirish mumkin. 
Dialektik fikrlash bu oliy shakldagi fikrlash desa bo‘ladi, chunki 
obyektiv dunyodagi voqea va hodisalar qarama-qarshiliklar asosida 
rivojlanadi. U faqat kurash yo‘li bilan yengiladi. Dialektikaning asosi qarama-
qarshiliklarning birlik qonuni asosida tushuntirilib maqsadga erishiladi. 
Dialektik qarama-qarshiliklarni hal etishda o‘qituvchi ko‘pchilik hollarda 
materiallarni muammo tariqasida izohlab bera oladi. Masalan, Ustyurt platosi 
rayonini iqtisodiy tomonlarini tushuntirishda qulay va noqulay tomonlariga 
taalluqli 
muammoni 
oladi, 
Ustyurt 
platosi 
boyliklarini 
ko‘pligi 
tushuntiriladi. Ikki tomondan qiyinchilik, ya’ni boyliklarni qazib olish, yo‘l 
qurish, zavodlar qurish, turar joylar tiklash ancha qimmatga tushadi va 
shunga o‘xshash. Geografiyani o‘qitish bilan o‘quvchilarda yetarli dialektik 
tafakkurning yuzaga kelishida voqea-hodisalarni har tomonlama o‘rganib, 
o‘zgarish va rivojlanishlar muayyan qonuniyatlar asosida bo‘lishi izohlab 
beriladi. Har bir hodisa konkret o‘sha sharoitga bog‘liq ekanligi aytiladi.
Demak yuqoridagilardan shu narsa ko‘rinadiki, maktab geografiya 
mazmunida falsafiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va sof geografik mazmunidagi 


116 
g‘oyalar mavjud. Ularni darslarda bir-biridan ajratish samarali natija bermasligini 
tajribalar 
ko‘p 
marta 
isbotlagan. 
O‘quvchilar 
dunyoqarashlarining 
shakllanganligini baholashda quyidagi o‘lchovlarni tavsiya etish mumkin: 
Konkret geografik misollar yordamida dunyoqarash g‘oyalarini asoslay 
bilishlari zarur bo‘ladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin