95
yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim
boshlanadi.
Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni
qamrab oladi. Boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga
yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining
o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim
turli shtatlarda turlicha
belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shoular
va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta
maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9- sinfni bitirgan talabalar tanlov
asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-
hunar asoslari berib boriladi. Kasb-hunar ta’limi; biznes ta’limi;
savdo va sanoat
ta’limi; qurilish ta’limi. AQShda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari
jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan
o‘quvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test
sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati
ham aniqlanadi. Maktablarda ta’lim televidiniyasi, elektron til laboratoriyasi, video
apparatura kompyuter va hokazolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar ta’til
vaqtida ham ishlab turadi. To‘garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi.
Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
1.
kichik mutaxassis (2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi).
2.
bakalavr (4 yillik kollej yoki dorilfununni)
3.
magistr (1-2 yillik magistr maktabi)
4.
aspirantura, doktorantura.
Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud:
1-ta’limni individuallashtirish;
2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.
O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini
mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
AQSh o‘rta maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda:
akademik,
kasb-hunar, umumiy yo‘nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga
to‘rt yo‘nalishda: qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat, qurilish
bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari o‘rgatiladi.
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim
strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yo‘nalishdagi
asosiy maqsadlar
belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning
maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi
o‘quvchilarning ingliz tili,
matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari
bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini
namoyish eta olishlar; talabalarning tabiiy va
matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga
chiqishlari; har bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida
jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlar;
maktablarda
giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar
yaratish ko‘zda tutilgan. Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim
dastur hisoblanadi.
96
Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSh 15 ta
jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda
ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48
foizini davlat tomonidan, 50
foizini firma konsern sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining
manbalari tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: